2-mavzu. Paleografiya. Mazmuni va mohiyati. Ish usullari Reja



Download 265,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.12.2021
Hajmi265,13 Kb.
#92884
  1   2   3
Bog'liq
Paleografiya Maqsadi va vazifalari mazmuni va mohiyati Ish usullari



2-mavzu. Paleografiya. Mazmuni va mohiyati. Ish usullari 

 

Reja: 

1. Paleografiya sohasining nazariy va amaliy asoslari 

2.  Qadimimy  yozuv  madaniyatining  paleografik  tadqiqot  ob‟ekti  sifatidagi 

mohiyati 

3.  Yozma yodgorliklarning tashqi holati paleografiyaning ob‟ekti sifatida 

4. Paleografik  tadqiqotlar  matnshunoslik  va  manbashunoslikning  birinchi 

qadami sifatida  

 

Tayanch  so‘z  va  iboralar:  paleografiya,  alfavit,  dukt,  lakuna,  palimpsest, 

kursiv, lapidar, tosh, spol, yog„och, charm, qog„oz, mato, xat- qamish, siyoh, mo„y 

qalam, o„ram, daftar, kodeks. 

 

Paleografiya  yordamchi  tarix  fani    yozuv 

yodgorliklarining  tashqi  alomatlari,  ularda  aks  etgan 

yozuv  shartli  belgilar  tizimi,  yozuv  materiali,  yozuv 

ashyolari,  bitik  usullari  yozuv  yodgorliklarining 

saqlanish  holati,  matnni  tuzish  va  uning  qismlarini 

joylashtirish 

xususiyatlari, 

kotiblik 

ko„nikmalari, 

husnixat  shakllari,  ayrim  uslubiy  grafik  shakllar, 

bezaklar,  harf  va  ularnig  birikmalarida  kotibning  xos 

usullari,  yodgorlikning  yaxlit  tuzilishiga  xos  alomatlar 

(varaq-qit‟a, o„ram, kodeks,  va boshqalar), bosh harf, fraza ajratish, tinish belgilari 

va  hakazo-ko„plab  masalalarni  yaxlit  o„rganishdan  iborat  murakkab  vazifani  ado 

etadi.  


 

Markaziy  Osiyo  xalqlari  yozuvning  sodda,  ibtidoiy  shakllaridan  mil.avv.  I 

ming  yillikdayoq  voz  kechib,  mil.avv.  VI  asrdayoq  alifboli  yozuv  tizimlari, 

xususan,  oramiy  yozuvi  bilan  tanishganlar.  Olimlarning  fikricha  Avesto  kitobi 

mil.avv. VIII-VII asrlardayoq kitob holatiga keltirib yozib olingan bo„lsa, demak, 

ajdodlarimiz  mil.avv.  VII  arsdayoq  yozuvning  alifboli  darajasiga  erishganlar. 

Demak,  paleografik  tadqiqotlar  uchun  alifboli  tizimlar  asosidagi  material 

xronologiyasi  ham  bevosita  o„sha  davrdan  boshlanadi.  Shu  sababli  paleografiya 

o„quv  kursini  «Avesto  paleografiyasi»dan  boshlab,  so„ngra  oramiy  grafikasidan 

rivoj topib, tez orada bir qancha mahalliy yozuv tizimlariga aylangan alifbolar, ular 

vositasida  yozib  olingan  yodgorliklarga  o„tish  ma‟quldir.  Bular  parfyoniy  yozma 

yodgorliklari,  boxtariy-oramiy  yodgorliklar,  xorazmiy,  sug„diy,  o„rtancha  forsiy-

pahlaviy  yozuvlari,  sug„diy  asosida  rivojlangan  uyg„ur-turkiysi,  o„rxun-Enisey  va 

uning  o„nlab  mahalliy  variantlaridirki,  paleografik  tadqiqot  orqali  ularning 

2.1-rasm. Lotin paleografiyasi 



manbaviy ahamiyatini ko„rsatib berish, ilmiy istifodaga olib kirish muhim ilmiy va 

amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu borada yana bir muhim masala borki, u ham bo„lsa 

har  bir  yozuv  tizimining  ichki  grafik  rivojlanish  dinamikasini  ko„rsatishdir. 

Masalan:  Markaziy  Osiyoda  oramiy  grafikasi  asosidagi  yozuvlarning  oramiycha 

shakllardan  ajralib  chiqib  mustaqil  chizma  shakllar  darajasiga,  undan  go„zal 

husnixat  shakllariga  xos  yozuv  usullarini  paydo  etish  yo„llarini  yodgorliklarda 

kuzatish ham muhim ahamiyatga ega. 

 

Yozuv  materiallari  masalasi  paleografiya  uchun  g„oyat  muhim.  Zero,  eng 



muhim  material sifatida  amal  qilayotgan qog„ozning  tarixi  bor-  yo„g„i  2000  yilga 

teng.  Yozuvlar  tarixi  esa  5  ming  yildan  ortiq.  Bu  uzoq  davr  ichida  tajriba 

to„plangan va bu tajriba jiddiy umumlashtirishga muhtojdir. 

 

Paleografiyaning yana bir muhim vazifasi yozma yodgorliklarning saqlanish 



ahvolini  to„liq  tavsiflab  berishdir.  Matnning  yo„qolgan  qismlari,  satr  to„ldirish 

usullari,  sarlavha  ajratish, xat  boshi, kolofon va  boshqa belgilarning  tavsifi  muta-

xassis manbashunos tadqiqoti uchun yodgorlikni «tayyorlab berish»dir. 

 

Paleorafiya  uchun  xat  usullari  bilan  bog„liq  texnik  badiiy  xususiyatlarni 



o„rganish  ham  muhimdir.  Masalan,  sug„d  yozuvining  sochma  (harflar  ulanmay 

qatorga  terib  yoziladigan)  shakli  bilan  kitobiy  ravon  husnixatgacha  bo„lgan 

taraqqiyot  yo„li  bir  necha  bosqichga  bo„linadigan  tarixiy-madaniy  jarayondir. 

Xuddi  shu  kabi  arab  yozuvining  dastlabki  Ko„fa  shakli  bilan  yuksak  badiiy 

husnixat  turlarigacha  bir  qancha  badiiy  va  kundalik  maxkamachilik  turlari,  yakka 

shaxs xat usullari (individual yozuv variantlari) paydo bo„lgan. Ta‟lim jarayonida 

arab  yozuvi  va  uning  turlarining  kelib  chiqishi,  xattotlik  va  kitobat  san‟ati,  islom 

davrida  arab  yozuvidagi  manbalarning  paleografik  xususiyatlariga  alohida 

ahamiyat  berish  zarur.  Arab  yozuvidagi  asosiy  manbalarning  tavsifi  va  ularni 

yaratilgan  asos  va  sabablarini  ham  shu  fan 

doirasiada 

tahlil 


etmoq 

maqsadga 

muvofiqdir. 

Bu 


masalaning 

chuqur 


o„rganilishi arab yozuvidagi manbalar ustida 

mavaffaqqiyatli ishlashni hal qiluvchi omili-

dir.  Xulosa  qilib  aytganda,  palegrafiya  tarix 

fani va uning mutaxassislariga, manbashuno-

slarga  muhim  ahamiyatga  ega  ilmiy  nazariy 

va amaliy sohadir. 




Download 265,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish