192
X-BOB. TUXUM VA TUXUM MAHSULOTLARI
1 0 . 1 . T uxumning tuzilis hi va ta rk ibi
Tuxum parrandachilikdan olinadigan asosiy mahsulotlardan biridir.
Uning tarkibida o„rtacha 73,6% suv, 12,8% oqsil, 11,8% yog„
,
1% azotsiz
ekstroktiv moddalar va 0,8% mineral moddalar bor.
Tuxum yumaloq va elipssimon shaklda bo„lib, asosan 7 qismdan iborat
bo„ladi: po„sti; po„st osti pardasi; oqsil moddasi; sarig„i; bog„ichi; pugasi;
murtagi.
Po„sti- 12%ni tashkil qilib, asosan kaltsiy, fosfor, magniy va boshqa
organik birikmalardan iborat. Tuxum po„sti ichiga havo va mikroorganizmlar
o„tishi natijasida tez buziladi. Yangi tuxum po„stlari xira, unsimon gardlik
bo„ladi. Eski tuxum po„stlari esa silliqlanib yaltirab, yupqalanib qoladi. Po„st
osti pardasi oqsilli moddalardan bo„lib, juda pishiq bo„ladi va tuxum oqlig„ini
saqlab turadi. Ko„p saqlangan tuxumlar qurigan sari oqsil pardasi po„stidan
ko„chib qisqara boshlaydi va po„st bilan oqsil parda orasida havo bo„shlig„i-
puga hosil bo„ladi.
Puga tuxumning yangi yoki eskiligini ko„rsatuvchi asosiy omil
hisoblanadi. Yangi tuxumlarda puga qariyb bo„lmaydi. Tuxum turgan sari qurib
puganing o„lchami kattalashib boradi va tuxum sifatiga ta‟sir etadi.
Oqsil- tuxumning asosiy qismi bo„lib, uning 56%ini tashkil qiladi.
Tuxum oqsili yuqori to„yimli bo„lishidan qatiy nazar, organizmda to„liq va engil
hazm bo„ladi. shu sababli tuxumlar ham parhez taomlar turkumiga kiradi.
Tyxym oqsili uch qatlam ko„rinishda bo„lib, ustki va ichki qatlamlari suyuq,
o„rta qatlami esa quyuqroq konsistentsiyali bo„ladi. Tuxum oqsili yuqori
haroratga chidamsiz bo„lib, 60-70° issiqlikda uviydi.
Tuxum sarig„i 32%ni tashkil etib, asosan yog„ (32,6%) va oqsil
(16,6%dan) iborat. Tuxum sarig„ida, shuningdek tuxumda qimmatbaho A, D, E
va K vitaminlari mavjud. Tuxum sarig„ida yog„ ko„p bo„lgani sababli u engil
bo„lib, tuxum oqida suzib yuradi va ikki tomonida oqsilli bog„ichlar bilan
193
tuxumni ikki uchiga tortilgan bo„ladi. Yangi tuxumda oqsil bog„ichlari tarang
tortilgan bo„lib, sarig„i tuxum o„rtasida mustahkam joylashgan bo„ladi. Turib
qolgan tuxumlarda bog„ichi bo„shashib, sarig„i qimirlaydigan bo„ladi. Eskirgan
tuxumlarda esa bog„ichi uzilib ketishi va sarig„i po„stiga yopishib qolishi ham
mumkin. Bunday tuxumlar iste‟mol qilinmaydi.
Tuxum sarig„ining doimo bir tekis turishini ta‟minlash uchun uzoq
saqlanayotgan tuxumlarni vaqti-vaqti bilan ag„darib, joyini o„zgartirib turish
tavsiya etiladi.
Tuxum murtagi - tuxum sarig„iga joylashgan bo„lib, tuxumni saqlash
muddatiga ta‟sir etadi. Agar tuxum iliq xonalarda ko„proq saqlanib qolsa,
urchigan murtaklar rivojlanib tuxum buzilishi mumkin. shu sababli tuxumlarni
salqin xonalarda saqlash kerak. Urchimagan tuxumlar yaxshi saqlanadi. Tuxum
sifati va iste‟mol qiymati uning tuzilishi va saqlashga bog„liqdir. Salqin
bo„lmagan joyda saqlangan tuxumlarning tarkibi tez o„zgaradi, binobarin sifat
ko„rsatkichlari ham buziladi. shu sababli tuxum turlari va sifati ularning saqlash
muddatlariga bog„liq bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: