O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet72/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Islom va dunyoviy boshqaruv

Turkiyada 1995-yil dekabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so’ng majlisda katta bo‘lmasada farq bilan «Farog’at» partiyasi islomiy partiyaning ustunligini ta’minladi. U Majlisdagi 550 o‘rindan 158 tasiga ega bo‘ldi, undan keyin To‘g‘ri Yo‘l Partiyasi (TYP) – 135 o‘rin, uchinchi o‘rinni esa Masud Yilmaz boshchiligidagi Ona Vatan partiyasi (132 o‘rin) egalladi. Ushbu ilg‘or partiyalardan keyin esa ikki so‘l markaziy partiya – B.Ejevit boshchiligidagi Demokratik so‘l partiya (DSP) (76 o‘rin) va D.Baykalning Respublika Xalq partiyasi (49 o‘rin) bo‘ldi. Qolgan partiyalar, jumladan, A.Turkesh boshchiligidagi millatchi partiya o‘n foizli chegaradan o‘ta olmadi va majlisga kirmadi. «Farog’at» partiyasining g‘alabasi mamlakatning butun dunyoviy qatlami – harbiylar va fuqarolarni oyoqqa turg‘izdi. 1996 –yil davomida Turkiyada shariat rejimining tiklanishi haqida turli xavotirli gaplar tarqaldi. Shu bilan birga, ko‘plab mualliflar Otaturk tomonidan joriy qilingan G‘arbga – Yevropaga yo‘l bugungi kundagi inson huquqlari borasidagi cheklovlar, siyosiy tus olish xavfi sabab diniy faoliyatni cheklash bilan mos kelmasligini ta’kidlashgan.

Turkiyada “yengil islom” qabul qilinishi haqida fikrlar tarqaldi. Uning g‘oyasi AQSh tomonidan qo‘llab quvvatlanib, nafaqat Turkiya, balki musulmon dunyosining boshqa davlatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda joriy qilinishi lozimligi aytilgandi. Ikki ilg‘or mamlakatning Farog’at partiyasi (FP) ga saylov oldidagi va keyingi munosabatini baholab, xulosa qilish mumkinki, ular nafaqat dunyoviy prinsiplarni shariat rejimining xavfidan himoya qilishga intilganlar, balki xavfli siyosiy raqiblarini kuchsizlantirishga intilganlar. Biroq shu narsa aniqki, Turkiya saylovchilarining beshinchi qismini «Farog’at» partiyasiga ovoz berishga faqat diniy sabablar undamagan. Ularning muvaffaqiyatini avvalambor, ijtimoiy adolat, “xo‘rlanganlar va tahqirlanganlar”ni himoya qilish shiorlari ta’minladi. Jamiyatning kambag‘al qatlamini To‘g‘ri yo‘l partiyasi (TYP) ham, Onavatan partiyasi (OVP) ham, raqiblari ta’kidlaganidek, korrupsiya, o‘zaro befoyda nifoqlarga o‘ralashib qolib, unutib qo‘ydilar. Turk sotsiologlari mamlakatning eng kambag‘al qatlami hayotining quyidagi yashash shaoitlarini keltirdilar: kambag‘allik chegarasida qolgan oilalarning umumiy ulushi 1994-yilda 48 %ga yetdi, jumladan, 23% oilalar aholining eng kambag‘al qatlamini tashkil qilgan. “Dunya” gazetasining sharhlovchisi M.Melen saylovlardan keyin shunday yozgan: “Siyosiy urush hech qanday foyda keltirmadi, faqat inflyatsiya va o‘g‘rilikka olib keldi. Xalq bularni ko‘rib turibdi va masjiddan boshqa hech qanday umidi qolmadi”.

«Farog’at» partiyasi saylovdagi o‘z muvaffaqiyatini tezda amalga oshira olmadi, chunki armiya va FP bilan nizo yanada o‘tkirlashdi va OAVda keng muhokama mavzusiga aylandi. Yilmaz – Chillerning yuzaga kelgan dunyoviy koalitsiyasi uzoq vaqt davom etmadi, biroq uning davrida harbiylar Isroil bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolashga erishdilar. Bu 23-fevralda Tel-Avivda maxfiy tarzda yuz berdi. Turklarning vakili sifatida Turkiya Genshtabi rahbari o‘rinbosari Chevik Bir, Isroil vakili sifatida esa Isroil Mudofaa vazirliklari rahbarlari qatnashdilar. Kelishuv tarixda birinchi marta ikki mamlakatga nisbatan hamkorlikdagi harbiy o‘quvlar, manevrlar o‘tkazish, chegaraviy elektron razvedka dasturini amalga oshirishda davlat harbiy kuchlarining o‘zaro birlashuvini nazarda tutgandi. Turk-Isroil birlashuvi haqida turk jurnalisti Birandning yozishicha, Turkiya uchun bu arab mamlakatlari bilan, jumladan Misr bilan munosabatlarning yomonlashuvini anglatardi.

Ikki dunyoviy partiya orasidagi partiyalararo va shaxsiy nizolar tugamadi va koalitsiya 1996-yilda parchalandi. Undan so‘ng N. Erboqon T.Chiller bilan yangi koalitsiya haqida kelishuvga erishdi, TYP va FP o‘rtasidagi kelishuv vazir lavozimida bir partiya bilan boshqa partiya rahbarlari navbat bilan almashinib turishlarini nazarda tutardi. Koalitsion hukumatni birinchi bo‘lib Erboqon boshqardi. U boshlangan 7-besh yillik doirasida (1996-2000) taklif qilinuvchi “kapital omonatlari manbalarini aniqlash bo‘yicha paketlarni aniqlash” tizimi orqali iqtisodni sog‘lomlashtirish dasturini qabul qildi. 1997-yilning boshiga kelib hukumat 4 ta shunday paketni taklif qildi, ularning barchasi iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishning asosiy quroli sifatida xususiylashtirishni tezlashtirish, ushbu jarayonga davlat yer maydonlari, GEOga tegishli binolarni keng jalb qilishni nazarda tutilar edi. 1996-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatda iqtisodiy o‘sish 8%ni, inflyatsiya darajasi 80%ni tashkil qildi. 1990-1996-yil oralig‘ida tashqi qarz 49 mlrd. dollardan 76 mlrd. dollarga yetib, milliy daromadning 40%ini tashkil qildi. Energiya tashuvchilari, avvalambor, neft xom-ashyosi va neft mahsulotlari, tabiiy gaz importiga bog‘liq energetika iqtisodning eng zaif sohasi bo‘ldi.

Yangi hukumat 1997-yilda iqtisodiy o‘sish 8%ga o‘sishi, inflyatsiya esa 85%dan 60%ga pasayishi mumkin deb hisoblardi. Erboqon va Chiller koalitsiyasining tashqi siyosatida esa, Erboqonning majlisdagi muvaffaqiyati Turkiyaning nafaqat Saudiya Arabistoni vakilligidagi musulmon davlatlar, balki shialar Eroni bilan ham munosabatlarining yaxshilanishiga olib keldi. Shubhasiz, bunday qulay sharoitda turk dindorlari o‘zlarining madaniy faoliyatini nafaqat Turkiyada, balki Markaziy Osiyoda, Kavkazortida va Rossiyaning turk tilida so‘zlashuvchi hududlarida kengaytirishga intilganlar. Ushbu dunyoviy-islomiy koalitsiya uchun bosh vazir lavozimini egallagan Erboqon partiyasining Milliy yoyilish konsepsiyasi, ya’ni shariatga yanada ochiqroq chaqiriq qilish, uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mitinglar uyushtirishga intilishlari muhim va xarakterli edi. Harbiylar va dunyoviy qatlamning asosiy qarshi choralari tarixda “28-fevral choralari” nomi bilan qoldi (28-fevralda qabul qilingan «Farog’at» partiyasini dunyoviy rejimga qarshi dushman sifatida ta’qiqlash, uni hukumatdan chetlashtirish haqidagi qat’iy talablar).

1997-yil iyunda kuchaygan siyosiy inqiroz natijasida Erboqon-Chiller hukumati iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. 12-iyulda majlis navbatdagi – dunyoviy koalitsion hukumatning ta’sis etilganligini tasdiqladi. Erboqon tarafdorlarining ijtimoiy faolligi yana Germaniyaga ko‘chdi. Germaniyada istiqomat qiluvchi turk publitsisti shunday yozgan edi: “Germaniyadagi deyarli barcha diniy muassasalar turklar tomonidan tuzilgan… va kelajakda Germaniyada musulmonlikka qudratni faqat turklar beradi”. U shuningdek, agar ilgari turk xalqi islomga yaxshi munosabatda bo‘lsa, endi hamma narsa o‘zgarganligini alohida ta’kidlagan. Buning sabablaridan biri – ushbu din va islomdagi farzlar haqida tasavvur va bilimning yetishmasligidir. “Boshqa sabab – ba’zi musulmon guruhlarning german jamiyatiga dushmanona munosabatda bo‘lganligidir.

Nemis politsiyasining 1993-yilgi ma’lumotlariga qaraganda, kurd tarafdorlari soni 5 mingga yetgan. Turk millatchilari esa “bo’z bo‘rilar”ni hisobga olganda 5 ming, turli turk musulmon guruhlari – 17 mingni tashkil etgan. Turk manbalarida esa Germaniyadagi ko‘plab turk va aralash korxona birlashmalarining nomlari keltirilib, ularning Germaniya iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatini ta’kidlab o‘tganlar. Bir manbaga ko‘ra, Germaniyada 60 ming turk tadbirkori 350 ming nemis ishchisini ish bilan ta’minlagan.

Shuningdek, Turkiya OAVlarida turklarning Germaniyada malakali ishchilar sifatida kelib, hozirgi paytda biznesning ko‘plab sohalarida ish beruvchilar, kichik, o‘rta va yirik korxonalar egalariga aylangani ta’kidlangan. Ko‘plab turklar uchun Germaniya farovonlik va tinchlik manbaidir. Yevropadagi turk migrantlari ongini egallaganlar esa turli siyosiy yo‘nalishdagi birlashmalarda, masjidlar qoshidagi birlashmalar, “idealistlar” va “bo’z bo‘rilar”ning milliy “o‘choqlarida”, talabalar birlashmalarida va yirik shaharlardagi universitetlardagi guruhlarda faoldirlar.

1996-yil holatiga ko‘ra, Yevropada uyushmalar va masjidlarning soni 1994-yilning o‘zidayoq 59 taga yetgan, a’zolarning soni esa mahalliy bo‘limlarda 8 mingtaga oshib, 38128 kishini tashkil etgan. Yevropadagi turk diniy uyushmasining soni 128830 kishiga yetgan.

Ushbu firma va masjidlardan olinayotgan mablag‘lar Turkiya, Bosniya va boshqa joylarga borib tushardi, buni Erboqonning jiyani – Mehmed Sabri Erboqon boshqarardi. U tadbirkorlik ham qilar edi – oziq-ovqat firmalari 480 masjidda o’z bo‘limlariga ega edi. Har biri kuniga 20-30 ming AQSh dollari miqdorida aylanma mablag‘ga ega, ulardan soliqlar olinmasdi. “Milliy qarash”ning Yevropadagi faoliyatining ko‘lami haqida yanada qiziq ma’lumot “Jumhuriyat”da keltirilgan: Yevropaning 252 shahridagi lagerlar va maktablar asosan Germaniyada joylashgan bo‘lib, ularda 14 ming o‘quvchiga shariatdan dars berilgan. Ba’zi o‘quv markazlarida Qur’on va siyosiy islom o‘rgatilgan. 126 maktab Germaniyaning 29 yirik shahri – Kyoln, Gamburg, Myunxen, Shtutgart, Berlin va boshqa shaharlarida darslar olib borgan. Markazi Braunshveygda joylashgan bolib, u tashkilotning Germaniyadagi yirik vakolatxonasidir. O‘qituvchilardan biri yozgi kurslarda chop etilayotgan material muallifiga bu yerda din darslaridan tashqari siyosiy islom darslari ham o‘qilishini aytib o‘tgan.

Boshqa nufuzli uyushma – Fatxulloh Gulen jamiyatining e’tibori Markaziy-G‘arbiy Yevropa emas, Kavkazorti, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Rossiya Federatsiyasiga qaratilgandi. Ushbu jamiyat faoliyatining yaqqol isboti Gulenga tegishli “Zamon” gazetasidir. Uning Yevropadagi nashri “Avrupa-Zamon” 1990-yildan boshlab Frankfurtda 13 ming tiraj bilan 20 mamlakatda, jumladan, Germaniya, Gollandiya, Fransiya, Belgiya, Daniya va Shveysariyada tarqatilgan. 1998-yildan boshlab gazeta o‘zining xususiy tipografiyasida chiqarila boshladi. “Zamon” 1994-yildan boshlab AQShda, Nyu-Yorkda “Zamon-Amerika” haftaligi sifatida 3 ming nusxa tiraj bilan chiqarilib, Kanadada ham tarqatilgan.

Turklarning G‘arbiy Yevropaga migratsiyasi tadqiqotchilari Faruk Shen va Sedef Koray ikki turli madaniyat – islom va xristianlikning sivilizatsion kelishuvi chegarasi haqidagi murakkab mavzuga qo‘l urganlar. Ular 1993-yilda “turk, boshqacha aytganda, islom madaniyati Yevropada barcha sohalarda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. U yerda turk gazetalari, turk tilidagi kanallar, o‘quv markazlari, islom maktablari, sport uyushmalari, siyosiy tashkilotlar paydo bo‘ldi».

Bir qator Yevropa mamlakatlarida turk masjidlari politsiya nazorati ostiga tushib qoladi. 2000-yilda Gollandiyada “chaqmoq” operatsiyasi bo‘lib o‘tadi va uning doirasida mamlakatning turli shaharlarida uylarda tintuv o‘tkaziladi, 23 kishi (turk) qo‘lga olinadi. Qurol, qo‘l granatalari, giyohvandlik moddalari, katta miqdorda pul mablag’lari topiladi. Politsiya qo‘lga olingan odamlarning giyohvand moddalar savdosi, odam savdosida ayblanayotganini ma’lum qildi. Turkiya hukumati qoshidagi Diniy ishlar bo‘yicha boshqarma ham faol ish yuritdi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida 1200 masjid qurildi, tashkil qilingan Qur’on kurslarida 55 ming turk bolasi tahsil olardi. Ushbu boshqarma nazorat qiluvchi uyushmalar tikish-bichish kurslari, kompyuter kurslari, chet tillari va turk tilini o’qitish kurslarini tashkil qildi. Vakillar shifoxonalar, qamoqxonalar, yordamga muhtojlarning uylariga borar, qiyin ahvoldagi turk fuqarolariga ruhiy va psixologik yordam berar, ta’ziya marosimlarini o‘tkazar edilar.




Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish