O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet78/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

So‘ng so‘z o‘rnida

Yangi XXI asrning ilk yillarida mamlakat siyosiy hayotida kutilmagan o‘zgarishlar yuz berdi: 2002-yildagi umumxalq saylovlari natijasida liberal islomiy partiya – Adolat va Taraqqiyot partiyasi mamlakat tepasiga keldi. Saylovlarda 34,2% ovoz olgan ushbu partiya hukumatni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Undan oldingi hukumat tarkibiga kirgan barcha partiyalar hukumatni shakllantirishdan chetda qoldi. Birgina JXP umumiy mandatning 10%lik to‘sig‘idan o‘ta olganligi va umumiy saylovning 19,3%ini to‘play olganligi sababli parlamentda muholifatni yuzaga keltirdi. Shunda ham uning o‘rni majlisda sezilarli bo‘lmadi. Aholining bir qismi Turkiyada hokimiyat tepasidagi partiya o‘zining islomiy asoslari bilan ko‘p yillik Mustafo Kamol Otaturkning Turkiya Respublikasiga tamal toshi qo‘ygan dunyoviylik (lâiklik) tamoyillariga daxldor bo‘lish yoki bo‘lmasligi masalasiga qiziqmoqda.
XULOSA
Turkiyaning XX asrda rivojlanish tarixi tahlil qilinar ekan, uning Usmoniylar imperiyasi qulagach va mustamlaka va harbiy yurishlardan so‘ng yangi turk hukumati, siyosiy elita davlat mustaqilligi va mustahkamligini saqlashda o‘zida kuch topa olganini ta’kidlash joiz. Shu qatorda XIX asrda usmoniylarning yevropalashishi o‘rnini yangi turk hukumatining modernizatsiyalshuvi jarayoni egalladi. Dunyoviylik va millatchilik mafkurasi usmoniylik, shariat va g‘azovot o‘rnini egalladi. Mustafo Kamol Otaturk va uning tarafdorlari turk jamiyatini modernizatsiya qilishdek yuksak tarixiy vazifani bajarishga kirishdilar. O‘tgan salkam bir asr davomida rivojlanish bosqichindan o‘tdilar. Ayniqsa, ilk davrlarda inqilobiy qadamlar mamlakatning dunyoviyligi va iqtisodiyoti hamda sanoatining to‘g‘ri yo‘lga tushib olishini ta’minlab berdi. Jamiyatning qadriyatlarini dunyoviylashishi muvaffaqiyatli olib borilgan bo‘lsada, bu jarayonlarning millatchilik va panturkizmga og‘ish ruhida kechganligini aytish mumkin.

Ushbu kitobda Turkiyaning ichki va tashqi siyosatiga baho berishga harakat qilindi. Tashqi siyosatning aspektlariga baho berishda imkon boricha sobiq SSSR tarqalgandan keyin Rossiya va Turkiya munosabatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu munosabatlarning harakatlantiruvchi kuch faqat iqtisod emas, siyosat va mafkura ham edi. Kitobda 1990-yillarda Turkiya va Kavkaz, Turkiya va Rossiyadagi turkiy xalqlar kabi muhim masalalarga e’tibor qaratildi.

1930-yillarda olib borilgan etatizm (davlatchilik) islohatlari davlatga katta sanoat korxonalarini tuzishga imkon berdi. 1980-yillarda T.O‘zal tomonidan olib borilgan islohatlar natijasida Turkiya dunyoga o‘z eshiklarini ochib berdi. Sanoat sihlab chiqarishda, infrastruktura va bank-kredit sohasida davlat monopoliyasi bekor qilindi, mamlakat ichki, tashqi savdo va qurilish sohasida xususiy tadbirkorlikka katta e’tibor berdi. Ayni vaqtda og‘ir sanoat, oziq-ovqat va ijtimoiy infrastruktura, mudofaa sanoati, texnologiyalar rivojlandi.

XXI asr boshlarida mamlakat Yevroosiyoning industrial-agrar qudratga ega bo‘ldi. Turkiya aholisi 70 mln.ga yetdi. Aholi jon boshiga YaIM 3 ming dollarga yetdi. Yevropa va Osiyoni bog‘lab turuvchi iqtisodiyot va savdo-transport o‘z rolini qoyilmaqom bajara boshladi.



Turkiya anchadan beri Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga da’vogarlik qiladi. Unga to‘sqinlik qiluvchi omil – iqtisodiyotning modernizatsiyaga muhtojligi, davlat va jamiyatning demokratlashuvidagi kamchiliklar hisoblanadi. Turk intelligentsiyasining bir qismi dunyoqarashining keskin millatchilik va islomiylikka moyilligi kuchli bo‘lib, mamlakatni modernizatsiya qilishga to‘siq bo‘lmoqda. Millatchilik turk elitasining deyarli sakson yillar oldin g‘arbliklarga o‘zini ko‘rsatish va mustaqillikni mustahkamlashda yordam bergan. Milly manfaatlar doirasida yuqoridagi mafkurani jangovarlik ruhida millatni saqlab qolish uchun hozirda agressiv vaziyatda bu mafkuradan foydalanishning nafi yo‘q. Chunki sovuq urush allaqachon nihoyasiga yetgan.

Turk jamiyati nufuzli qatlamning 1990-yillarning oxirida madaniy hayotida siyosiy islomga nisbatan yaqinlashuv saqlanib qoldi. Bundan asosiy maqsad Turkiyada mavjud dunyoviy huquqiy asosni shariat tuzumiga o‘zgartirishga intilish edi.




Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish