O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


Minerallarning nur qaytarish qobiliyati (%)



Download 0,69 Mb.
bet12/24
Sana01.01.2022
Hajmi0,69 Mb.
#294391
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
2 5420108973611159489

Minerallarning nur qaytarish qobiliyati (%)

2-jadval



Mineral

Mineral formulasi

Minerallarning nur qaytarish qobiliyati (%)

1

AZURIT

2CuCO3·Cu(OH)2

7–9 %

2

ANTIMONIT

Sb2S3

58 % dan 37 % gacha

3

ARSENOPIRIT

FeAsS

50 % dan 54 % gacha

4

Auripigment

As2S3

32–18 %

5

BORNIT

Cu5FeS4

17 % dan 29 % gacha

6

VISMUTIN

Bi2S3

50 % dan 36 % gacha

7

VOLFRAMIT

(Fe,Mn)WO4

18–19 %

8

GALENIT

PbS

43 % dan 49 % gacha

9

GEMATIT

Fe2O3

26 % dan 32 % gacha

10

GETIT

FeO(OH)

16 % dan 24 % gacha

11

GRAFIT

C

20 % dan 23 % gacha

12

ILMENIT

FeO·TiO2 yoki FeTiO3

19 % dan 20 % gacha

13

KASSITERIT

SnO2

12 % dan 13 % gacha

14

KINOVAR

HgS

28 % dan 31 % gacha

15

KOBALTIN

CoAsS

47 % dan 55 % gacha

16

KOVELLIN

CuS

21 % dan 30 % gacha

17

KUPRIT

Cu2O

23 % dan 31 % gacha

18

MAGNETIT

Fe3O4

20 %

19

PIRIT

FeS2

44 % dan 56 % gacha

20

SFALERIT

(Zn, Fe)S

17 % dan 18 % gacha

21

XALKOPIRIT

CuFeS2

30 % dan 48 % gacha

Minerallar kuchli yorug‘lik nurlarida ochroq rangda ko‘rinadi. Shuning uchun minerallar rangini aniqlashda bir xil kuchdagi yorug‘lik manbalardan va bir xil rang filtrlaridan foydalanish kerak.

Minerallarning rangini nisbatan aniqlash uni o‘rab turgan minerallarning rangiga ham bog‘liq. Masalan, xalkopirit yonida pirit va galenit bo‘lsa yorqin-sariq rangda, agar yonida sof tug‘ma mis bo‘lsa – yashilroq tusda ko‘rinadi. Tennantit esa, sfalerit va tomirsimon minerallar fonida oq rangli, galenit yonida kulrang bo‘lib ko‘rinadi.

Ma’dan minerallarining rangini qaytgan nurlarda aniqlash jarayonida subyektivlik elementlarini bartaraf etish uchun tekshirilayotgan minerallarning rangini quyidagi mineral-etalonlar bilan solishtirish zarur.

Bu minerallarni kuzatish natijasida ko‘zni mashq qildirib, etalon ranglarni boshqa minerallar ranglari bilan solishtirishga o‘tish mumkin.

Qo‘shqaytarish xususiyatiga ega bo‘lgan anizotrop minerallarda Re va Ro kesim yo‘nalishlaridagi ranglari turlicha bo‘lishi mumkin. Bunday minerallar rangli qo‘shqaytarish xususiyatiga ega bo‘ladi. J.Orsel bu hodisani qaytarish pleoxroizmi deb atagan (valleriit Re bo‘yicha sariq, Ro bo‘yicha binafsharang; umangit Re bo‘yicha qizil, Ro bo‘yicha ko‘k; kovellin Re bo‘yicha havorang, Ro bo‘yicha ko‘k rangli).

Odatda ichki reflekslar qiyshiq nurda aniqlanadi. Buning uchun opak-illyuminator teshigi karton bilan yopiladi va sayqallangan shlifga elektr lampa orqali yon tomondan nur yuboriladi. Agarda opak-illyuminator prizmasi oyna bilan almashtirilsa refleks yanada tiniq bo‘ladi. Ichki refleksni kuzatish odatda 9x(№3) obyektivda bajariladi. Buning uchun nur kuchli bo‘lishi kerak. Agar opak-illyuminatorga mahkamlangan yoritgichlar bilan ishlanadigan bo‘lsa, undan lampa sug‘urib, shkivning sayqallangan yuzasi yoritilishi kerak.

Nazorat savollari:

1. Ichki reflekslar nima va u qanday kuzatiladi?

2. Shaffof emas minerallarda ichki reflekslar uchraydimi?

3. Ranglar qaysi minerallarga taqqoslanadi va u qanday bajariladi?



6 - LABORATORIYA ISHI

SILLIQLANGAN SHLIFLARDA MA’DAN MINERALLARNING QATTIQLIGINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Ma’danli minerallarning fizik xususiyatlarini, ya’ni qattiqligi va magnitliligini aniqlash.

Nazariy asoslar:

1. Silliqlangan shliflarda minerallarning qattiqligini aniqlash.

2. Minerallarning magnitlilik xususiyatlarini aniqlash.

3. Ma’danli minerallarning elektr xususiyatlari.

4. Radioaktiv minerallarni tashhislashda radiografik usullar.

Minerallarning qattiqligi. Qattiqlik – tashqi mexanik ta’sirga nisbatan ko‘rsatilayotgan qarshilik.

Minerallarning qattiqligi bu – murakkab xususiyat bo‘lib, kristallkimyoviy omillardan minerallarning kristallik strukturasi, valentligi, struktura elementlari orasidagi kimyoviy aloqa va boshqalar, hamda mexanik omillardan egiluvchanlik, qatlamlilik, mo‘rtlik, sirpanish element sistemalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Laboratoriya sharoitida anshliflardagi minerallarning qattiqligi mikroskop ostida qaytgan nurda quyidagi usullarda aniqlanadi.

1) ma’lum kattalikdagi ignalar yordamida minerallarning silliqlangan yuzasiga chizish orqali;

2) silliqlangan anshlifdagi minerallar relefining xarakteri bo‘yicha:

3) shlifdagi minerallarning polirovka sifati bo‘yicha.

4) ikki qo‘shni mineral chegarasidagi yorug‘lik yo‘laklarining harakati bo‘yicha.

Hamma minerallar qattiqligi bo‘yicha 3 guruhga bo‘linadi: a) qattiqligi past minerallar, mis igna bilan chiziladi (kinovar , sfalerit); b) qattiqligi o‘rtacha minerallar, po‘lat igna bilan chiziladi (pirrotin, vol framit); v) qattiqligi yuqori minerallar, po‘lat igna bilan chizilmaydi (pirit, arsenopirit va boshqalar).

Minerallar qattiqligini aniqlash 4,7x obyektivda bajariladi, igna shlif yuzasiga 60-70° burchak ostida qo‘yiladi. Qattiqligi yuqori minerallar musbat relyefga ega bo‘lib, xuddi bo‘rtib turgandek bo‘ladi. O‘rta va past qattiqlikka ega minerallar manfiy relyefga xos bo‘lib, botiq holda ko‘rinadi. Minerallar silliqlanish (polirovka qilish) qobiliyati bilan ham, bir biridan farq qiladi, ya’ni silliqlangan shlif yuzasi o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi, bu ham ular uchun qo‘shimcha tashxislash belgilari hisoblanadi.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish