1 1 . 2 . P o lime riza ts io n qa tro nla r a s o s ida o lina dig a n
pla s tma s s a la r
Polimerizatsiya deb, to„yinmagan past molekulali organik moddalardan
to„yingan yuqori molekulali organik moddalar olish jarayoniga aytiladi.
Polimerizatsion plastmassalar tarkibiga qarab olti guruhga bo„linadi:
poliolifenlar, polivinilxlorid, polistirol, polimetilmetakrilat, teflon va SFD
plastmassasi.
Poliolifenlar.
Bu guruhga polietilen, polipropilen va sevilenlar kiradi.
Polietilen
(-CH
2
=CH
2
-)
n
dunyo
bo„yicha
ishlab
chiqarilayotgan
plastmassalarning 23%ni tashkil qiladi. Rangi sadafsimon oq, ushlab ko„rganda
oq mumni (parafinni) eslatadi. Yoqqanda tomchilab erib yonadi. Issiqligida ipga
o„xshash cho„ziladi. Yonayotganda alangasining ostki qismi ko„k rangda
bo„ladi.
Polietilen ikki usulda ishlab chiqariladi: past va yuqori bosimda. Past
bosimda (350 kPa) polietilen uch etan alumin Al (C
2
H
5
)
3
yoki to„rt xlor titan
(TiCl
4
) kabi katalizatorlar (jarayonni tezlashtiruvchilar) ta‟sirida olinadi. Bu
usulda polietilen birinchi bor 1953-yili nemis olimi Karl Sigler tomonidan
tayyorlangan. Bunday katalizatorlar zaharli bo„lganligi sababli, past bosimda
ishlab chiqarilgan polietilenlardan faqat oziq-ovqat uchun ishlatilmaydigan
idishlar va suv quvurlari tayyorlanadi. Yuqori bosimda (350 MPa) polietilen
plyonka (yupqa parda) shaklida ishlab chiqariladi. Bu usulni birinchi bor 1936-
yili olim A. I. Dinses ixtiro qilgan. Plyonkalar suv va havo o„tkazmasligi hamda
tiniq bo„lganligi sababli tovarlarni o„rash-joylash (upakovkalash) va issiqxonalar
(parniklar)ning ustini yopishda ishlatiladi.
Polietilenning katta kamchiligi yogliq moddalarni elektrostatik kuchlari
ta‟sirida shimishi va tiniqligi pastligidir. Keigusida polietilen o„rnini yog„
moddalarini kamroq shimadigan poliproplien va etilen bilan vinilatsetatni
qo„shma polimerizatsiyasi (sopolimerizatsiyasi) natijasida olingan yuqori
tiniqlikka ega bo„lgan sevilen egailaydi.
204
Polivinilxlorid
(CH
2
CNH)n.
Bu
dunyoda
ishlab
chiqarilayotgan
plastmassalarning 24%ini tashkil qiladi. Polivinilxlorid yarim tiniq bo„lib, tutab
yonadi, alangasining pastki qismi yashil rangda. U tovar ishlab chiqarishda olti
xil holatda ishlatiladi:
1.
Qayishqoq
parda
(plyonka).
Trimolilfosfat
bilan
yumshatish
(plastifikasiya qilish) tufayli olinadi. Elektr simlar izolatsiyasi uchun, suv
shlangi, izolatsiya lentasi va dala plashchlari ishlab chiqarishda foydalaniladi.
2.
Yupqa parda. Kamfora bilan yumshatish natijasida olinadi. Metallarni
zanglashdan
saqlash
maqsadida
qoplama
shaklida
va
yuviladigan
gulqog„ozlarning sirtini qoplash uchun ishlatiladi.
3.
Yumshatilmagan
polivinilxlorid
(Viniplast).
Eritma
pishloqlar
upakovkasi, bolalar vannasi, santexnika sifonlari va attorlik buyumlari ishlab
chiqarishda qo„llaniladi.
4.
Saran-vinilxlorid va vinilidenxloridning qo„shma polimerizatsiya qilish
natijasida olinadigan issiqlikda kirishadigan plastmassa. Plyonka shaklida
muzlatilgan parrandalarni qadoqlashda foydalaniladi.
5.
Qatlamli plastiklar. Bularga getinaks va pavinol misol bo„ladi. Getinaks
qog„ozni polivinilxlorid qatroniga shimdirish yo„li bilan laxta (plita) shaklida
olinib, oshxona stollari uslini qoplash uchun ishlatiladi. Pavinol deb, ustki qismi
polivinilxlorid qatroni bilan qoplangan gazlama asosli sun‟iy charmga aytiladi.
6.
Xlorin-polivinilxlorid qatronlari asosida olingan tola bo„lib, llarakat
davrida manfiy zaryadlangan elektronlar nurlanishi sababli
undan
radikulit va
revmatizmga duchor bo„lgan kasallarga mo„ljallangan belbog„ hamda paypoqlar
ishlab chiqariladi.
Polistirol (CH
2
=CH-C
6
H
5
)n. Bu plastmassa stirol va butadiyenning
qo„shma polimerizatsiyasi natijasida olinadi. Dunyoda ishlab chiqarilayolgan
plastmassalar hajmining 13%ni tashkil qiladi. U tutab yonib, ip bo„lib
cho„ziladi. Tovar ishlab chiqarishda to„rt ko„rinishda ishlatiladi.
205
1.
Mo„rt polistirol. Boshqa plastmassalardan tiniqligi va chertganda
larangli tovush chiqarishi bilan ajralib turishi sababli billursimon idishlar
ishlab chiqarishda qo„tlaniladi.
2.
Penopolistirol. Polistirol qatronini ko„piktirish
yo‗li
bilan olinib,
elektr sovitkichlarni termoizolatsiyasi uchun va nooziq texnik murakkab
tovarlarni joylashda ishlatiladi.
3.
ABS plastmassasi. Akrilonitril butadiyen va stirol qatronlaridan
qo„shma polimerizatsiya yo„li bilan olinib, zarbaga chidamli bo„lganligi
sababli, elektr sovitkichlarni ichki kamerasi uchun va to„rsimon idishlar ishlab
chiqarishda foydalaniladi.
4.
MSN plastmassasi. Metilmetakrilat, stirol
va akrilonitril qatronlarini
qo„shma polimerizatsiyasi natijasida olinib, tiniq va egiluvchan bo„lganligi
uchun undan turli attorlik buyumlari ishlab chiqariladi.
Polimetilmetakrilat
(СН
2
-СН
3
-СООСН
3
)n.
Bu
plastmassa tiniqligi,
ma‟lum darajada qattiqligi, chertganda larangsiz tovush chiqarishi va tutunsiz
chirsillab yonishi bilan boshqalardan farq qiladi. Yuqori tiniqlikka ega
bo„lganligi sababli xalq orasida organik shisha deb ataladi. Undan billurga
o„xshash qandillar hamda non idishlari, jadvallar va yozuv stoli uchun «oynalar»
ishlab chiqariladi. Ammo, qattiqligi yuqori bo„lmaganligi tufayli, undan
tayyorlangan buyumlar sirtida ishlatish davrida mayda chiziqchalar paydo bo„lib
ancha xiralashib qoladi.
Teflon (CF
2
-CF
2
)n. Bu plastmassa yonmasligi, ishqor va kislotalarga
bardosh bera olganligi uchun organik platina deb ataladi. Uni tovarlarning ichini
qoplashda ishlatishadi. Bunday tovada masalliqni yog„siz qovurish mumkin
(jigari kasal bemorlarga yog„da qovurilgan taom yeyish mumkin emas).
Do'stlaringiz bilan baham: |