78
LINGVOKULTUREMA, LAKUNA VA REALIYA
TUSHUNCHALARINING O‘ZARO FARQLI JIHATLARI
Laylo ORIPOVA
“Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yo‘nalishi 4-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: PhD. Nilufar Xodjayeva
Dunyo xalqlari o‘rtasida o‘zaro milliy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy
aloqalarning jadal suratlar bilan rivojlanishi tarjimaga bo‘lgan zaruratni
yanada oshirishi tabiiy. Zero, tarjimashunos olim G‘aybulla Salomov
ta’kidlaganidek: “Xalqlarning bir-birlari bilan do‘stona munosabat
o‘rnatishlari, bir-birlarining madaniy boyliklarini o‘rganishlari va o‘z-
lashtirishlarini tarjimasiz tasavvur qilish qiyin”
99
.
Ma’lum bir til vositalari orqali bir tildan ikkinchi tilga tarjima jara-
yonini amalga oshirar ekanmiz, bu shunchaki “o‘girish” emas, balki bir
xalq hayotining, milliy xususiyatlarining ikkinchi tilda qayta yaratilishi
ekanligini unutmasligimiz lozim. Bu esa o‘z navbatida tarjima jara-
yonida bir qancha murakkabliklarni yuzaga keltiradi. Buning boisi dun-
yodagi xalqlar, ularning tili, ijtimoiy hayoti va dunyoqarashlari ham
turlicha. Bir xalq bilan ikkinchi bir xalq orasida shunday
tafovutlar
mavjudki, buni tarjimada aks ettira olish tarjimondan ushbu sohadagi
chuqur bilim va ijodiy mahoratni talab etadi. Ayniqsa badiiy tarjimada
xalqlarning o‘zaro milliy-madaniy aloqalari istiqbolining kafolati yuksak
mahorat bilan amalga oshirilgan tarjimada aksini topadi. Yuqorida sanab
o‘tilgan omillarni hisobga olgan holda tarjima borasidagi tadqiqotlar
yanada jadallashib, tilni madaniy xususiyatlar bilan baqamti o‘rganish, bu
sohada nazariy-metodologik manbalarni yaratish yo‘lga qo‘yildi.
Tadqiqotlar natijasi o‘laroq XX asrning 90-yillarida tilshunoslik-
ning linvokulturologiya deb nomlangan yangi tarmog‘i vujudga keldi.
Bu fan tilshunoslik va madaniyatshunoslik fanlarining kesishgan nuq-
tasida paydo bo‘lgan hisoblanib, til va madaniyatni uzviy bog‘liqlikda
o'rganadi. Lingvokulturologiya atamasi dastlab V.N.Teliya rahbarligi-
da olib borilgan frazologik birliklar tadqiqi davomida qo'llangan.
Uning fikricha “Lingvokulturologiya insoniy aniqrog‘i, shaxs va mada-
niy omillarni uzviylikda tadqiq etuvchi fandir”
100
. Shuningdek, rus
olimlari V.V.Vorobyev, V.A.Maslova ingliz olimi E.Sepir va boshqa
99
G‘.Salomov/ Til va Tarjima.-Toshkent: Fan, 1966. B-119
100
Телия В.Н. Русская фразеология. – М.: 1982. С-20,25
79
bir qancha olimlar bu
borada ilmiy izlanish olib
borishgan. Ayni vaqtda
bir qancha o‘zbek tilshunoslarinig izlanishlarida ham bu sohaga alohida
e’tibor qaratilayotganligining guvohi bo‘lamiz. N.Mahmudov “Tilning
mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab” kitobi, D.Xudoyberganovaning
“Matnning antroposentrik tadqiqi” monografiyasi, Sh.Usmanovaning
“Tarjimaning lingvomadaniy aspekti” o‘quv uslubiy qo‘llanmasi, N.
Ismtullayeva “Tarjimada realiya va lakuna tushunchalari o‘rtasidagi
tafovutlar masalasi” maqolasi shular jumlasidandir.
Biz e’tiborimizni qaratmoqchi bo‘lgan jihat esa lingvokulturologi-
ya va tarjima nazariyasing tadqiq obyektlari sanaladigan lingvokulture-
maning lakuna, realiyadan farqli jihatlaridir.Zohiran ular bir-biriga juda
o‘xshaydi. Biroq semantik nuqtai nazardan qaralganda bir biridan farq-
lanadi. Lingvokulturema terminini ilk bor ilmiy momalaga kiritgan
V.V.Vorobyev unga quyidagicha ta‘rif beradi: “Lingvokulturema til-
ning sathlararo birligi sifatida o‘zida lisoniy va nolisoniy omillarning
dialektik butunligini namoyon etadi”
101
. U o‘zida til va madaniyatni
mujassam etgani bois faqatgina til va til birliklari bilan emas, balki
madaniyat va madaniy birliklar bilan shug‘ullanadi.
Lingvokturema realiya va lakunalarga qaraganda kengroq tushuncha-
ni qamrab olib, mazmun va ifoda planiga ega hisoblanadi. Lingvo-
kulturemalarga madaniyatning tarkibiy qismini tashkil etuvchi
frazeologik birliklar, so‘z birikmalari, paremiyalar, murakkab sintaktik
birliklar, gap, matn kabilarni kirtish mumkin. Lingvokulturemalarni so‘z
bilan qiyoslaganda uning so‘zdan chuqur, teranroq va keng ma’no kasb
etishini ko‘ramiz. Shu sababdan frazeologik birlik, so‘z birikmasi singari
shaklan va semantik jihatdan murakkab ma’no ifodolovchi til birliklarini
unga kiritamiz. Lingvokulturemalar anglatadigan ma’noga to‘xtalar ekan
O‘.Yusupov “lingvokulturema semantikasiga madaniyatning biror bo‘la-
gini aks ettiruvchi so‘zlar, frazeologik birliklar, so‘z birikmalari, gaplar,
paremiyalar, nutq klishelari, murakkab sintaktik butunliklar, matnlar va
h.k. kiradi” degan fikrni ilgari suradi
102
. Bundan xulosa qilish mumkinki,
lingvokulturema ma’lum bir millat yoki xalqqa xos bo‘lib, til va
madaniyatning o‘zaro aloqadorligini bildiruvchi, o‘zida lisoniy va g‘ayri
lisoniy omillarni mujassam etuvchi va yuqorida ta’kidlanganidek tilning
istalgan birligida namoyon bo‘ladigan lingvokturologiya obyekti
101
Воробьев В.В. Лингвокултурология –М. :РУДН, 2008, C-45,46
102
Yusupov O‘.Q. Tilshunoslikda yangi yo‘nalishlar va ularda ishlatiladigan ayrim
islohotlar//Filologiya masalalari. –Toshkent, 2011. B-15