O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/416
Sana02.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#309226
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   416
Bog'liq
Tovarshunoslik. O‘quv qo‘llanma

SFD plastmassasi.

 Bu plastmassa poliformaldegid (CH

2

O)n va dioksolan 



bilan  qo„shma  polimerizatsiyasi  natijasida  olinib,  yonmasligi  hamda  200°C 

haroratga  bardosh  bera  olganligi  uchun  zanjirsimon  molniya  yopqichlari  va 

elektr  ustara qobig„i ishlab chiqarishda ishlatiladi. 



206 

 

1 1 . 3 .   P o lik o nde ns a ts io n  qa tro nla r  a s o s ida    



o lina dig a n  pla s tma s s a la r  

Polikondensatsiya  deb,  to„yingan  turli  uglevodorodlarni  birikishi 

natijasida  yuqori  molekulali  organik  modda  (polimer)  va  qo„shimcha  moddalar, 

masalan,  suv  hosil  bo„lish  reaksiyasiga  aytiladi. Polikondensatsion plastmassalar 

sakkiz guruhga  bo„linadi: 

Fenoplastlar. 

Bular  fenol  (C

6

H

5



OH)  va  formaldegidni  (CH

2

O)  qo„shma 



polimerizatsiyasi  natijasida  olinadi.  Fenoplastlar  yonmaydi,  ammo  issiqlik 

ta‟sirida zaharli  fenol chiqaradi. Xalq xo„jaligida  ikki  xil  holatda ishlatiladi: 

1.Karbolit.  Fenoformaidegid  qatroniga  bo„r  va  tuyilgan  yog„och  massasi 

qo„shib olinadi. Bundan akkurnulyatorlar  idishi  ishlab chiqariladi. 

2.Getinaks.  Qog„oz  varaqlarini  fenolformaldegid  qatroniga  shimdirish 

yo„li  bilan  olinadi  va  texnik  murakkab  tovarlarning  ba‟zi  qismlari  uchun 

ishlatiladi. 

Aminoplastlar.  Bular  melamin  (CN-NH

2

)

3



  va  formaldegidni  qo„shma 

polimerizatsiyasi  natijasida  hosil  qilinadi.  Yonmaydigan  va  bezarar  plastmassa 

bo„lib,  uni  ishlab  chiqarishni  o„tgan  asrning  20-yillarida  jahonda  birinchi  bor 

avstriyalik  kimyogar  F.  Pollak  yo„lga  qo„ygan.  Tovar  ishlab  chiqarishda  uch xil 

shaklda qo„llaniladi. 

1.

 



Melalit.  Melaminoformaldegid  qatroniga  bo„r  va  tuyilgan  yog„och 

massasi  qo„shib  olinadi.  Undan  umumovqatlanish  korxonalari  uchun  idishlar 

ishlab chiqariladi. 

2.

 



Yupqa  qatlam  (shpon).  Qog„ozga  melaminoformaldegid  yoki 

mochevinoformaldegid  qatroni  shimdirilib  olinadi.  Yog„och-payraha  taxtalar 

(DSP)

 

ustini  qoplash  uchun  ishlatilgani  sababli,  qog„oz  qatlamli  bezash 

plastikasi  nomi bilan  yuritiladi. 

3.

 



Mipora.  Melaminoformaldegid  yoki  mochevi  no-formal  degid 

qatronini  ko„pirtirish  natijasida  olinib,  qurilishda  issiqlikni  saqlaydigan 

(termoizolatsion)  qatlam  sifatida ishlatiladi. 



207 

 

Poliamidlar.

 

HN 


(CH

2

)



5

CO

n



Aminokarbon 

kislotalarini 

polikondensatsiya  qilish  yo„li  bilan  olinib,  boshqa  plastmassalardan pishiqligi va 

chirishga  chidamliligi  bilan  farq  qiladi.  Yonadi,  ammo  alangadan  tashqari 

chiqarilsa  o„chadi.  Issiqligida  ip  bo„lib  cho„ziladi.  Poliamidlar,  asosan, 

«Navoiyazot»  birlashmasida  ishlab  chiqariladi.  Tovar  ishlab  chiqarishda  uch  xil 

shaklda ishlatiladi. 

1.

 

Kapralon  ipi.  Kiyim  cho„tkalarning  qilini  tayyorlash  uchun 



foydalaniladi. 

2.

 



Karbamid  plyonkasi.  Qaynatib  pishirilgan  qazi  (kolbasa)  va 

dudlangan pishloqlar  upakovkasi uchun ishlatiladi. 

3.

 

Kapron  tolasi.  Xotin-qizlar  paypog„i,  avtomashina  pokrishkasi  va 



baliq ovlash turlari  ishlab chiqarishda qo„llaniladi, 

Efiroplastlar  (R-O-R

1

)n.  Organik  kislotalar  va  ko„p  atomli  spirtlar 



eterifikatsiyasi  (yunon.  efir  hosil  qilish)  natijasida  olinib,  tovar  ishlab 

chiqarishda to„rt xil holatda ishlatiladi. 

1.

 

Lavsan  plyonkasi.  Dimetiltereftalai  va  etilenglikol  qatronlarini 



cierifikatsiyalash  yo„li  bilan  olinib,  pishiq  hamda  tiniqligi  uchun  parda 

shaklida  magnitofon  lentasi  ishlab  chiqarishda  va  go„shtni  o„rashda 

foydalaniladi.  Lavsan  so„zi  sobiq  ittifoq  fanlar  akademiyasining  yuqori 

molekulali  birikmalar  laboratoriyasi  nomidan kelib  chiqqan. 

2.

 

Lavsan  tolasi.  Yaxshi  dazmollanishi  va  dazmolni  uzoq  vaqt  saqlashi 



uchun junga  qo„shib gazlama to„qishda qo„llaniladi. 

3.

 



Shisha  shifer.  Shisha  tolalarini  glitserin  va  malein  kislotasini 

polikondensatsiya  qilish  natijasida  hosil  bo„lgan  qatron  bilan  shimdirib 

olinadi.  U  sarg„ish  rangli  tiniq  shifer  bo„lib,  yozgi  binolarning  tomini 

yopishda ishlatiladi. 

4.

 

SVAM  (shisha  tola  anizotrop  material)  plastmassasi.  Shisha 



tolalarini  turli  murakkab  efirlar  bilan  shimdirish  natijasida  olingan  bo„lib, 

quyma stullar  ishlab chiqarishda qo„llaniladi. 




208 

 

Poliuretanlar  (R-HN-COO-R)n.  Geksametilendlizotsian  va  butilenglikol 



qatronlarini  polikondensatsiya  qilib  olinadi.  Yuqori  haroratda  zaharli  sian 

moddasi chiqishi sababli tovar ishlab  chiqarishda faqat ikki  shaklda qo„llaniladi. 

1.

 

Porolon.  Poliuretan  qatronini  ko„piklashtirib  olinadi.  Yumshoq 



mebellar  va jersi  paltolarining  astari uchun ishlatiladi. 

2.

 



Poliefirouretan.  IK  nomli  sun‟iy  charm  sirtiga  shimdirish  uchun 

foydalaniladi. 



Mikanit. 

Slyudani  gliftal  va  pentaftal  qatroniga  botirib  olish  natijasida 

olinib,  texnik  murakkab  tovarlarning  ba‟zi qismlari  uchun ishlaliladi. 

Diflon. 

Bisfenolpropan  va  fosgenni  polikondensatsiya  qilib  olinadi. 

Sarg„ish  rangli,  tiniq,  issiqqa  chidamli,  tutab  yonadigan  plastmassa.  Yengil 

zararsizlantirilish  (dezinfeksiya  bo„lish)  qobiliyatiga  ega  bo„lganligi  uchun 

undan  kasalxonalar  va  havo  yo„Li  transportida  ishlatiladigan  idishlar  ishlab 

chiqariladi. 




Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   416




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish