2-mavzu. Paleografiya. Mazmuni va mohiyati. Ish usullari Reja



Download 265,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana30.12.2021
Hajmi265,13 Kb.
#92884
1   2   3
Bog'liq
Paleografiya Maqsadi va vazifalari mazmuni va mohiyati Ish usullari

Sug‘d paleografiyasi 

Paleografiya  yordamchi  tarixiy  fanlar  

sohalaridan  biri  bo„lib,  yozma  yodgorliklarning    yozuv  tuzilishi,  alifbosi  yoki 

boshqa turdagi shartli chizma belgi va shakllarning genetik asoslari, ularning rivoj-

lanish  yullari  va  dinamikasi,  yozuv  asboblari,  yozuv  uchun  foydalanilgan  

2.2-rasm. Sug‟d yozuvi  




materiallar, xat turlari, dastxat shakllari, xususiy xat namunalari, yozuvning uslub 

turlari,  husnixat  sifatida  me‟yoriy  darajalarga  yetgan  namunalari,  yozuvning 

bezaklari,  umum  savodxonlik  va  kotiblik  kasbiy  san‟ati  turlari,  matn  tuzish 

tamoyillari,  yozuv  materiallari,  yozuv  matnlarining  saqlanish  xolati  kabi  qator 

masalalarni    o„rganib,  kerakli  ma‟lumotlar  zahirasini  manbashunoslik  tadqiqotlari 

uchun tayyorlab beradi. 

        Paleografiya yozma yodgorliklarning tashqi holatini tekshirish bilan shug„ul-

lanadi.  Lekin  paleografik  tadqiqot  uchun  jahonda  yoki  mintaqada  qadimgi 

yozuvlar,  ularning  belgi  tizimlari,    harflarning  qaysi  tovushni  yoki  lug„aviy 

ma‟noni    ifodalashi    va  yozuv  madaniyati  masalalaridan    xabardorlik    talab 

qilinadi.  Bu  o„z  navbatida  dastlabki  bosqichda  qanday  yozma  yodgorlik  bilan  ish 

ko„rilayotgani tug„risida farazni olg„a surish, va tekshirilayotgan yozma yodgorlik 

yozuvining qanday tizimga, qaysi davrga tegishliligini  belgilash imkonini beradi. 

      “Paleografiya” atamasi yunoncha ikki so„z o„zagidan yasalgan bo„lib, palayos - 

“qadimiy ”, grafo – “yozaman” demakdir. Ya‟ni paleografiya qadimiy va umuman 

o„tmishga  oid  yozma  yodgorliklarni    o„rganuvchi  ilmiy  sohadir.  Yozma 

yodgorliklar  paleografiyasi    ustida    ishlash  birinchi  galda  tekshirilayotgan 

yodgorliklarning  yozilgan  vaqtini,  makonini,  qaysi  yozuvdaligini,  saqlanish  

axvolini  sinchkovlik bilan tavsiflashdan boshlanadi. Markaziy Osiyodagi qadimiy 

yozuv yodgorliklarida ko„pincha sanalari maxsus ko„rsatilmaydi. Ularning qachon 

yozilgani  masalasida  aksariyat  hollarda  yo  bilvosita  manbalardan  ma‟lumotlar 

qidiriladi.,  yoki  yozuvining  paleografik  rivojlanish  shakllari  tadrijidan  ayni 

tekshirilayotgan yodgorlik yozuv shaklining o„rnini belgilashga to„g„ri keladi. Buni 

sug„d  yozuvining  qadimiy  xarflari  qo„shib  yozilmagan  bosqichi  bilan  yuksak 

darajada  kursiv  (yugurik)-ulab,  ravon  va  uzluksiz  xat  turida  yozilgan  shakllari 

o„rtasida  joylashuvi  namunalarni  qiyoslash  orqali  hal  etish  misolida  ko„rish 

mumkin,  ya‟ni,  sug„d  yozuvi  tarixida  harflar  o„zaro  ulab  yozilmagan  (lapidar  xat 

turi) bilan kursiv  - ravon husnixat turi oralig„ida qarib 700-800 yillik yozuv tarixi 

bor.  Shunday  qilib,  paleografiya  manbashunoslar  u  yoki  bu  yozma  yodgorlikni 

o„qib  tahlil  qilishida  asosiy  yordamni 

yetkazadi. 

Manbashunos 

uchun 

o„z 


navbatida  paleografik  ish  usullaridan 

xabardorligi  va  paleografik  tadqiqotlar 

natijalaridan    to„g„ri  va  unumli  foydalana 

olish  ko„nikmalari  muhim  ahamiyatga 

egadir. 

        Paleografiyaning 

asosiy 

maqsadi 


muayyan  yozma  yodgorlikning  barcha 

tashqi  xususiyatlarini  aniqlash  va  tavsif 




etishdan  iborat.  Bu  ish  avvalo  yozuv  materiali,  yozuv  belgilari,  matn  tuzish 

usullari, kabi matnning bezaklari kabi tashqi alomatlari,  zamon va makonlar osha 

doimiy  o„zgarishda  va  rivojlanishda  ekanini,  tarixiy  shart-sharoitlar  bilan 

bog„liqligini hisobga olinmog„i lozim. 

 

Paleografik  tahlil orqali yozma yodgorlikning tashqi holati barcha belgi va 



xususiyatlari  haqida  ma‟lumotlar    yig„indisi  yuzaga  keladi.  Ayniqsa,  bu  tahlil 

yozma yodgorlikning yozuvi noma‟lum, joyi, sanasi haqida ma‟lumotlar yo„q yoki 

yetishmagan  hollarda  juda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ba‟zan  paleografik  tahlil 

uchun  yozma  yodgorlikning  mazmuni  va  qanday  doiraga    mo„ljallangani    ham 

hisobga olinadi. Chunki ko„p hollarda sharqda murakkab mazmunli falsafiy asarlar 

murakkab  xat  usullaridan  foydalanib  ko„chirilgan  hollar    ham  uchraydi.  Bundan 

tashqari  ayrim  shaxslarning  savodldiligi  darajasida  xususiy  xat  namunalari 

me‟yorlashgan  husnixa va mahkamachilikka xos usullardan farqli ravishda o„qib 

o„rganish uchun qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. 

 

Paleografik  tadqiqotlar  bugungi  kunda  nafaqat  qadimiy  yozma  manbalar 



doirasini  balki  ma‟lum  amaliy  maqsadlarda  so„nggi  davrlar,  xatto  xozirgi  zamon 

yozuv materiallarini tekshirishgacha amal qilmoqda. 

 

Ushbu  umumiy  mulohazalardan  keyin  bevosita  sug„d  yozma  yodgorliklari 



paleografiyasi  xaqida  fikr  yuritishimiz  mumkin.  Nima  uchun  ayni  sug„d  yozma 

yodgorliklarini  ishimiz  ob‟ekti  qilib  qo„ydik.  Bunga  sabab  shuki,  sug„d  yozuvi 

mil.avv.  III-II  asrlardan  boshlab  to  VIII-X  asrlargacha  xalqaro  yozuv  maqomida 

bo„lgan.  Buyuk  ipak  yo„llari  bo„ylab  sug„d  yozuvi  sharq  yozuv  yaratuvchilik 

estafetasida  asos  yozuv  vazifasini    o„tagan.  Sug„d  yozuvi  asosida    uyg„ir  turkiy 

yozuvi,  mo„ng„ul,  manjur,  tibet  va  nihoyat,  koreys  alifboli  harf-tovush  yozuv 

tizimlari yaratilgani ma‟lum. Qolaversa, sug„d yozuvining o„zida bizga qadar ko„p 

miqdorda  yozma  yodgorliklar  yetib  kelganki,  ularning  paleografik  tahlili 

manbashunoslik uchun g„oyat muhim ahamiyatga ega. 

 

Sug„d  paleografiyasi  qadimiy  sug„dlar  foydalangan  moniy  diniy  jamoalari 



yozuvining,  sharq  xristian  cherkovi  jamoalarida  qo„llangan  suryoniy  sug„dcha 

yozuvlarning ko„plab yodgorliklarini qamrab olmog„i lozim. Shu munosabat bilan 

sug„d  paleografiyasi  birinchi  galda  har  uchala  yozuv  alifbolari  tizimini  bilishni  

talab qiladi. 




Download 265,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish