Minerallarning elektrik xususiyatlari. Minerallarniig elektrik xususiyatlariga solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik yoki solishtirma qarshilik va termoelektroharakatlantiruvchi kuch TEHK (TEDS) kiradi. Ma’danli minerallarniig, ayniqsa yarim o‘tkazgich xususiyatiga ega bo‘lganlari uchun elektrik xususiyatlar tipomorf xususiyat hisoblanadi. Bularga sulfidlar, sulfotuzlar, arsenidlar, ba’zi oksidlar (66 mineral xillari mavjud) kiradi. Bu minerallarniig elektr o‘tkazuvchanligi 104–108 om.m va ular izomorf qo‘shimchalardan tashkil topgan. Mineralogik izlanishlar jarayonidagi TEHK o‘lchashda elektrodga nisbatan o‘lchash usulidan foydlanib, ular orasiga namuna joylashtiriladi. Harorat farqi (gradient) elektrodlardan birini isitish yordamida tashkil qilinadi. Kontaktlar harorati elektrodlarga ularning oxiridan bir necha mm masofada mahkamlangan termoparalar yordamida o‘lchanadi. TEHK koeffitsientini o‘lchash uchun turli konstruktsiyalar bor.
Donalarning eng kichik o‘lchami 0,6–0,5mm. Bu koeffitsient qiymatiga darzliklar, tomirchalar va tok o‘tkazmaydigan minerallarniig hamrohligi, anizotropiya va boshqalar ta’sir ko‘rsatmaydi. Faqat yaxshi silliqlangan yuza ko‘rsatkichga yetarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Solishtirma elektr qarshilikni o‘zgaruvchan tokning past chastotasida to‘rt elektrodli usul yordamida aniqlash mumkin. Zanjirdagi tok kuchi milliampermetrlarda, elektrodlar orasidagi kuchlanishlar mikrovoltmetrlarda o‘lchanadi. Elektrodlar sifatida to‘rtta po‘lat igna anshlif yuzasiga mahkamlanganidan so‘ng foydalanish mumkin. Donalarning eng kichik o‘lchami 0,5 mm., o‘lchash oralig‘i 1,1¹10-5 dan 1,1¹103 OM¹sm gacha. Solishtirma qarshilik kattaligiga minerallarning tarkibi va strukturasining har xilligi, anizotropiya, zonalligi, darzliklar va boshqalar ta’sir qiladi.
Elektrik xususiyatlarni o‘rganish natijasida konlardagi minerallarning generatsiyalarini ajratish, ba’zida alohida donalar va ularning agregatlaridagi qo‘shimchalarning taqsimlanishi to‘g‘risida, ya’ni paydo bo‘lish (genezis) sharoitlarini aniqlash vazifalarini hal qilish mumkin.
Radiografik usullar (makro va mikro). Bu usullar radioaktiv minerallar ma’danlarini tashxislashda va teksturaviy-strukturaviy xususityalarini o‘rganishda juda muhim rol o‘ynaydi. Laboratoriya sharoitida radiografiya olish uchun qorong‘i joyda anshliflar silliqlangan tomoni bilan rentgen plenkasiga joylashtiriladi, konturlari chiziladi, tartib soni qo‘yiladi va nur o‘tkazmaydigan joyga olib qo‘yiladi (qancha ushlab turish mineralga bog‘liq, tajriba yo‘li tanlab olinadi, bu bir necha soatdan bir necha sutkagacha cho‘zilishi mumkin). Keyin anshlif olib qo‘yiladi (qorong‘i joyda), plenkaga ishlov beriladi – radiografiya paydo bo‘ladi.
Mikroradiografik usul yordamida miqdoriy va sifatli tashxisni olish va tog‘ jinslaridagi, shaffof va silliqlangan shliflardagi mayda mineral donachalaridagi radioaktivlikning tabiatini aniqlash mumkin. Mikroradiografiyada zarrachalarning qalin emulsion qatlamlardagi harakat izlarini namoyon qiladi. Izlar shtrix-trek ko‘rinishiga ega bo‘lib, turli quyuqlikda bo‘ladi. Toriyning zarralarining o‘tish uzunligi ±50 mkm, kuzatuvlar mikroskop ostida 50–500x kattalashtirishda olib boriladi. zarralarning quyuq izlari ma’lum minerallarda, turli quyuqlashgan uchastkalar taqsimlanishida, shakl va o‘lchamlarda uchraydi. Miqdoriy o‘rganishda zarrachalar izlarining miqdori radiografiya maydoni ma’lum yuzasi miqdoriga va mineraldagi elementlar konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsional. Ekspozitsiya vaqti ma’lum hisob maydonidagi zarrachalar izlarining miqdori hisoblanadi.
Radioaktiv elementlar miqdori (A) ni hisoblash:
A=EN/ESTg
N – izlar soni, S – hisob yuzasi, T – tajriba vaqti, g – 46–48 zarracha/mm2, A–plenka uchun I – 1% dan olingan.
Minerallarning radioaktivlik tabiatini aniqlash mumkin. Uran va toriy zarrachalari harakat uzunligi turlicha. Toriy uchun (ThS) eng uzun harakat, havodagi. nurlari 8,57 sm. Uran qatoriniki – 6,9sm (emulsiyadagi harakat uzunligi ancha qisqa – 1sm.6mkm to‘g‘ri keladi). Mikroradiografiyadagi harakat izlari uran qatori uchun 42 mkm dan katta emas, hamma izlar toriy qatoriga mos ravishda cho‘ziladi. Aralashmalarda turli uzunlikdagi izlar kuzatiladi. O‘lchovlar okulyar-mikrometr yordamida olib boriladi, izlar miqdori ham shunday o‘lchanadi. Izlar soni uzunligi bilan 34,8 dan to 42 mkm – p2 kattalik, 42 mkm katta uzunlik – n1; uran toriy nisbati
STh/SU = 3,4/n2/n1-0,8 =K
K=0,1-0,4 – uranga taalluqli radioaktiv tabiat. K=0,4-1,0 – aralash. K=1 – toriyga tegishli.
Do'stlaringiz bilan baham: |