O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 . 3 .   M a rg a rin,   uning   a s s o rtime nti  va



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/416
Sana02.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#309226
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   416
Bog'liq
Tovarshunoslik. O‘quv qo‘llanma

 

9 . 3 .   M a rg a rin,   uning   a s s o rtime nti  va    

s ifa t  k o ‗rs a tk ic hla ri  

 

Margarin

  -  rafinatsiyalangan  tabiiy  o„simlik  moyi,  mol  yog„lari,  sut  va 

boshqa  moddalar  (qand,  tuz  va  h.k.)  aralashmasidan  tayyorlangan  yog„li 

mahsulotdir. Margarin sariyoqqa o„xshash bo„lib, zich (qattiq) tarkibli, rangi och 

sariq,  ta‟mi  yoqimli,  hidi  xushbo„ydir.  To„yimliligi  jihatdan  margarin  sariyoqqa 



187 

 

yaqin  bo„lib,  oziq-ovqatga  ishlatiladigan  oshxona  yog„i  sifatida  u  bilan  bir  xil 



maqsadda  foydalaniladi.  Masalan,  margarin  organizmda  93-97%  hazm  bo„lsa, 

sariyog„  -  97-98%  hazm  bo„ladi.  Bir  kg  margarinning  kaloriyaliligi  7521 



kkal,

 

sariyog„niki  esa  -  7573 



kkal

  dir.  Ta‟m  xususiyatiga  ko„ra  margarin  sariyog„dan 

bir oz past turadi.  

Margarin  xom  ashyosini:  tabiiy  va  gidrogenizatsiyalangan  o„simlik 

moylari,  sariyog„,  eritilgan,  faqat  oliy  nav  mol  yog„lari,  dengiz  hayvonlari  va 

baliqlarning  gidrogenizatsiyalangan  yog„lari,  qaymog„i  olinmagan  va  olingan 

sut,  qypyq  sut,  tabiiy  va  quruq;  qaymoq,  quyultirilgan  sut,  tuz,  qand,  oziq-

ovqatga  ishlatiladigan  bo„yoq  moddalari  (annato,  karotin),  A  va  D 

vitaminlarining  preparatlari  tashkil  etadi.  Bu  moddalarni  yaxshi  va  tekis 

aralashtirish  uchun  glitserin  hamda  o„simlik  moylaridan  ishlab  chiqariladigan 

emulgator  qo„shiladi. 

Asosiy  xom  ashyo  turiga  qarab,  slivochniy  (qaymoqli)  margarin, 

molochniy  (sutli)  margarin  va bezmolochniy  (sutsiz) margarin  tayyorlanadi.   

Slivochniy  margarin

  yuqori  sifatli  mol  yog„lari  va  o„simlik  moylaridan, 

sut yoki qaymoqdan 25% dan kam bo„lmagan miqdorda albatta sariyog„ qo„shib 

tayyorlanadi. 

Slivochniy 

margarin 

quyidagi 

assortimentda 

chiqariladi: 

slivochniy,  shokoladniy,  kofeyniy,  qandolatskiy,  lyubitelskiy,  rossiyskiy,  noviy, 

noviy shokoladniy.  

Molochniy  margarin

  ishlab  chiqarishda  o„simlik  moyi,  salomas,  sut  va 

mol  yog„lari  asosiy  xom  ashyo  bo„lib  xizmat  qiladi.  U  quyidagi  assortimentda 

chiqariladi:  stoloviy, shokoladniy, kofeyniy,  qandolatskiy, Osobiy va ekstra.  



Bezmolochniy  margarin

  sutli  margarin  qanday  xom  ashyodan 

tayyorlansa,  u  ham  shunday  xom  ashyodan  tayyorlanadi,  faqat  sut  o„rniga  suv 

qo„shiladi.  



Stoloviy  margarin  -

  yog„li  asosi  o„simlik  salomasidan,  tabiiy moylardan 

(kokos moyi va suyuq o„simlik moylaridan)  iborat bo„ladi.  



188 

 

shokoladniy  margarin  - 

yog„li  asosi  o„simlik  va  hayvon  (kit) 

salomasidan,  kokos  moyi  va  suyuq  o„simlik  moylaridan  iborat;  bu  margaringa 

2,5%  kakao  kukuni  va  0,01%  vanilin  kukuni  va  0,1%  vanilik  qo„shiladi.  Oson 

eriydi,  kakao ta‟mi va hidi kelib  turadi, konsistentsiyasi  bir xil 



qandolatskiy  margarini

  (sutli  va  qaymoqli)  undan  tayyorlanadigan 

qandolat  mahsulotlarini  yopishda  foydalaniladi;  chakana  savdoga  chiqarilmaydi. 

Asosan,  oson  eruvchi  o„simlik va mol salomaslaridan, kokos moyidan iborat. U 

bo„yovchi va xushbo„y qiladigan moddalarsiz chiqariladi.   

Lyubitelskiy  margarin

  boshqa  turdagi  margarinlardan  farqi  tuz  miqdori 

(1,2%) ko„pligidadir.  Ta‟mi sho„r.  

Rossiyskiy  margarini 

tarkibida  eritilgan  mol  yog„i  va  qaynatilgan  sut 

bor;  u  ham  slivochniy  margarin  retsepturasi  asosida  tayyorlanadi;  navlarga 

ajratilmaydn.   



Osobiy  margarini

  molochniy  stoloviy  margarinlari  retsepturasi  asosida 

tayyorlanadi.  yog„li  asosi  o„simlik  salomasi,  kungaboqar  moyi,  ko„proq 

miqdorda  kokos  moyi  (18-20%)  va  xushbo„ylashtiradigan  sintetik  moddadan 

iborat.  

Noviy  margarinining

  boshqalaridan  farqi  -  uning  tarkibida  sariyog„ 

tarkibidagi  moddalar  bor.  Uning  tarkibiga  yog„dan  tashqari qaymog„i olinmagan 

tabiiy  sut  va  quruq  sut,  tuz,  qand,  limon  kislotasining  natriyli  tuzlari  va 

dinatriyfosfat  kiradi.   

Barcha  turdagi  margarinlar  sifat  jihatidan  oliy  va  1-navga  bo„linadi. 

Navlarga  bo„lishda  rangi,  ta‟mi,  hidi,  tashqi  ko„rinishi  va  konsistentsiyasi  asos 

qilib  olinadi.   



Oliy  nav  sarxil  margarinining

  ta‟mi  va  hidi  yaqqol  sezilib  turadi,  hidi 

xushbo„y,  zich,  bir  xil,  plastik  (uvalanmaydigan)  konsistentsiyali;  kesib 

ko„rilganda  usti  quruq  va  yaltiroq  hamda  butun  massasi  bir  xil  och  sariq  yoki 

sariq  rangli  bo„lishi  kerak.  Slivochniy  va  molochniy  margarinida  yog„  miqdori 

82%  dan  kam  bo„lmasligi  va  namligi  molochniyda  -  16,5%  dan,  slivochniyda  - 




189 

 

17%  dan  ko„p  bo„lmasligi  lozim.  Bezmolochniy  margarinda:  yog„  82,5%  dan 



kam va namligi  16,5% dan ko„p bo„lmasligi zarur.  

Margarinlarda  xom  ashyo  sifatiga,  ishlab  chiqarish  texnologiyasiga  va 

saqlash  sharoitlariga  bog„liq  bo„lgan  nuqsonlar  uchraydi.  shuningdek,  ta‟m, 

konsistentsiya,  joylash  va  boshqalarga  oid  nuqsonlari  ham  bo„ladi.  Ta‟mda 

uchraydigan  nuqsonlarga:  yaqqol  bo„lmagan  achqimtir,  taxir,  aniq  o„simlik 

moyining  ta‟mi,  begona  ta‟m,  stearin  ta‟mi  kiradi.  Konsistentsiyasidagi 

nuqsonlarga:  g„ayri  tabiiylik,  uvalanuvchanlik,  yumshoqlik,  qattiqlik,  suv 

tomchilarining  ajralib  turishi  va  boshqalar  kiradi.  Kesib  ko„rilganda  ola-bulalik, 

massaning  marmarsimonligi  -  margaringa  mashinalarda  bir  tekis  mexanikaviy 

ishlov berilmaganligining  natijasidir.   




Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   416




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish