haroratga bardosh bera olganligi uchun zanjirsimon molniya yopqichlari va
206
1 1 . 3 . P o lik o nde ns a ts io n qa tro nla r a s o s ida
o lina dig a n pla s tma s s a la r
Polikondensatsiya deb, to„yingan turli uglevodorodlarni birikishi
natijasida yuqori molekulali organik modda (polimer) va qo„shimcha moddalar,
masalan, suv hosil bo„lish reaksiyasiga aytiladi. Polikondensatsion plastmassalar
sakkiz guruhga bo„linadi:
Fenoplastlar.
Bular fenol (C
6
H
5
OH) va formaldegidni (CH
2
O) qo„shma
polimerizatsiyasi natijasida olinadi. Fenoplastlar yonmaydi, ammo issiqlik
ta‟sirida zaharli fenol chiqaradi. Xalq xo„jaligida ikki xil holatda ishlatiladi:
1.Karbolit. Fenoformaidegid qatroniga bo„r va tuyilgan yog„och massasi
qo„shib olinadi. Bundan akkurnulyatorlar idishi ishlab chiqariladi.
2.Getinaks. Qog„oz varaqlarini fenolformaldegid qatroniga shimdirish
yo„li bilan olinadi va texnik murakkab tovarlarning ba‟zi qismlari uchun
ishlatiladi.
Aminoplastlar. Bular melamin (CN-NH
2
)
3
va formaldegidni qo„shma
polimerizatsiyasi natijasida hosil qilinadi. Yonmaydigan va bezarar plastmassa
bo„lib, uni ishlab chiqarishni o„tgan asrning 20-yillarida jahonda birinchi bor
avstriyalik kimyogar F. Pollak yo„lga qo„ygan. Tovar ishlab chiqarishda uch xil
shaklda qo„llaniladi.
1.
Melalit. Melaminoformaldegid qatroniga bo„r va tuyilgan yog„och
massasi qo„shib olinadi. Undan umumovqatlanish korxonalari uchun idishlar
ishlab chiqariladi.
2.
Yupqa qatlam (shpon). Qog„ozga melaminoformaldegid yoki
mochevinoformaldegid qatroni shimdirilib olinadi. Yog„och-payraha taxtalar
(DSP)
ustini qoplash uchun ishlatilgani sababli, qog„oz qatlamli bezash
plastikasi nomi bilan yuritiladi.
3.
Mipora. Melaminoformaldegid yoki mochevi no-formal degid
qatronini ko„pirtirish natijasida olinib, qurilishda issiqlikni saqlaydigan
(termoizolatsion) qatlam sifatida ishlatiladi.
207
Poliamidlar.
HN
(CH
2
)
5
CO
n
.
Aminokarbon
kislotalarini
polikondensatsiya qilish yo„li bilan olinib, boshqa plastmassalardan pishiqligi va
chirishga chidamliligi bilan farq qiladi. Yonadi, ammo alangadan tashqari
chiqarilsa o„chadi. Issiqligida ip bo„lib cho„ziladi. Poliamidlar, asosan,
«Navoiyazot» birlashmasida ishlab chiqariladi. Tovar ishlab chiqarishda uch xil
shaklda ishlatiladi.
1.
Kapralon ipi. Kiyim cho„tkalarning qilini tayyorlash uchun
foydalaniladi.
2.
Karbamid plyonkasi. Qaynatib pishirilgan qazi (kolbasa) va
dudlangan pishloqlar upakovkasi uchun ishlatiladi.
3.
Kapron tolasi. Xotin-qizlar paypog„i, avtomashina pokrishkasi va
baliq ovlash turlari ishlab chiqarishda qo„llaniladi,
Efiroplastlar (R-O-R
1
)n. Organik kislotalar va ko„p atomli spirtlar
eterifikatsiyasi (yunon. efir hosil qilish) natijasida olinib, tovar ishlab
chiqarishda to„rt xil holatda ishlatiladi.
1.
Lavsan plyonkasi. Dimetiltereftalai va etilenglikol qatronlarini
cierifikatsiyalash yo„li bilan olinib, pishiq hamda tiniqligi uchun parda
shaklida magnitofon lentasi ishlab chiqarishda va go„shtni o„rashda
foydalaniladi. Lavsan so„zi sobiq ittifoq fanlar akademiyasining yuqori
molekulali birikmalar laboratoriyasi nomidan kelib chiqqan.
2.
Lavsan tolasi. Yaxshi dazmollanishi va dazmolni uzoq vaqt saqlashi
uchun junga qo„shib gazlama to„qishda qo„llaniladi.
3.
Shisha shifer. Shisha tolalarini glitserin va malein kislotasini
polikondensatsiya qilish natijasida hosil bo„lgan qatron bilan shimdirib
olinadi. U sarg„ish rangli tiniq shifer bo„lib, yozgi binolarning tomini
yopishda ishlatiladi.
4.
SVAM (shisha tola anizotrop material) plastmassasi. Shisha
tolalarini turli murakkab efirlar bilan shimdirish natijasida olingan bo„lib,
quyma stullar ishlab chiqarishda qo„llaniladi.
208
Poliuretanlar (R-HN-COO-R)n. Geksametilendlizotsian va butilenglikol
qatronlarini polikondensatsiya qilib olinadi. Yuqori haroratda zaharli sian
moddasi chiqishi sababli tovar ishlab chiqarishda faqat ikki shaklda qo„llaniladi.
1.
Porolon. Poliuretan qatronini ko„piklashtirib olinadi. Yumshoq
mebellar va jersi paltolarining astari uchun ishlatiladi.
2.
Poliefirouretan. IK nomli sun‟iy charm sirtiga shimdirish uchun
foydalaniladi.
Mikanit.
Slyudani gliftal va pentaftal qatroniga botirib olish natijasida
olinib, texnik murakkab tovarlarning ba‟zi qismlari uchun ishlaliladi.
Diflon.
Bisfenolpropan va fosgenni polikondensatsiya qilib olinadi.
Sarg„ish rangli, tiniq, issiqqa chidamli, tutab yonadigan plastmassa. Yengil
zararsizlantirilish (dezinfeksiya bo„lish) qobiliyatiga ega bo„lganligi uchun
undan kasalxonalar va havo yo„Li transportida ishlatiladigan idishlar ishlab
chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: