Reja: O`zbekistonda ta`lim tizimi tarixiga bir nazar



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana10.01.2020
Hajmi0,53 Mb.
#33086
  1   2
Bog'liq
ozbekistonda talim tizimi


O`ZBEKISTONDA TA`LIM TIZIMI 

 

Reja: 

1. O`zbekistonda ta`lim tizimi tarixiga bir nazar 

2. O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim tizimi 

3. O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini rivojlantirishning o`ziga xos 

xususiyatlari 

4.  

O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi islohotlari. 

  O’zbekiston  Respublikasi  ta’lim  tizimi  tarixiga  nazar  tashlar  ekanmiz,  dastlab 

quyidaicha ta`lim tizimi joriy qilingan edi. 

Taʼlimning  oʻz  ichiga 

maktabgacha  ta'lim

umumiy  o'rta  va  o'rta  maxsus



kasb-


hunar

 taʼlimini  qamrab  oluvchi  yangi  uzluksiz  va  izchil  tizimi  barpo  etiladi. 

Oliy 

kasb-hunar



 taʼlimining 

bakalavrlar

 va 

magistrlar



 tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki 

bosqichli  tizimi  joriy  etiladi. 

Aspirantura

 va 


doktorantura

 faoliyati  rivojlanib 

boradi. 

Kadrlar


 malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  boʻyicha 

raqobatbardosh  taʼlim  muassasalari  vujudga  keltiriladi.  Taʼlim  muassasalarini 

hududiy  yoʻnalishga  oʻtkazish  va  tarkibiy  tuzilmasini  oʻzgartirish  ishi  amalga 

oshiriladi. Uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini baholash 

monitoringi  amalga  oshiriladi.  Uzluksiz  taʼlim  tizimi  uchun  pedagog  kadrlar 

tayyorlash va qayta tayyorlash ustuvorligi taʼminlanadi.

[1]

 

Maktabgacha ta’lim 



Maktabgacha taʼlim, 6 -7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida va boshqa taʼlim 

muassasalarida  olib  boriladi.  Maktabgacha  taʼlim  muassasalarining  asosiy 

maqsadlari: 

 



Bolalarni  milliy,  umuminsoniy  va  madaniy  qadriyatlat 

bilan tanishtirish; 

 

Bolalarga  yuqori  maʼnaviy  va  odob  ahloq  asoslarini 



shakillantirish; 

 



Bolani intellektual rivojlantirish; 

 



Bolalarning 

jismoniy 

va 

ruhiy 


sogʻligini 

mustahkamlash; 

 

Bolalarning  shaxsiy  qobiliyatlari  va  isteʼdodlarini 



rivojlantirish. 

Umumiy o’rta ta’lim

[

tahrir


]

 

Boshlangʻich taʼlim (1-4 sinflar), umumiy oʻrta taʼlim (1-9 sinflar). 



Boshlangʻich  taʼlim  Oʻzbekistonda  majburiy,  bepul  va  barchaga  taaluqli 

hisoblanadi.  Umumiy  oʻrta  taʼlim  kerakli  bilim  hajmi,  mustaqil  fikrlash 

qobiliyatini  rivojlantirish, tashkiliy  mahorat  va  amaliy  tajriba poydevorini qoʻyib, 

boshlangʻich professional yoʻnalishni va taʼlimning keyingi pogʻonasini tanlashda 

koʻmaklashadi. 

O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim.

[

tahrir


]

 

Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi kunduzgi koʻrinishda ikki yoʻnalishda akademik 



litseylarda va kasb-hunar kollejlarda amalga oshiriladi. 

Kasb-hunar kollejlar 

Akademik litseylar 

Majburiy. 3-yil. 3ta bosqich 

Majburiy. 3 yil. 3ta bosqich 

Oʻrta  maxsus  va  kasb  taʼlimini  beradigan 

oʻquv  dargohidir.  Kasb-hunar  oʻrgatilib, 

malaka shakillantiriladi 

Oʻquvchilarning 

bilimlari, 

aqliy 

salohotini 



oshirishga 

qaratilgan, 

ularning  imkoniyatlari  va  qiziqishlari 

asosida yoʻnaltirilgan. 

Oʻquv yili ikki semestrdan iborat 

Oʻquv yili ikki semestrdan iborat 

Kasb-hunar  kollejlari  uchun  mahalliy 

hokimiyatning 

bajaruvchi 

organlari 

tomonidan  rivojlangan  korxona  yoki 

muassasalardan vasiylar tayinlanadi. 

Oliy oʻquv yurtlari qoshida ochiladi. 

Oliy ta’lim

[

tahrir


]

 

Universitetlar, akademiyalar, institutlar. (Bakalavriat, magistratura). 



Universitet 

Akademiya 

Institut 

Oliy  va  undan  keyingi 

taʼlim uchun taʼlimni bir 

nechda 


yoʻnalishda 

beradi. 


Taʼlim 

sohasida 

belgilangan  oliy  va  oliy 

taʼlimdan soʻnggi taʼlim. 

Oliy  va  oliy  taʼlimdan 

keyin  oʻquv  dasturlarini 

bajarishni taʼlim va fanning 

maʼlum 


bir 

meʼyorida 

amalga oshiradi. 

Turli 


sohalardagi  Belgilangan 

tartibda  Mutaxassislarni maʼlum bir 



mutaxassislarning 

malakasini  oshiradi  va 

qayta tayyorlaydi. 

mutaxassislarning 

malakasini  oshiradi  va 

qayta tayyorlaydi. 

sohada  qayta  tayyorlash  va 

malakasini  oshirish  bilan 

shugʻullanadi. 

Fanning 


turli 

yoʻnalishlarida 

fundamental  va  amaliy 

tadqiqotlarni olib boradi. 

Fan,  madaniyat,  sanʼat 

sohasida  fundamental  va 

amaliy 

ilmiy 


tadqiqot 

ishlarini olib boradi. 

Fundamental  va  amaliy 

tadqiqot 

ishlarini 

olib 


boradi. 

Ilm 


sohasiga 

bogʻliq 


metodik 

markaz 


hisoblanadi. 

Oʻz  faoliyati  doirasida 

yetakchi  ilmiy,  metodik 

markazi hisoblanadi. 

 

O’zbekiston  Respublikasi



 Prezidenti 

I.A.Karimovning

 1992  yil  28  fevraldagi 

“Respublikada  yangi  oliy  oʻquv  yurtlari  tashkil  etish  toʻgʻrisida”gi  Farmoni 

asosida 

Andijon  davlat  universiteti,

 

Buxoro  davlat  universiteti,



 

Qarshi  davlat 

universiteti,

 

Namangan  davlat  universiteti,



 

Guliston  davlat  universiteti,

 

Termiz 


davlat  universiteti,

 

Urganch  davlat  universiteti



 Bir  necha 

institut


 hamda  ularning 

filiallari  ochildi.  Respublikada  bugungi  kunda  jami  76  oliy  oʻquv  yurti  faoliyat 

koʻrsatmoqda.  Shulardan  3tasi 

Akademiya

,  20tasi 

Universitet

,  37tasi  Institut, 

1tasi 


Konservatoriya

,  2tasi  Oliy  maktab  (texnik,  milliy  raqs)  va  8ta  Respublika, 

chet  el  oliygohlar  filiallari:  Toshkent  tibbiyot  akademiyasining  Fargʻona  va 

Urganch, 

Toshkent 

tibbiyot 

pediatriya 

institutining 

va 

instituti



 Nukus 

filiallari, 

Rossiyaning

 I.Gubkin 

nomidagi 

Neft 


va 

gaz 


universiteti, 

M.Lomonosov

 nomidagi 

Moskva 


davlat 

universiteti 

hamda 

G.Plexanov



 nomidagi  Iqtisodiyot  akademiyasining  Toshkentdagi  filiallari. 

Shuningdek, 

Singapur 

menejmenti 

rivojlantirish 

instituti

Vestminster 



universiteti

Toshkent  shahridagi  INHA  universiteti



 hamda 

Turin  politexnika 

universiteti

.  Bulardan  tashqari  bir  necha  maxsus 

Oliy  harbiy  bilim  yurtlari

 ham 


koʻrsatmoqdalar. 

Oliy o’quv yurtidan keyin ta’lim

[

tahrir


]

 

Katta  ilmiy  xodim-izlanuvchilar  instituti.  Mustaqil  izlanuvchilik.  Oliy  oʻquv 



yurtidan  keyingi  taʼlimni  oliy  oʻquv  yurtlarida  va  ilmiy-tadqiqot  muassasalarida 

olish  mumkin.  Oliy  oʻquv  yurtidan  keyingi  taʼlim 

dissertatsiya

 himoyasi  bilan 

yakunlanadi.  Yakuniy  davlat 

attestatsiyasi

 natijalariga  koʻra  fan  doktori  ilmiy 

darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. 

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

[

tahrir



]

 

Kadrlar tayyorlashning milliy modeli. 



 

Shaxs



 – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subʼyekti va obʼyekti, taʼlim sohasidagi 

hizmatlarining isteʼmolchisi va ularni amalga oshiruvchisi; 

 

Davlat  va  jamiyat



 –  taʼlim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimining  faoliyatini  tartibga 

solish  va  nazorat  qilishni  amalga  oshiruvchi,  kadrlar  tayyorlash  va  ularni  qabul 

qilib olishning kafillari; 

 



Uzliksiz  ta’lim

 –  malakali  raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlashning  asosi  boʻlib, 

taʼlimning  barcha  turlarini,  davlat  taʼlim  standartlarini,  faoliyat  koʻrsatish 

muhitini oʻz iciga oladi; 

 

Fan



 – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilgʻor 

pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi; 

 

Ishlab  chiqarish



 –  kadrlarga  boʻlgan  ehtiyojini,  shuningdek,  ularning  tayyorgarlik 

sifati  va  saviyasiga  nisbatan  qoʻyiladigan  talablarni  belgilovachi  asosiy 

buyurtmachi,  kadrlar  tayyorlash  tizimini  moliya  va  moddiy-texnika  jihatdan 

taʼminlash jarayonining qatnashchisi. 



Kadrlar tayyorlash dasturini ro’yobga chiqarish bosqichlari

[

tahrir



]

 

Milliy  dasturning  maqsad  va  vazifalari  bosqichma-bosqich  roʻyobga 

chiqariladi. 

 



Birinchi  bosqich  (1997-2001)  –  mavjud  qadrlar  tayyorlash  tizimining  ijobiy 

salohiyatini  saqlab  qolish  asosida  ushbu  tizimni  isloh  qilish  va  rivojlantirish 

uchun  huquqiy,  kadrlar  jihatidan  ilmiy-uslubiy,  moliyaviy-moddiy  shart-

sharoitlar yaratish. 

 

Ikkinchi bosqich (2001-2005) – Milliy dasturni toʻliq roʻyobga chiqarish, 



mehnat 

bozori


 rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga 

aniqliklar kiritish. 

 

Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) – toʻplangan tajribani tahlil etish 



va  umumlashtirish  asosida,  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 

istiqbollariga  muvofiq  kadrlar  tayyorlash  tizimini  takomillashtirish  va  yanada 

rivojlantirish. 

Maktabdan tashqari ta’lim

[

tahrir


]

 

Bolalar,  oʻsmirlar  ijodiyoti  saroylari,  uylari,  klublari  va  markazlari,  sport 



maktablari, sanʼat maktablari, studiyalar va kutibxonalar va boshqa muassasalar. 

Ta`lim tizimi: islohot va natijalar

[

tahrir


]

 

“Yuksak  bilimli  va  intellektual  rivojlangan  avlodni  tarbiyalash  –  mamlakatni 



barqaror  taraqqiy  ettirish  va  modernizatsiya  qilishning  eng  muhim  sharti” 

mavzusidagi  xalqaro  konferensiyalar  haqida  eslash  o‘rinlidir.  Anjumanda 

dunyodagi  8  ta  nufuzli  xalqaro  tashkilot  va  48  davlatdan  270  nafar  ishtirokchi 

qatnashdi.  Ularning  barchasi  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi,  Maktab  taʼlimini 

rivojlantirish  umummilliy  dasturi  doirasida  yurtimizda  amalga  oshirilgan  ishlar 

bilan  yaqindan  tanishib,  maktablarda,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida, 

oliy  o‘quv  yurtlarida  bo‘lib,  O‘zbekistonda  taʼlim  sohasida  shakllangan  samarali 


modelni yuksak baholadilar, bu borada to‘plangan tajribalarni boshqa mamlakatlar 

uchun namuna sifatida tavsiya etish mumkin, degan xulosaga keldilar.

[2]

 

Oʻzbekiston  Respublikasida  kasb-hunar  kollejlari,  akademik  litseylar  va 



umumtaʼlim maktablari (2015-yil) 

Viloyatlar 

Maktablar 

Akademik 

litseylar 

Kasb-hunar 

kollejlari 

Qoraqolpag'iston 

Respublikasi

 

759 


10 

91 


Andijon

 

751 


12 

117 


Namangan

 

684 


10 

108 


Farg'ona

 

918 


12 

144/2* 


Buxoro

 

532   


80 


Xorazm

 

533 


85 


Surxondaryo

 

884 


116/6* 


Qashqadaryo

 

1091 


136/14* 


Jizzax

 

553 


75 


Navoiy

 

374 


47 


Samarqand

 

1217 


14 

160/2* 


Sirdaryo

 

303 


47 


Toshkent

 

887 


121 


Toshkent shahri

 

330 


41 

79 


Jami 

9816 


143 

1406/24* 



*kasb-hunar kollej filiallari 

Ta'lim to'g'risida qonun

[

tahrir


]

 

OʻZBEKISTON 



RESPUBBLIKASI 

OLIY 


MAJLISINING 

TAʼLIM 


TOʻGʻRSIDAGI  QARORI  Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Raisi: 

E.Halilov  Toshkent  shahri,1997  -yil  29  -avgust  Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisi QAROR QILADI: 

 



Taʼlim toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni eʼlon qilingan kundan 

eʼtiboran amalga kiritilsin. 

 

Belgilab qoʻyilsinki Taʼlim toʻgʻrisidagi qonunning umumiy oʻrta taʼlim olishga, 



uch  yillik  akademik  litseylarda  va  kasb-hunar  kollejlarida  oʻqishga  hamda  oliy 

maʼlumotli  mutahassislar  tayyorlashga  taaluqli  12,13  va  14  moddalaridagi 

qoyidalar  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  belgilangan  muddatlarda  joriy 

etiladi. 

 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Vazirlar  mahkamasi  hukumat  qarorlarini  Taʼlim 



toʻgʻrisdagi qonunga  muvofiqlashtirilsin.Vazirlikiar va idoralar  maskur qonunga 

zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari taʼminlansin. 

 

Belgilab  qoʻyilsinki  qonun  hujjatlari  Taʼlim  toʻgʻrisidagi  qonunga 



muvvofiqlashtirilgunga  qadar  Oʻzbekiston  Respublikasi  amaldagi  qonun 

hujjatlarining mazkur qonunga zid boʻlmagan qismi qoʻllaniladi. 

 

1992  yil  2  iyulda  qabul  qilingan  Taʼlim  toʻgʻrisidagi  Oʻzbekiston  Respublikasi 



qonuni  (Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  Ahborotnomasi,1992  yil, 

9,1993 yil -6 ,268 modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

[3]

 

 



 

 

O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagilardan iborat: 

 



davlat  ta`lim  standartlariga  muvofiq  ta`lim  dasturlarini  amalga  oshiruvchi 

davlat va nodavlat ta`lim muassasalari; 

 

ta`lim  tizimi  ishlashi  va  rivojlanishi  uchun  kerakli  tadqiqot  ishlarini  olib 



boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar; 

 

ta`lim  sohasidagi  davlat  boshqaruv  organlari  shuningdek  ular  boshqaruvi 



ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar. 

O’zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi yagona va yaxlitdir. 



O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi

 



maktabgacha ta`lim; 

 



umumiy o’rta ta`lim; 

 



maktabdan tashqari ta`lim; 

 



o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi; 

 



oliy ta`lim; 

 



oliy ta`limdan keyingi ta`lim; 

 



malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash. 

 

Ta`limni boshqarish organlari  

Ta`lim  tizimining  umumiy  boshqaruvini  Vazirlar  Mahkamasi  amalga  oshiradi. 

Shuningdek,  Vazirlar  Mahkamasi  alohida  oliy  ta`lim  muassasasi,  Toshkent  Islom 

Universiteti va xalqaro mashhur xorijiy OTMlari (MDU, Westminster Universiteti 

va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi. 



 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga quyidagilar kiradi: 

 

ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish



 

davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish



 

ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish



 

ta`lim  muassasalarini  yaratish,  qayta  tashkil  etish  va  bekor  qilish  tartiblarini 



belgilash; 

 



ta`lim  muassasalari  akkreditatsiyasi,  pedagogik  va  ilmiy  kadrlar  attestatsiyasi 

tartiblarini belgilash; 

 

boshqa  davlatlar  ta`lim  muassasalariga  O’zbekiston  Respublikasi  hududida 



ta`lim ko’rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish; 

 



qonunchilikka  mos  ravishda  xorijiy  davlatlarning  ta`lim  haqidagi  hujjatlarini 

tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli ekanligini o‘rnatish; 

 

davlat ta`lim standartlarini belgilash; 



 

davlat namunasidagi ta`lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini belgilash; 



 

ta`lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash; 



 

davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash; 



 

ta`lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta`lim muassasasidan boshqasiga 



o’tkazish tartibini belgilash; 

 



qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar. 

O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyatini bevosita boshqarishni ikki vazirlik - 

Xalq 


Ta`limi  Vazirligi

 (XTV)  va 

Oliy  va  O’rta  Maxsus  Ta`lim  Vazirligi

 (OO’MTV)  - 

amalga oshiradi. 

XTV -  maktabgacha,  maktabdan  tashqari  muassasalar  va  umumiy  ta`lim 

maktablari  faoliyati  uchun  mas`uldir.  XTV  boshqaruvida 5  ta  oliy  ta'lim 

muassasasi va 16 ta o’qituvchilar malakasini oshirish institutlari mavjud. Vazirlik 

joylardagi  tegishli  ta`lim  muassasalari  faoliyatini  metodologik  boshqaruvchi 

viloyat, tuman va shahar xalq ta`limi bo’limlariga ega. 

ƠzR XTV tizimi tashkiliy tuzilmasi 

 

 



OO’MTV -  respublikada  oliy  va  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta`limiga  rahbarlik 

qiluvchi 

davlat 

boshqaruv 



organi 

hisoblanadi.  

Vazirlik  o’z  faoliyati  bo'yicha  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga 

hisob 


beradi.  

Vazirlik tizimiga O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi, Oliy va o’rta maxsus 

ta`lim,  kasb-hunar  ta`limini  rivojlantirish  markazi  va  idoraviy  mansub  oliy  o’quv 

yurtlari kiradi. 



ƠzR OƠMTV tizimi tashkiliy tuzilmasi 

 

Davlatimiz 

fuqarolarining 

bilim 


olishlari 

O’zbekiston 

Respublikasi 

konstitutsiyasi

 bilan kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasi yoshlar 

tarbiyasida  ta`lim  muxim  ahamiyat  kasb  etadi.  Vatan  ostonadan  boshlanganidek, 

bolalarimiz  ta`lim-tarbiyasi  oiladan  boshlanadi.  Demak,  kelajak  avlodimiz  har 

taraflama yetuk, sog’lom, bilimli, o’z vataniga sadoqatli bo’lib yetishishi uchun har 

birimiz 

mas`ulmiz. 

E`tiboringizga 

ta`lim 


tizimining 

asosiy 


boshqaruv 

organlari, 

XTV

 va 


OO’MTV

 to’g’risidagi  Nizomlarni  havola  qilamiz.  Ta`lim  va 

tarbiya  to’g’risidagi  fikr-mulohazalaringizni  forumning  "

Ta`lim


"  bo’limida 

bildirishingiz mumkin. Buning uchun albatta forum ro’yxatidan o’tishingiz shart. 



Umumiy 

ma'lumot. O’zbekiston 

Respublikasining 

ta`lim 

tizimi 

quyidagilardan iborat: 

 



 

davlat  ta`lim  standartlariga  muvofiq  ta`lim  dasturlarini  amalga  oshiruvchi 

davlat va nodavlat ta`lim 

muassasalari

;  



 



 

ta`lim  tizimi  ishlashi  va  rivojlanishi  uchun  kerakli  tadqiqot  ishlarini  olib 

boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;  

 



 

ta`lim  sohasidagi  davlat  boshqaruv  organlari  shuningdek  ular  boshqaruvi 

ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar. O’zbekiston Respublikasi ta`lim 

tizimi  yagona  va  yaxlitdir.  O’zbekiston  Respublikasida  ta`lim  quyidagi 

ko’rinishlarda  amalga  oshiriladi:  -  maktabgacha  ta`lim;  -  umumiy  o’rta 

ta`lim;  -  o’rta  maxsus  kasb-hunar  ta`limi;  -  oliy  ta`lim;  -oliy  ta`limdan 

keyingi ta`lim;  -  malaka oshirish va kadrlarni qayta  tayorlash; -  maktabdan 

tashqari ta`lim. 



Ta`limni  boshqarish  organlari. Ta`lim  tizimining  umumiy  boshqaruvini 

Vazirlar  Mahkamasi  amalga  oshiradi.  Shuningdek,  Vazirlar  Mahkamasi 

alohida  oliy  ta`lim 

muassasasi

,  Toshkent  Islom  Universiteti,  shuningdek 

xalqaro mashhur xorijiy OTMlar (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) 

filiallarini bevosita boshqaradi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  kompetentsiyasiga  quyidagilar 

taalluqli 

 



 

ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;  

 

 



davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish;  

 



 

ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;  

 

 



ta`lim 

muassasalarini yaratish

, qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini 

belgilash;  

 

 



ta`lim  muassasalari  akkreditatsiyasi,  pedagogik  va  ilmiy  kadrlar 

attestatsiyasi tartiblarini belgilash;  

 

 



boshqa  davlatlar  ta`lim  muassasalariga  O’zbekiston  Respublikasi  hududida 

ta`lim ko’rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;  

 

 



qonunchilikka mos ravishda xorijiy davlatlarning ta`lim haqidagi hujjatlarini 

tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli kanligini o‘rnatish;  

 

 



davlat ta`lim 

standartlarini belgilash

;  



 



 

davlat  namunasidagi  ta`lim  hujjatlarini  va  ularning  berilish  tartibini 

belgilash;  

 



 

ta`lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash;  

 

 



davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash;  

 



 

ta`lim  olayotganlarni  bir  akkreditatsiyalangan  ta`lim  muassasasidan 

boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash;  

 



 

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar.  

 

O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyati bevosita boshqaruvini ikki vazirlik  - Xalq 



Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO’MTV)  - 

amalga oshiradi. 

Maktabgacha  ta`lim  tizimi. Maktabgacha  ta`lim  uzluksiz  ta`limning  boshlang'ich 

qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini 

ta`minlab, o’qishga bulgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayorlab boradi.  

6-7  yoshgacha   bo’lgan  maktabgacha  ta`lim  davlat  va  nodavlat  bolalar 

maktabgacha  ta`lim  muassasalarida  va  oilada  amalga  oshiriladi.  Maktabgacha 

ta`limning  maqsadi  –  bolalarni  maktabdagi  o’qishga 

tayorlash

,  bolani  sog’lom, 

rivojlangan,  mustaqil  shaxs  bo’lib  shakllantirish,  qobiliyatlarini  ochib  berish, 

o’qishga,  tizimli  ta`limga  bo’lgan  ishtiyoqini  tarbiyalashdir.  Maktabgacha  ta`lim 

muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim 

muassasasi  hamda  shtatdagi  tibbiyot  xodimlari,  shuningdek  maktabgacha  ta`lim 

muassasasiga  biriktirilgan  sog’liqni  saqlash  organlarining  tibbiyot  xodimlari 

tomonidan 

amalga 

oshiriladi. 



Bolalar  maktabgacha  muassasalari  –  O’zbekiston  Respublikasidagi  ta`lim 

muassalarining  turi  bo’lib,  turli  yo’nalishdagi  maktabgacha  ta`lim  umumta`lim 

dasturlarini  amalga  oshiradi.  Maktabgacha  ta`lim  muassasalari  2  yoshdan  7 

yoshgacha bo’lgan 

bolalarni tarbiyalashni

, o’qitishni, nazoratini, parvarishlashni va 

sog’lomlashtirishni ta`minlaydi. 

 O’zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi 

Imkoniyatlari  cheklangan  bolalar  uchun maxsus  maktabgacha  ta`lim  muassasalari 

tashkil  qilingan  bo’lib,  u  erga  bolalar  davlatning  joylardagi  vakolatli  ta`limni 

boshqarish  va  sog’liqni  saqlash  organlari  tarafidan  tashkil  qilingan  ruhiy-tibbiy 

pedagogik  komissi  ning  xulosasiga  binoan  qabul  qilinadi.  Maktabgacha  ta`lim, 

olinish  shakli  va  usullaridan  qat`iy  nazar,  quyidagi  maqsadlarni  o’z  oldiga 

qo’yadi:  

 

 



Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;  

 



 

Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;  

 

 



Bolalarni  milliy  va  umuminsoniy  yutik  va  madaniy 

qadriyatlar  bilan 

tanishtirish

, bolani intellektual rivojlantirish;  

 

 



Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;  

 



 

Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash;  

 

Maktabgacha  ta`lim  maqsad  va  vazifalarni  amalga  oshirishda  ijtimoiy  va  xayri 



tashkilotlari,  mahalla,  xalqaro  fondlar  faol  ishtirok  tadilar.  O’zbekistonda 

maktabgacha  ta`lim 

davlat  tilida  hamda  qoraqalpoq

,  rus,  tojik,  qirg’iz  va  qozoq 

tillarida olib boriladi. 

Umumiy  o’rta  ta`lim  tizimi.  Umumiy  o’rta  ta`limning  maqsadi  ishtirokchilarni 

madaniy  va  maishiy,  xalq  xo’jaligining  turli  sohalarida  faoliyat  ko’rsatish  uchun 

zarur  bo’lgan  fan  asoslarining  tizimli  bilimlari,  mahorat  va  malaka  bilan 

qurollantirishdan  hamda  maxsus  ta`lim  olish  (kasb-hunar,  texnik,  o’rta,  oliy) 

imkoniyatini yaratishdan iboratdir. 

O’zbekistonda 

majburiy

,  bepul,  muddati  9  yildan  iborat  bo’lgan  umumiy  o’rta 

ta`lim mavjud bo’lib, u boshlang’ich (1-4- maktab sinflari) va o’rta (5-9- maktab 

sinflari) ta`limga bo’lingan. 

Boshlang’ich  ta`lim  umumiy  o’rta  ta`lim  olish  uchun  zarur  bo’lgan  bilim  va 

malakaning,  savodxonlik  asoslarining  shakllantirilishiga  yo’naltirilgan.  Birinchi 

sinfga  bolalar  6-7  yoshdan  qabul  qilinadi.  Boshlang’ich  ta`lim  O’zbekistonda 

majburiy, bepul va barchaga taalluqli hisoblanadi. Bu maktab yoshiga etgan barcha 

bolalar umumiy  yoki  maxsus  (nogiron  bolalar  va   rivojlanishdan  orqada  qolgan 

bolalar)  boshlang’ich  maktabga  borishlarini  bildiradi. Bolalarni  boshlang’ich 

ta`limga  jalb qilish mos  keluvchi  yoshidagi bolalarning 100%  tashkil  qiladi. Bola 

boshlang’ich  maktabni  tugatar  kan,  u  o’qish,  yozish  va  hisoblash  mahoratiga  ga 

bo’lishi  kerak.   O’quvchiga  nazariy  fikrlash  elementlari,  o’rgatilgan  harakatlarni 

boshqarish mahorati singdirib boriladi. Nutq madaniyati, shaxsiy gigiena asoslari, 

sog’lom hayot tarzi va jamiyatda o’zini tutish bilimlari ham berib boriladi. O’quv 

fanlarining  sifat  va  tirkibi  boshlang’ich 

maktabda

,  maktab  turi  va  o’qitish 

sharoitlariga  ko’ra  o’zgarib  turadi.  Maktabning  barcha  birinchi  sinf  o’quvchilari 

bepul o’quv kitoblari va o’quv asboblari bilan ta`minlanadi. 1996 yildan beri kam 

ta`minlangan  oilalardan  bo’lgan  1-9-  sinf  o’quvchilari  har  yili  davlat  byudjeti 

hisobidan  o’quv  ashyolari  hamda  qishki  kiyim  komplektlari  bilan  ta`minlanadi. 

O’zbekistonda boshlang’ich va o’rta ta`lim tashkil qilinishi va tarkibiga ko’ra bir - 

biri bilan bevosita bog’liq. Har bir umumta`lim maktabi ikkala pog’onada umumiy 

o’rta ta`limni amalga oshiradi. Bu boshlang’ich maktabda bitiruvchilarning to’liq 

hisobini  olib  borishni  va   umumiy  o’rta  ta`lim  tizimida  uzluksizlikni  ta`minlaydi. 

Umumiy  o’rta  ta`lim  kerakli  bilim  hajmi,  mustaqil  fikrlash  qobiliyatini 

rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba poydevorini qo’yib, boshlang’ich 

professional  yo’nalishni  va  ta`limning  keyingi  pog’onasini  tanlashda 

ko’maklashadi. 

        Umumiy  o’rta  ta`lim  boshlang’ich  ta`limning  mantiqiy  davomi  bo’lsa  ham, 

tarkibiy  sifatiga  va  o’qitish  uslubiga  ko’ra  farq  qiladi.  Umumiy  o’rta  ta`lim 

ishtirokchining  ijtimoiy  mavqeini  belgilab  olishga  bo’lgan  ishtieq,  qiziqish  va 

qobiliyatlarini,  uning  shaxs  bo’lib  shakllanishini  ta`minlaydi.  O’quvchi  o’rta 

maktabda  fan  asaslari  bo’yicha  tizimli  bilimlarni  oladi.  Ta`lim  jarayonida  keng 

duneqarash shakllanishi va ijodiy fikrlash qobiliyati paydo bo’ladi. Xalqning boy 

ma`naviy  va  madaniy  me’rosi  bilan  tanishtirib  borish  orqali  bolada  atrofdagi 

olamga  bo’lgan  g’amxo’rlik  hissi  uyg’otib  boriladi.  O’rta  maktab  o’quvchilar 



uchun maktab fanlarini mustaqil o’rganishga keng imkoniyatlar ratib beradi. O’rta 

ta`limning  tarkibiy  qismiga  majburiy  va  qo’shimcha  komponentlar  kiradi. 

Majburiy  komponent  davlat  ta`lim  stanlartlari  bilan  aniqlanadi  va  ishtirokchining 

minimal kerakli tayyorgarlik darajasini belgilaydi.  Uning muvaffaqi ti o’rta ta`lim 

muassasalari  tomonidan  kafolatlanadi.  Bu  komponent  davlat  va  jamiyat 

buyurtmasi,  shaxsning  qiziqish  va  talabi  asosida  belgilanadi.  Qo’shimcha 

komponent  ishtirokchining 

talab  va  qobiliyatidan

,  maktabning  moddiy-texnik  va 

kadrlar  bilan  ma`minlanganlik  darajasidan,  territoriyaning  ijtimoiy  iqtisodiy 

rivojlanishiga  bo’lgan  talablardan  kelib  chiqqan  holda  belgilanadi.  Qo’shimcha 

o’quv  vazifalar  hajmi  Xalq  Ta`lim  Vazirligi  tomonidan  belgilangan  normativlar 

asosida  taqsimlanadi.  Maktabning  o’quv  tarbiyaviy  ishlari,  Xalq  Ta`lim  Vazirligi 

tomonidan  tasdiqlangan,  Bazisli  uquv  rejasi  va  umumiy  o’rta  ta`limning  o’quv 

dasturlari  orqali  amalga  oshiriladi.  Umumiy  o’rta  ta`lim  qatnab  o’qish  va 

bitiruvchilarning  kuniy  attestatsiyasi  orqali  amalga  oshiriladi.  Bitiruvchilarga 

davlat attestatlari, alohida muvoffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli attestatlar 

beriladi. Mustaqil ravishda umumiy ta`lim dasturini o’zlashtirgan ishtirokchilarga, 

Xalq  ta`lim  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  ksterna 

haqidagi  nizomga  asosan

eksterna tartibda attestatsiyadan o’tish huquqi beriladi. O`rta maxsus kasb-hunar 



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish