O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
O‘quv rejasidagi fanning
ro‘yxat raqami
№_______________________
“____”_____________2015
|
«Tasdiqlayman»
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
M.M.Karimov
_______________________
«____» ___________ 2015 y.
|
GEOLOGIYA VA KONCHILIK ISHI FAKULTETI
«Foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari»
Kafedrasi
T.B. Ishbobayev, ////////////////
“Ma’danlarni tadqiq qilish usullari”
fanidan laboratoriya mashg’ulotlarni bajarish uchun
USLUBIY QO’LLANMA
TOSHKENT – 2015
Ma’danlarni tahlil qilish usullari fanidan laboratoriya ishlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. (Ishbobayev T.B); Toshkent, ToshDTU, 2015.
Ushbu uslubiy qo‘llanma 5311700 – « Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (Qattiq foydali qazilmalar)» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada laboratoriya ishlarini bajarish uchun zarur nazariy asoslar, ishlarni bajarish tartibi va nazorat uchun savollar keltirilgan. Laboratoriya ishlarini o‘tkazish davomida asosiy e’tibor o‘rganiladigan ma’dan minerallarining diagnostik xususiyatlari, ularni aniqlash uslullari va ma’danlarda keng tarqalgan minerallarning asosiy diagnostik belgilari (fizik va kimyoviy xususiyatlari, uchraydigan shakllari va ma’danlardagi asosiy mineral paragenezislari) kabi masalalarga qaratilgan. Mashg‘ulotlarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
Uslubiy uslubiy qo‘llanma “Foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari” kafedrasi majlisida (2015 yil “27” avgust №1-son bayonnoma) muhokama etildi va fakultetning o‘quv-uslubiy kengashiga tavsiya etildi.
Kafedra mudiri ________ g.m.f.n., dots. A.A. Abduraxmonov
Uslubiy qo‘llanma Geologiya va konchimlik ishi fakultetining o‘quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqildi (2015 yil “29” avgust 1-sonli bayonnoma) va universitetning Ilmiy-uslubiy kengashiga tasdiqlashga topshirildi.
O‘quv-uslubiy kengash raisi _______ dots.Sayyidqosimov S.S.
O‘quv-uslubiy qo’llanma Toshkent davlat texnika universiteti Ilmiy-uslubiy kengashida ko’rib chiqildi va o’quv jarayonida qo’llanishga tavsiya etildi.
Bayonnoma № ____ “___”__________2015 y
Ilmiy-uslubiy kengash kotibi ____________N.M. Mambetov
Taqrizchilar:
1. N.M. Haqberdiyev –MRI bo’lim boshlig’i
2. R. Yusupov “Gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi
va razvedka ishlarining geofizik usullari” kafedrasi dotsenti, g-m.f.n.
KIRISH
Fanni o‘qitishdan maqsad «Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (Qattiq foydali qazilmalar)» ta’lim yo‘nalishi talabalariga hozirgi zamon ma’dan tahlil qilish usullarining nazariy va amaliy ahamiyati haqida tushuncha berishdir.
Fanni o‘qitishda asosiy e’tibor ma’danlarni qaytgan nurda mikroskop ostida o‘rganishga, ya’ni mineragrafiyaga qaratiladi. Mineragrafiya ma’danlarning moddiy tarkibini o‘rganish usuli sifatida, turli genetik turlarga mansub bo‘lgan foydali qazilma konlarini o‘rganishda keng qo‘llanadi. Mineragrafik usul ma’danlar tarkibidagi minerallarning paragenetik assotsiatsiyalarini, ma’dan strukturalarini va teksturalarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Bu fan «Foydali qazilma konlarining genetik va sanoatbop turlari» kursining uzviy davomi sifatida mineralogiya, kristallografiya va geoximiya bo‘yicha olingan bilimlarga tayanadi. Bu kursni o‘qib tugatgach, talabalar quyidagilarga qodir bo‘lishlari kerak:
– silliqlangan shliflar bilan mikroskop yordamida ma’dan hosil qiluvchi minerallarni aniqlash va ularni ta’riflashni bilish;
– ma’dan mikroskopida kuzatiladigan fizik jarayonlarni tushunish va oqilona tushuntirib berish;
– ma’danlarning strukturalari va teksturalarini to‘g‘ri ta’riflash va genetik xulosa chiqarish;
– kon bo‘yicha minerallar hosil bo‘lish jarayonining etap va bosqichlarini aniqlash, paragenetik diagramma tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |