O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/105
Sana13.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#355336
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105
Bog'liq
Yosh-tarjimashunos-V

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
1. Salomov G‘aybulla. Tarjima nazariyasi asoslari. –T.: O‘qituvchi 1983 
2. 
G‘ofurov Ibrohim. Tarjimonlik mutaxassisligiga kirish. – Toshkent:  2008 
3. Royallib.ru  Пу Сунлин Рассказы Ляо Чжая о необычайном Василий 
Михайлович Алексеев и его Ляо Чжай 
4. Royallib.ru Alekseev V.M. 
5. Royallib.ru Menshikov L.N., 1962, 1963. 
 
 


 
130 
YAPON SHE’RIYATIDA “GUL” OBRAZI VA MA’NO 
KO‘CHISHI HODISASI  
Diyora ABDURAXIMOVA, 
 TDSHU “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika”kafedrasi o‘qituvchi 
Til ma’lum hududning tabiiy iqlimi va geografik joylashuvi, jami-
yat, madaniyati, insonlarning dunyoqarashi asosiga shakllanib, bu omil-
lar tilda o‘ziga xos so‘z, ibora, ma’lum ramzlarni yuzaga keltiradi. Bu 
esa  bir  tilning  boshqa  tillardan  farq  qilishi,  uning  lug‘ati  boyishini 
ta’minlovchi omil hisoblanadi. Bir til boshqalaridan so‘z o‘zlashtirish, 
mavjud so‘zdan yangisini yasash va bir so‘z ma’nosining boshqasiga 
ko‘chishi  evaziga  boyiydi.  Bular  orasida,  ma’lum  tilda  so‘z-
lovchilarning badiiy tafakkuri, tasavvur qobiliyati va borliqga nisbatan 
munosabati  yaqqol  namoyon  bo‘ladigani  metaforik  yo‘l  bilan  ma’no 
ko‘chishi natijasida so‘z yuzaga kelishi hisoblanadi.  
Metafora  umumiy  o‘xshashlik  asosida  ma’no  ko‘chish  bo‘lsada, 
so‘zlovchi yashayotgan jamoyatidagi o‘ziga xos tafakkur, narsa va ho-
disalarni baholashdagi farqlar so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi bir xil bo‘-
lishiga  qaramay,  ma’no  ko‘chishida  o‘xshashliklar  bilan  bir  qatorda 
farqlar ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, “gul” leksemasining o‘z ma’-
nosi  “o‘simlik”ni  bildiradi.  O‘zbek  tilida  “gul”  tushunchasi  ko‘chma 
ma’noda “go‘zal qiz”, “sevikli yor” ma’nolarida ham qo‘llanilsa, yapon 
tilida u (gul) “o‘tkinchilik” ma’nosini ham bildiradi. Badiiy adabiyotda 
muallif  qo‘llagan  ko‘chma  ma’noli  so‘zlarning  tarjimada  berish  tar-
jimonlar ishini birmuncha qiyinlashtiradi. 
Har bir tilning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda bir obraz turli 
tilda boshqacha ma’no anglatishi mumkin. Shu sababli ushbu maqola-
dan ko’zlangan asosiy maqsad – yapon tilidagi qadimgi davr va bugun-
gi  kunda  “gul”  tushunchasi  qanday  ko’chma  ma’nolarda  qo’llanila-
yotganini, ular orasidagi farq va o’xshashliklarni aniqlash, ularning 
me-
tafora sifatidagi ma’no kengayishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish-
dan  iboratdir.  Buning  uchun  o‘rta  asrlarga  oid 
「古今和歌集」
(
“Konkinvakashu”)  she’riy  to‘plami  va  zamonaviy  haikulardagi  “gul” 
so‘zining  ishlatilishi,  ma’no  ko‘chishiga  ta’sir etuvchi  omillarni  hamda 
ularning tarjimasini tahlil qilish usulidan foydalaniladi.
  


 
131 
Chie Fukada
170
 “Inson tasavvurining bir qismi bir tajriba bilan yana 
boshqa  tajriba  orasidagi  o‘xshashlikni  ajratib,  bir  hodisa  orqali 
boshqasini  tushunish  degan  tafakkur  jarayoniga  asoslangan  holat,  til 
hodisasi  metafora  deb  ataladi.  Metafora  taqqoslash  qobiliyati  va 
taqqoslash mezonlariga bog’liq tasavvur jarayoni bilan aloqador” deb 
ta’kidlaydi.  “Nima  asosida  o‘xshashlikni  topish  so‘zlovchining 
subyektiv  tahlil  jarayoni  bilan  bog‘liq  bo‘ladi”.  Ushbu  ta’rifdan 
metafora jarayonida so‘zlovchining tasavvur qobiliyati va mavzuga oid 
subyektiv tahlili muhim degan xulosaga kelinadi. Buni yapon vaka
171
  
va  haikularida
172
    shoirning  tasavvur  olami  va  hissiyotlari  sezilib 
turishidan  ko‘rishimiz  mumkin.  Insonning  tafakkur  olamiga  uning 
yashab turgan muhiti ta’sir ko‘rsatishi sir emas. Shuning uchun ham, 
turli millatlarda bir tushuncha turli ma’nolarni anglatadi.   
Dastlab  quyidagi  vakada  qo‘llanilgan  “gul”  so‘zining  ko‘chma 
ma’nolariga to‘xtalib o‘tamiz.  
1
.年ふればよはひは老いぬしかはあれど花をし見れば物思
ひもなし
 [Toshi fureba yovai va oinu shikava aredo hana o shi mireba 
mono omoimo nashi] Ma’noviy tarjimasi: Yillar o‘tib men ham qarib 
qoldim. Lekin shu gulimni ko‘rgach armonim qolmadi.  
Bu yerda ishlatilgan
「花」
 “gul” so‘zi
「娘」
“qizim” ma’nosida 
metafora hodisasiga uchragan. “Gul” chiroyli bo‘lib, ko‘rgan odamga 
quvonch  baxsh  etadi,  qari  ota-ona  uchun  ham  “yosh  qizi”  gul  kabi 
ko‘ringanligi, xursandchilik omili bo‘lganligi har ikkovining umumiy 
xususiyati hisoblanadi.  
2. 
梓弓春の山べを越えくれば道もさりあへず花ぞ散りける
 
[Azusayumi haru no yamabe o koete kureba michi mo sariaezu hanazo 
chirikeru] Ma’noviy tarjimasi: Bahoriy tog‘ yo‘llaridan tushib kelsam 
o‘tib bo‘lmas darajada hamma yerni gullar qoplagan edi.  
Bu yerda 
「花」
“gul” so‘zi 
「女性」
“go‘zal kiyingan ayollar” ga 
o‘xshatilmoqda.
「女性の数の多さ」
“Ayolning  soni  ko‘pligi”, 
「花
ぞ散りける」
  “gulning to‘kilishi”  jumlasi  bilan  berilmoqda. 
「散る

(to‘kilmoq)  so‘zi  yapon  adabiyotida  “yo‘q  bo‘lmoq”  ma’nosida 
 
170
深田智「概念化と意味の世界」
2008

/ Chie Fukada  Tafakkur va ma'no olami Tokyo.,-
2008 yil 8-9-bet 
171
 Vaka – “yapon qo’shiqlari” degan ma’noni bildiradi. O’rta asrlardagi she’riy jarn. 
172
 Haiku –  yapon she’riy janri. 5-7-5 shaklida yozilgan qisqa she’rlar. 
 


 
132 
qo‘llanilishi ko‘p uchraydi, lekin bu  o‘rinda aynan mohiyatan “ko‘p” 
degan mazmunni ifodalagan.  
3. 
花見れば心さへにぞ移りける色にはいでじ人もこそ知れ
 
[Hana  mireba  kokoro  sae  nizo  utsurikeru  iro  niva  ideji  hitomo  koso 
shire] Ma’noviy tarjimasi: To‘kilayotgan rangi o‘zgarayotgan gullarni 
ko‘rib mening qalbim ham o‘zgaruvchan bo‘lib qoldi. Lekin bu yuzaga 
chiqsa insonlar mening o‘zgaruvchanligimni sezib qoladi.  
Bu  yerda 
「花」
  “gul”
「移りける色」
“rangini  o‘zgartirish” 
orqali
「花は変化する」
“gul  o‘zgaruvchan”  degan  ma’no  kelib 
chiqadi.  Bundan  tashqari,
「心さへに」
“qalbim  kabi”  jumlasidan 
「私の心も変わる」
“mening  qalbim  ham  o‘zgaradi”  degan  ma’no 
kelib chiqib, “gul” bilan “inson qalbi”ning o‘xshashligi keltirilgan. Bu 
o’xshash  mohiyatlarni  tajriba  asosida  ma’no  ko‘chirishning 
konpetuallashgan metafora hisoblanadi. 
4. 
桜散る花の所は春ながら雪ぞ降りつつ消えがてにする
 
[Sakura chiru hana no tokoro va harunagara yukizo furitsutsu kiegate 
ni  suru]Ma’noviy  tarjimasi:  akura  gullari  to‘kilayotgan  joyda  bahor 
bo‘lishiga  qaramay  qor  yog‘ib,  ustiga-ustak  bu  qor  hech  ham 
erimayapti.  Bu  vakada 
「花」
“gul”
「解けない雪」

erimas  qor” 
ma’nosida kelmoqda. Ya’ni,
 
「桜散る花」

sakuraning  to‘kilishi”, 
「雪
ぞ降りつつ」
“yog‘ayotgan  qor”  va
 
「消えがてにする」

o‘chmas” 
jumlalari kalit so‘z bo‘lib, “to‘kilayotgan sakura guli”ni “yog‘ayotgan, 
ammo erimas qor” deb ifodalamoqda.  
5.
うつせみの世にも似たるか花ざくら咲くと見しまにかつ散り
けり
 [Utsusem no yo nimo nitaru ka hanza zakura sakutoo mishimani 
katsu  chiri  keri]  Ma’noviy  tarjimasi:  Inson  hayotiga  o‘xshaganidek, 
sakura gullari ham gullashi bilan to‘kilib yo‘q bo‘ladi.  
Ushbu  vakada
「うつせみの世にも似たる」
“inson  hayotiga 
o‘xshaganidek”  jumlasi  bilan
「花かつ散りけり」
“gul  ham  nihoyat 
to‘kiladi”  degani  ma’no  bilan  birga  kelib,  “inson  hayoti  kabi  sakura 
gulining hayoti ham bir kun tugaydi” degan ma’noda kelgan. Bundan 
ko‘rinadiki, “gul” to‘kilib yo‘q bo‘ladi, ya’ni “o‘tkinchilik” ma’nosiga 
kengayganini kuzatishimiz mumkin. 
 Endi  esa,  zamonaviy  she’r  shakli  bo‘lmish  haikuda  “gul”  ning 
ko‘chma ma’nolarini ko‘rib chiqamiz. 


 
133 
1. 
手庇を越へ舞ひ来たる花吹雪
 
(長
 

 
眞理子)
[Tebisa o 
koe  maikitaru  hanafubuki]  Ma’noviy  tarjimasi:  Quyosh  nurlaridan 
yuzinmi to‘ssam qor bo‘ronidek gullar yog‘ib kelmoqda.  
Bu yerda 
「花吹雪」
“gul qorli bo‘roni” jumlasida gul va qor bir 
vaqtda foydalanilmoqda. Ya’ni, “qor” va “gul yaproqlari” asta - sekin 
o‘ynoqlab  tushishini  shoir  ko‘z  oldigan  keltirib,  ma’no  ko‘chirgan 
degan xulosaga kelish mumkin. 
2. 
感嘆のあとみな無口花の下
 
(河野
 
路子)
[Kantan  no  ato 
mina  mukuchi  hana  no  shita]  Ma’noviy  tarjimasi:  Hayratlanish 
sadolaridan so‘ng hamma sassiz gullagan daraxt ostidan joy oldi.  
Ushbu 
haikuda
「花」
ya’ni 
“gul” 
so‘zi
「感嘆」
ya’ni 
“hayratlanib  maqtash”  so‘zi  bilan  birga  ishlatilishidan  “go‘zallik” 
ma’nosini  ifodalamoqda  degan  xulosaga  kelish  mumkin.  Bu  jarayon 
metaforaning  hissiy  tasavvur  bilan  bog‘liq  holatda  yuz  beradi.  Ya’ni 
“gul” “go‘zallik” timsolini ifodalaydi.   
3. 
開花宣言もう意地悪な風が待つ
  [  Kaika  sengen  mou 
ijiwaruna  kaze  ga  matsu]  Ma’noviy  tarjimasi:  Gullar  ochildi  degan 
xabarni o‘ynoqi shamol kutmoqda. 
「開花」
  “ochilgan  gul” 
「意地悪な風」
“o‘ynoqi  shamol” 
ta’sirida  to‘kilib  ketadi.  Bundan  ko‘rinadiki,  ochilgan  gulning  umri 
qisqa  va  u  “o‘tkinchilik”ni  ifodalaydi.  Ya’ni,  “gul”  asl  ma’nosida 
kengaygan holda “o‘tkinchilik” ma’nosini anglatmoqda. 
Xulosa.  Tahlil  qilingan  vaka  va  haiku  uslubidagi  she’rlardan 
ko‘rinib turibganidek, yapon tilidagi “gul” obrazi o‘zbek tili bilan biroz 
farq  qiladi.  “Kokinvakashu”  va  zamonaviy  haikularda  “gul” 
tushunchasi  “o‘tkinchilik”  va  “qor”  ma’nolarida  ishlatilish  jihatidan 
o‘xshashdir. “Kokinvakashu” she’riy to‘plamida “gul” “go‘zal kiyingan 
ayollar”,  “insonning  o‘zgaruvchanligi”  ma’nolarini  ham  anglatadi. 
Ammo o‘zbek tilida bu ma’noni anglatish holatlari uchramaydi. O‘zbek 
tili bilan yapon tilidagi umumiy ma’no “gul”ni “qiz”ga o‘xshatish, yoki 
“go‘zallik”ni  ifodalash  holatidagina  ko‘rishimiz  mumkin.  She’rlardan 
tashqari,  yapon  maqollarida  ham  “gul” obrazi  “go‘zal  ayol”  ma’nosida 
ishlatilish  holati  mavjud.  Misol  uchun 
「両手に花」
[ryouteni
  hana] 
so‘zma-so‘z  tarjima  qilganda:  ikki  qo‘lida  gul,  ya’ni  ikki  go‘zal 
ayolning  o‘rtasida,  degan  ma’noda  qo‘llaniladi.  Tarjima  jarayonida 
ma’no  ko‘chishdagi  o‘xshashlik  va  farqlarga  alohida  e’tibor  berish 


 
134 
lozimdir.  Maqolada  tahlil  qilinganidek,  ma’no  ko‘chishda  har  bir 
tilning o‘ziga xosliklaridan kelib chiqadi.  

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish