72
intiladi. Shu boisdan ham tarjimalar davomli va bir-birini to‘ldirib
boradi.”
90
Ammo shu kabi, qiyinchiliklaraga qaramasdan, Allohning nazari
tushgan ushbu yurt farzandlari ichida islom ilmlari daholari, xususan,
tafsir va hadis ilmlarining buyuk namoyondalari yetishib chiqdi.
Qur‘oni karim ma‘nolarini o‘zbek tiliga o‘girish borasida ham ulkan
ilmiy izlanishlar olib borildi. Qur‘oni karim ma‘nolarini o‘zbek tiliga
o‘girgan olimlardan biri domla Hindistoniy tahallusi bilan mashhur
bo`lgan Shayx Muhammadjon mulla Rustam o‘g‘li hazratlaridir. U
zotning tafsir kitobi “Bayon al-Qur‘on fi tarjamati al-Furqon” deb
nomlangan bo‘lib, u 6 jilddan iborat qo‘lyozma asardir. Uning
birinchi
jildi qisqa muqaddima bilan boshlanadi.
“Tafsirning birinchi jildi Qur‘oni karimning “Fotiha” surasidan bosh-
lanib, “Niso” surasining 147-oyatida tugaydi, yani bu jild Qur‘oni ka-
rimning birinchi besh porasini o`z ichiga oladi. Ikkinchi jild 6-poradan
boshlanadigan “Niso” surasining 148-oyatidan boshlanib, ”Tavba”surasi
93-oyatning oxrida tugaydi. Uchinchi jild “Tavba”surasi 94-oyatdan
boshlanib, “Kahf”surasi 74-oyatning oxri, ya‘ni “Muso” alayhissalom
aytdilar” jumlasi bilan yakunlanadi. Jild 11-15-poralarni o‘z ichiga oladi.
To`rtinchi jild “Kahf” surasi 75-oyatdan boshlanib, “Ankabut” su-
rasining 44-oyati bilan yakunlanadi. Bu jild 16-20 poralarni o‘z ichiga
oladi. Beshinchi jild “Ankabut” surasining 45-oyati bilan boshlanib,
“Josiya” surasining 37-oyati bilan yakunlanadi. Bu jild 16-20 poralarni
o‘z ichiga oladi.
Oltinchi jild “Bismillah”dan so‘ng “Ahqof” surasining 1-oyati
“Qur‘onni nozil qilmoqlik Alloh taolo tarafidanki, Ul hamma narsani g‘o-
lib va mudabbirdur.” bilan boshlanib, “Nos” surasining tafsiridan so‘ng
Qur`on duosi bilan yakunlanadi. Bu jild Qur`oni karimning 26-30 po-
ralarini o`z ichiga oladi.”
91
Qur‘oni karimni o‘zbek tilidagi tarjimalaridan yana biri f.f.d., prof.
Mutallib Usmonov boshchiligida, Hoji Ismatulloh Abdullayev (fil.f.d.),
Abdusodiq Irisov (f.f.n) va Ubaydulloh Uvatov (fil.f.n) kabi sharqshunos
olimlar guruhi tomonidan mustaqillikning dastlabki yillarida nashrga
90
Obidov R. Qur’on mavzularining ma’naviy-tarixiy ahamiyati. –T.: Toshkent islom
universiteti, 2006. –B.210.
91
Obidov R.O`rta Osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari. –T.:Toshkent islom
unversiteti, 2009.-B.46-49.
73
tayyorlanib, 2004-yilda chop etilgan edi. U O‘zbekiston Respublikasi FA
Sharqshunoslik insitutida Qur‘oni karimning o‘zbek tilidagi ilmiy-izohli
tarjimasining 15 porasini o‘z ichiga olgan 1-kitobdir. “Bu davr zamonaviy
o‘zbek islomshunosligida Qur‘oni karimning o‘zbekcha tarjimasini
amalga oshirish tajribasi yo‘q edi. Shu boisdan islomshunos mutaxassislar
oldida g‘oyat murakkab vazifa turar edi. Zero, bu tarjima mavjud bo‘lgan
tarjimalardan farqlanib turuvchi ilmiy-akademik tarjima nashri bo‘lishi
lozim edi. Olimlar zimmasida Qur‘oni karim va islom bo‘yicha ko‘pchilik
bilgan ma‘lumotlarni zamonaviy til va uslubda o‘z–bek kitobxonlariga
yetkazish masalasi turadi.
Ilmiy-akademik tarjimaga, bir guruh yetuk olimlar o‘z hissalarini
qo‘shganlar. Tarjima turli saviyada bajarilgan bo‘lsa ham, umuman
olganda, Qur‘onni o‘rganish, uning oyatlari mazmunlari bilan o‘zbek
xalqini tanishtirish yo‘lida juda katta ish qilingan. Prof. Mutallib
Usmonov Qur‘oni karimning ochqichi bo‘lgan 1-“Fotiha” va eng uzun
suralari bo‘lgan 2-“Baqara” hamda 3-“Oli Imron” suralarini tarjima qilib,
ilmiy izohlar bergan. Kitobning kirish qismi ham shu olimning qa–lamiga
mansub. Kirish ikki fasldan iborat bo‘lib,
Do'stlaringiz bilan baham: