O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/105
Sana13.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#355336
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105
Bog'liq
Yosh-tarjimashunos-V

“Qur’oni karim qadimiy diniy, 
tarixiy  va  madaniy  obida”
degan  1-faslda 
“din  tarixi  faning  muam-
molari”,
 
“Xalqlar tarixi va diniy yozuvlar”,
 “Islom tarixining davrlari va 
manbalari”  haqida  mavzularga  muallif  Sovet  tuzumi  davrida  Qur‘oni 
karimning o‘rganilish darajasi haqida batafsil ma’lumot bergan. Kirish, 2-
faslida esa Muhammad payg‘ambarning hayoti va faoliyatini uch davrga 
bo‘lib,  “Muhammad  payg‘ambarning  Makkadagi  targ‘ibotlari”  va 
“Muhammad  payg‘ambarning  Makkadagi  faoliyatlari”ni  batafsil  ilmiy 
tahlil qilib bergan. 3-faslda esa Qur‘on tarixi bayon etilgan. Unga Qur‘oni 
karim  ilmlariga  xos  masalalar,  jumladan,  “Qur‘on  suralarini  to‘planishi 
va dastxat qilinishi”, “Qur‘onning ichki tuzilishi” mavzulari sharqshunos 
olimlarning fikrlariga tayangan holda yoritib berilgan”
92
 
Abdusodiq  Irisov  Qur‘oni  karimning  4-“Niso”,  5-“Moida”,  6-
“An‘om”, 7-“A‘rof”, 8-“Anfol”, 9-“Tavba” suralarini tarjima qilgan. Hoji 
Ismatulla Abdullo mazkur kitobning 10-“Yunus”, 11-“Hud”, 12-“Yusuf”, 
13-“Ra`d”, 14-“Ibrohim”, 15-“Hijr”, 16-“Nahl” suralarini tarjima qilgan. 
Ubaydulla Uvvatov 17-“Al-Isro”surasini tarjima qilgan. “Tarjimada so‘zni 
topib,  o‘z  joyiga  qo‘ya  bilish  juda  muhim  ish.    Agar  bir  so‘z  yoki  ibora, 
boringki,  qandaydir  bir  grammatik  qo‘shimcha  ham  o‘z  o‘rniga  tushmasa 
 
92
Obidov R.O`rta Osiyo olimlarining tafsir sohasidagi xizmatlari.-T.:Toshkent islom 
universiteti, 2009. –B . 49-51. 


 
74 
yoxud  sal  yasamaroq  chiqib  qolsa,  butun  asarning  tarovatiga  putur  yetishi 
hech gap emas”
93

“Tarjimon zimmasidagi ma‘suliyatning qanchalik katta va og‘irligini 
shundan  ham  bilsa  bo‘ladi.  Zero,  tarjima  til  biladigan  har  qanday  kishi 
shug‘ullanib ketaveradigan ish emas, uning o‘z talablari, qoidalari, nozik-
liklari,  qiyinchiliklari,  murakkabliklari  mavjudki,  ularni  muvaffaqiyatli 
hal qilib, mukammal tarjima yaratishning o`zi bo`lmaydi.”
94
    
Ma‘lumki, tarjima qilish jarayonida tarjimonning eng muhim vazifasi 
asliyatdagi jumlada muallif nimani nazarda tutib qalam tebratgan bo`lsa, 
uni ana o‘shanday qilib tarjima tilida kitobxonga yetkazib berishdir. Bu 
esa tarjimondan yuqori malaka va yuksak mahoratni talab qiladi. “Tarjima 
qilish  uchun  so‘zlarning  asosiy  lug‘aviy  mazmuni-yu,  grammatik 
qoidalarini  bilishning  o‘zi  kifoya  emas.  Buning  uchun  tilni  his  etish 
lozim.”
95
 Yuqoridagi fikrlarning barchasi bu badiiy asar tarjimasi uchun 
qo‘llaniladigan fikrlardir. Diniy asarlar ayniqsa Qur‘oni karim tarjimasi 
xususida fikir yuritadigan bo‘lsak, tarjimon oldidagi masuliyat ikki kara 
ortadi. Ana shunday og‘ir va masulyatli vazifani zimmasiga olib Qur‘oni 
karim  ma‘nolarini  o‘zbek  tiliga  o‘girgan  mufassirlarimizdan  biri  Shayx 
Alouddin  Mansurdir.  Mufassir  1990  yilda    Qur‘oni  karimni  zamonaviy 
o‘zbek adabiy tiliga izohli tarjima qildi. Ushbu tarjimalar “Sharq yulduzi” 
jurnalining 3-sonidan boshlab nashr etildi. 1992 yilda esa “Qur‘oni karim-
ning izohli tarjimasi” kitobini tarjimon ancha tuzatishlar to‘ldirishlar bilan 
“Cho‘lpon” nashriyotida chop qildirdi. Yozuvchi Xayriddin Sultonovning 
aytishicha,  80-yillarning  boshlaridayoq  Alouddin  Mansur  ziyolilar 
orasida  din  aqidalaridan  xabar  bera  boshlagan  va  ko‘pchilikni  iymonga 
qaytargan.  Sovet  davlatida  bunday  ishga  jazm  etishning  o‘zi  jasorat 
bo`lib,  Alouddin  Mansur  e‘tiqodining  teranligidan  dalolat  beradi. 
Xayriddin  Sultonov  takidlaganidek:  “Alouddin  Mansur  bizga  har  safar 
ma‘rifat olib kelardi. Mana bugun o`sha ma‘rifat parvarlik sayi-harakati-
ning  samarasi  sifatida  mazkur  tafsir  vujudga  keldi”.  Alouddin  Mansur 
rahbar bo`lgan Qur‘oni karimni o‘rganish markazi ushbu xayrli ishni da-
vom ettirish, Qur‘oni karimni o‘zbek tilidan tashqari qirg‘iz, qozoq, qora-
qalpoq va rus tillariga ham tarjima qilib, 1 milion nusxadan ortiq nashr 
etilgan kitob Qur‘oni karim ma‘nolarini o‘rganishga qiziquvchi turli mil-
 
93
 Salomov G‘., Komilov N. Jahongashta ruboiylar // Tarjima san’ati (Maqolalar to‘plami). 3-
kitob. −T.: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1976. B.130. 
94
 Ochilov E. //Sharq tarjimashunosligi:tarixi,hozirgi kuni va kelajagi (Maqolalar to`plami).-
T.:2013.B.41. 
95
 Salomov G`.Tarjima tashvishlari. -T.: G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at 1983.-B.28. 


 
75 
lat kishilariga yetib bordi.
 
Qur‘oni karimning o‘zbek tilidagi ma‘no tar-
jimalaridan  yana  biri  shayx  Muhammad  Sodiq  Muhammad  Yusuf  haz-
ratlari  tomonidan  amalga  oshirilgan  bo‘lib,  ushbu  kitob  “Tafsiri  hilol” 
nomi bilan nashrga chiqqan. “Tafsiri Hilol” avvaliga 30-pora, so‘ng 29-
pora, keyinchalik Qur’onning barcha suralarini 1991 yildan 1998 yilgacha 
eng mukammal tarjima va izohlar bilan 21 ta kitob holida turli joylarda 
nashr ettirdi.”
96
  2007 yili “Sharq” nashriyotida 6 tomli qilib, katta kitob 
shakida 5000 nusxada chop etildi. 2008 yili yana “Sharq” nashriyotida 6 
tomli kitobi qayta 5500 nusxada nashr qilindi. Shu yili “Tafsiri Hilol”ning 
7-juzi  qilib  faqat  oyatlari  tarjimasini  (izohlarsiz)  “Qur’oni  karim  va 
o‘zbek  tilidagi  ma’nolari  tarjimasi”  deb  nomlab,  U  ham  “Sharq”  nash-
riyotida  15000 nusxada chop ettirildi.   
 
 
 
Qur’oni Karimning o‘zbek tilidagi tarjimalaridan yana biri 2001 yil 
Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan kitobxonlarga taqdim etildi. Mazkur 
tarjima “Qur’oni karim ma’nolar tarjima va tafsiri” nomi bilan “Toshkent 
islom  universiteti”  nashriyotida  10000  nusxada  nashr  etildi.  Tarjima 
kitobning  “  Qur‘oni  karim  ma`nolarining  tarjimasi”  deb  nomlanganligi 
ushbu  kitobning  va  unda  bajarilgan  ishning  mohiyatini  aniq  ko‘rsatadi. 
Tarjimon oyatlarni izohlashda qisqa va hoshiya sharhlardan foydalangan. 
Tarjimada  ba‘zi  oyatlar  ma‘nolarini,  ulardan  chiqadigan  shar‘iy 
hukumlari mavjud tafsirlardan izohlash va sharhlash maqsadida olingan 
iqtiboslarni har bir sahifaning pastki qismida batafsil berilishi natijasida 
tarjima tafsir holiga kelgan. Oyatlar ma’no tarjimalari bilan bir sahifada 
yonma-yon berilishi esa, foydalanishni ancha qulaylashtirgan.  
Qu‘roni  karim  ma‘nolarining  o‘zbek  tilidagi  so‘ngi  tarjimasi 
Usmonxon Alimov tomonidan 2019 yilda 6 jildli kitob shaklida bosmadan 
chiqdi. Ushbu to‘plam “Tafsiru Irfon” deb nomlanib, unda oyatlar ma‘-
nosi zamondosh o‘quvchilarimizga iloji boricha tushunarli, soda va ravon 
bo‘lishiga  harakat  qilingan.  Bunda  oyatlarning  ma‘no  tarjimasida  qavs 
ichidagi izohlardan iloji boricha vozkechilgan. Qolaversa ushbu kitobni 
yozishda zamonaviy fan texnika yutuqlari va kashfiyotlari bayon etilgan 
ilmiy kitoblardan ham foydalanilgan.   
 “O‘zbek  tilidagi  yana  bir  tarjima  Qur’on  karimning  30-porasi 
(Fotiha, Nabaadan Nos surasigacha) sharqshunos olim, Iordaniya qirolligi 
akademiyasining a’zosi Shamsiddin Boboxonov tomonidan amalga oshi-
rilgan.  Ushbu tarjima 1991 yili (Toshkent, Sharq merosini o‘rganish aka-
 
96
 Karomatov H. Qur’on ma’nolarining o‘zbekcha tarjimalari .Tarjima nazariyasi va adabiy-
lisoniy aloqalar. –T . 1992. –B. 11. 


 
76 
demiyasi) va 1992 yili (Perm,COMIL, bu nashr o‘zbek va arab tillarida) 
nashr  etildi.  Mutarjim  kirish  so‘zida  yozishicha:  “Bu  ishda  biz  izohli 
tarjima uslubini ixtiyor etdik va oyatlar ma’nosini  iloji boricha aniqroq 
tarjima etishga harakat qildik.”
97
   
 
 
      Qur‘oni  karim  ma‘nolarini  tarjimasi  bilan  shug‘ullangan  ulamolari-
mizdan yana birlari Muhammadxon mulla Is`hoq  kori Mahjuriy hazrat-
lari bo‘lib,  u kishi o‘z farzandlarining ilmu ma‘rifatli va e‘tiqodli bo‘lish-
larini o‘ylab, “Fotiha”, “Taborok” va “Amma” suralarini uch tafsir ya’ni 
birinchisi arabiy

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish