O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet75/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Xalqaro ziddiyatlar

Turkiya tashqi siyosatidagi muammolarhaqida so ’amiz. Xalqaro miqyosda, yuqorida aytib o‘tganimizdek, Turkiya geografik jihatdan bir nechta geopolitik tuzilmalar orasida joylashgan bo‘lib, bu joylashuv avvalo uning iqtisodiy rivojlanishida asosiy ustun bo‘lsa, boshqa tomondan xalqaro maydonda bu joylashuv Turkiyaning doimiy ravishda siyosiy muhokamalarga duch kelishiga sabab bo‘lgan. Chunki u ko‘pincha turli geopolitik tuzilmalarnig uchrashuv joyiga aylanib qoladi. Bunday holda to‘g‘ri tanlovning o‘zini topish qiyin, faqat kamroq zarar keltiradigan tanlovni amalga oshirish mumkin. Janubda Arab dunyosi, Shimolda Rossiya, G‘arbda Yevropa Ittifoqi Sharqda Eron va O‘rta Osiyo – ikkilanmasdan aytish mumkinki, Turkiyaning geografik joylashuvi ayni paytda uning tashqi siyosati murakkablashishiga sababdir.

Ko‘pchilik mutaxassislar Turkiyaga tashqi siyosat nuqtai nazaridan beqaror mamlakat deya qaraladi. Bir hisobdan, tarixan bu to‘g‘ri tashxis, lekin masalaga yaqinroqdan nazar tashlansa, tashqi siysatdagi o‘zgaruvchanlik Turkiya tomonidan xohlab qilinganini emas, balki xalqaro maydondagi o‘zgarishlar Turkiya tashqi siyosatidagi pozitsiyalar tez-tez yangilanishiga sabab bo‘lganini ko‘rish mumkin.  1952-yilda Turkiyaning NATOga a’zo bo‘lishi uni G‘arbga intilayotgan mamlakat sifatida ko‘rsatishi mumkin, lekin o‘sha davrdagi dunyodagi ikki qutbli ideologik siyosiy lager nazarga olinsa, Turkiya oldida boshqa tanlov yo‘q edi. Turkiyaning G‘arb mamlakati emasligi dastlab 1991-yilda Sovet Ittifoqining parchalanishi bilan, Turkiyaga nisbatan G‘arbda teng huquqli sherik sifatida emas, balki NATOga Sovet Ittifoqiga qarshi kurashish uchun qabul qilingan “begona” mamlakat yoki taktik sherik sifatida qarash boshlanishi bilan, so‘ngra esa Yevropa Ittifoqiga a’zolikning rad qilinishi bilan ko‘rinib qoldi.

Ayni paytda Turkiyaning Arab dunyosida ham qiladigan ishi qolmaganligi Arab bahori va undan so‘ngi Musulmon Birodarlarining siyosiy mag‘lubiyati bilan ko‘rsatib berildi. Tarixiy jihatdan Usmoniylar Imperiyasining hududini tashkil qilgan bugungi Arab mamlakatlarining deyarli barchasida Turkiyaga yo dushman yoki raqobatchi ko‘zi bilan qaraydigan hukumatlar o‘rnashib oldi. Suriyadagi fuqarolar urushi va undagi Turkiya strategiyasining boshi berk ko‘chaga kirib qolishi uning Arab dunyosi bilan ham siyosiy va ham geografik jihatdan uzilib qolishiga olib keldi.

Eron va Rossiya o‘ziga yarasha geopolitik tuzilmalar bo‘lganligi tufayli va Kavkazda joylashgan Armaniston, Rossiya va Eronning kuchli ta’siri bu hududda ham Turkiyaning kelajakdan ko‘p umid qilmasligini ko‘rsatadi. Garchi O‘rta Osiyoda xalqlar kelib chiqishlariga ko‘ra o‘zlarini turkiy xalqlar sanasada, siyosiy jihatdan bu mamlakatlar Turkiyadan tubdan farq qiladi.

Yevropa Ittifoqi va Turkiya munosabatlari haqida saytlarda maqolalar ko‘p. Turkiyaning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi uzoq tarixga ega. 1987-yildayoq Turkiya Yevropa Ittifoqining oldingi ko‘rinishi bo‘lgan Yevropa Hamjamiyatiga kirish uchun o‘z kandidatini ko‘rsatgan. Ikki tomon o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar juda ham muhim bo‘lib, masalan 2012-yilda Turkiyaga chetdan keladigan investitsiyalarning 75% Yevropa Ittifoqidan kirib kelgan va Turkiyaning 40% eksporti Yevropa Ittifoqiga qaratilgan. Iqtisodiy va tarixiy yaqinlikdan tashqari Turkiya YIga eng ko‘p sonli immigrantlarni jo‘natadigan mamlakatlaridan biri hisoblanadi, bugungi kunda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 3 milliondan ortiq Turkiya fuqarolari istiqomat qiladi, shulardan faqat 1,6 millioni Germaniyadadir. Hozirgi kunga kelib Turkiyaning Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirish masalasi deyarli kun tartibidan olib tashlangan, bunga bir qancha sabablar mavjud. Turkiyadagi shaxsiy va matbuot erkinliklariga davlat tomonidan xavf solinayotgani, Arman genotsidini Turk hukumati tomonidan tan olinmasligi va Yevropa Ittifoqini hozircha o‘z hududlarini kengaytirmaslikka qaror qilgani Turkiyani YIga qo‘shilishiga to‘sqinlik qilyapti. Turkiya Yevropa Ittifoqiga hozircha qo‘shila olmasligini tushunib yetgandan so‘ng, uning Ittifoqga qarshi reaksiyasi keskin bo‘ldi. Mamlakatda Yevropa Ittifoqi qadriyatlariga qarshi o‘laroq diniy va milliy qadriyatlarni kuchaytirishga e'tibor berildi. Shu davrgacha kamolistlar tomonidan qora satrlar bilan bitilgan Usmoniylar imperiyasi tarixi va uni islom dunyosi peshvoligi bo‘lganligi haqidagi nutqlar hatto yuqori siyosiy doiralarga ham kirib keldi. Bundan tashqari, Turkiya Yevropa Ittifoqidan uzoqlashgan holda Rossiya va sanksiyalar ostidagi bo‘lgan Eron bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirgan edi. Suriyadagi inqirozda IShIDning kuchayishi va unga qarshi kurashayotgan eng muhim kuchlardan biri Kurdlarning G‘arbliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi G‘arb va Turkiya munosabatlarini uzil-kesil sovushiga olib keldi.

Rossiyaning Suriyaga kirib kelishi va Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Suriya turkmanlari ustiga bomba tashlanishi Turkiyani Rossiyaga bu hudud unga tegishli ekanligini bildirib qo‘yishiga olib keldi. Bu ishora Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirish orqali bildirildi. Bundan tashqari, Parijdagi 13-noyabrdagi terroristik hujumlardan so‘ng, Yevropa Ittifoqi asta-sekinlik bilan Rossiya bilan Suriya inqiroziga yechim topish uchun yaqinlasha boshlagan edi. Su-24 samolyotini urib tushirish orqali Turkiya o‘zi a'zo bo‘lgan NATO ittifoqi va Rossiya o‘rtasida mojaro chiqarish orqali bu yaqinlashishni to‘xtatishni rejalashtirgan edi. Lekin NATOning bu voqeaga nisbatan reaksiyasi Turklar kutgan natijani bermadi, garchi rasmiy jihatdan NATO Turkiyani yonining olgan bo‘lsada, norasmiy tomondan u Turkiya uchun Rossiya bilan to‘qnashuvga kirishmasligini bildirib qo‘ydi. Ushbu voqea Turkiya uchun yana bir bor uning G‘arb mamlakatlari bilan munosabati va NATOga a’zoligi faqatgina uning tarixiy va geografik jihatdan sobiq Sovet Ittifoqiga munosabatining mahsuli ekanini bildirib qo‘ydi.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish