Tuzuvchilar: s.f.n. N.A.Abdullayev
katta o‘qituvchi Z.M.Qodirov
kata o‘qituvchi X.X.Hamidov
Sh.Ikromov
Mas’ul muharrir: t.f.n. K.S.Azimov
Taqrizchilar: t.f.n. U.A.Abdullayev
t.f.d. S.B.Shodmonova
Texnik muharrir: M.M.Zarifov
Ushbu o‘quv qo‘llanma ToshDShI O‘quv-uslubiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan (№1 bayonnoma 29.08.2012).
© Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2017
KIRISh
Zamonaviy tarixshunoslikda Turkiya tarixini odatda eramizning XIII asrida, Usmon bekligi paydo bo‘lgan davrlarga bog‘lashadi. Bu beklik keyinchalik juda katta va kuchli imperiyaga aylangan edi. Bundan tashqari, turk tarixi hozirgi Turkiya yerlarida o‘sha paytlarda paydo bo‘lgan Suljuqiylar davlatining barpo etilishi paytida boshlangan degan fikrlar ham bor. Bu turkiy qabilalar Kichik Osiyo yerlarga VIII-X asrlar oralig‘ida ko‘chib o‘tgan vaqtiga ham to‘gri keladi. Turkiya tarixining etnomadaniy manbaalari chuqur tarixga borib taqaladi. Uning yerlari qadimiy qabilalar tomonidan zabt etilgan. Jumladan, xettlar, greklar, frigiyaliklar, lidiyaliklar, galatiyaliklar, armanlar, ossuriyaliklar bilan birgalikda boshqa qabilalarga mansub xalqlar ham shular jumlasidan bo‘lishgan. Rimliklar va forslar bu yerda quldorlik davlati tarkibiga kiruvchi o‘z mustamlakalarini barpo qilishgan. Uning hududida Kir, Aleksandr Makedonskiy, rimlik sezarlar va yunon-pravoslav Vizantiya – “ikkinchi Rim” imperiyalari o‘z hokimiyatini o‘rnatishgan.
Agar Turkiya davlatini Turkiya deb nom olishidan oldingi tarixiga nazar tashlab, Xett qirolligidan boshlab (m.a II asrdan) Vizantiyagacha gapiradigan bo‘lsak, bir necha tomlik kitob yozish mumkin. Ammo tarixni o‘rganuvchilarni tarixning eng muhim, ayniqsa etnik jihatlari bilan tanishtirish judayam muhim.
Bu tarix yo‘q joydan boshlanib qolmagan. Turklardan oldingi Anatoliya va Bolqon tumanlari - turk ahli paydo bo‘lgan joy aholisining yutuqlari ko‘chib kelgan turklar tomonidan uqib, o‘zlashtirib olingan. Bular ichida: qo‘shni dehqonchilik va shahar madaniyati, hunarmandchilik, shaharsozlik, memorchilik va san’atdan ham bir parcha bo‘lgan. Bu yerdagi Osiyodan kelgan turklar va mahalliy turklar, bir biridan farq qilishiga qaramasdan bir-biri bilan aralashib ketardi.
1930-1940 yillarga kelib esa, turklarning kelib chiqishi va qadimgi G‘arbiy Osiyo aholisi, xett va shumerlarni turkiyligi haqidagi taxminlar tabora ko‘payib borardi. Bu fikrga asos bo‘lmasada, bu bazi bir turk tarixshunoslarini bu fikrdan qaytishga unday olmayapti. Qadimiy turklarni qachon va qayerda shakllangani, kelib chiqishi, qanday, qachon va qaysi yo‘llar bilan ular Anatoliya va Bolqonga kelib qolishi ham qisqa tar’rifni talab qiladi. Shu sababdan Yevroosiyodagi ko‘chmanchi xalqlar rivojiga hissa qo‘shgan faktorlarni ham o‘rganish kerak, yohud shundagina bu mintaqaning etnik tarixi va ko‘chmanchilikning genezisidagi qadimiy turklarning o‘rnini bilib olish mumkin. Buni tagiga yetish ko‘p turk manbaalarini turklarning qadimgi dunyodagi marifatparvarlik hissasi haqidagi noaniq va xato fikr yuritishidan, turklarning rivojlanishi birinchilardan bo‘lganidan va skif, sak, sarmat va boshqa eroniy tilida gaplashadigan ko‘chmanchi turklardan kelib chiqqanligidan kelib chiqib ham juda zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |