O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet77/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Ichki nizolar

Turkiyaning ichki siyosatiga nazar solinadigan bo‘lsa, 2015-yil yaxshi yil bo‘ldi deyish qiyin. “Adolat va taraqqiyot” partiyasi o‘z saylovchilari safini kengaytirish uchun yillar davomida kurd aholisi uchun imtiyozlar yaratishga harakat qildi. Hatto Kurd siyosiy partiyasi va telekanallari Turkiyada qonuniy deb e’lon qilindi. Lekin ushbu yondashuv partiyaning o‘ziga qarshi ishladi, chunki Kurdlarning siyosiy partiyasi 2015-yil iyundagi parlament saylovlarida nafaqat kurd aholisi yashaydigan hududlarda, balki boshqa viloyatlarda ham eng ko‘p ovoz to‘pladilar, ovoz ulushi sezilarli darajada yuqori bo‘ldi. Umumiy ko‘rsatkichga ko‘ra, Kurdlar partiyasi so‘ngi saylovlarga solishtirganda 80% ko‘proq ovoz to‘plagan edi. Bunday natija so‘nggi yillarda har doim “Adolat va taraqqiyot” partiyasining g‘alabasi bilan tugaydigan saylovlar muvozanatini izdan chiqardi va tomonlarning o‘zaro kelishib, koalitsion hukumat tuza olmasliklari oqibatida shu yilning noyabr oyida qayta saylovlar o‘tkazildi. Ikkinchi saylovlarda “Adolat va taraqqiyot” partiyasining qo‘li baland keldi, lekin ushbu g‘alaba uchun Turkiya ko‘p qurbonlar berdi. Birinchi saylovlardan so‘ng iyul oyida Turk armiyasi Suriya va Iroqda kuchayib kelayotgan IShID qo‘shinlarini bombardimon qilishga qaror qildi. Lekin bombalar nafaqat IShID qo‘shinlari ustiga, balki Iroqdagi Kurdiston viloyatida joylashgan Kurdlarning harbiy bazalari ustiga ham yog‘dirildi. Bu orqadan hujum Turkiya ichkarisida joylashgan, ta’qiqlangan Kurd ishchi partiyasi bilan hukumat kuchlari o‘rtasida 2004-yilda imzolangan o‘t ochmaslik haqidagi kelishuvni buzilishiga olib keldi. Kurdlar bilan bo‘layotgan to‘qnashuv Suriyadagi urush bilan qo‘shilib, Turkiya yangi mojarolar markaziga aylanishidan qo‘rqish tufayli, aholi orasida “Adolat va taraqqiyot” partiyasini barqarorlikni kafolatlovchi partiya sifatida qo‘llab-quvvatlash ommalashdi. Partiyaning g‘alabasiga qaramay, 2015-yildagi otaturkchilar, Kurd partiyasi va boshqa so‘l kuchlarning kuchayishi “Adolat va taraqqiyot” partiyasining siyosiy obro‘sini tusha boshlaganidan dalolat edi.

Xo‘sh, nima uchun tashqi siyosatda bunday katta xatoliklar yuz berdi? Birinchi navbatda, Turkiya o‘z kuchi va ittifoqchilari bilan munosabatlariga ishondi. U iqtisodiy va harbiy jihatdan rivojlanib kelayotgan mamlakat bo‘lishiga qaramay, yillar davomida boshqa mamlakatlar bilan barqaror ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnata olmadi. Ichki va xalqaro maydondagi siyosiy o‘zgarishlarga nisbatan Turkiyaning siyosiy pozitsiyalari va sheriklari tez-tez o‘zgarib turdi. Bu esa unga ma’lum bir o‘ziga teng sherik bo‘la oladigan mamlakat bilan yaqindan mintaqaviy ittifoq tuzishga yo‘l bermadi.

Turkiya O‘rta Osiyo, Sharq va Yaqin Sharqqa “Katta og‘a” sifatida kirib kelishga harakat qildi, boshqa o‘zidan kuchli bo‘lgan kuchlar (Rossiya va Yevropa Ittifoqi) bilan esa yetarlicha yaqinlasha olmadi. Muammoning asosi, aslida, Turkiyaning tarixiga borib taqaladi. Xuddi geografik joylashuvi kabi, Turkiya o‘zligini aniqlashda ham arosatda qoldi. Arablar uchun Turkiya yetarlicha musulmon emas, O‘rta Osiyoliklar uchun yetarlicha turkiy emas va yevropaliklar uchun yetarlicha yevropalik emas. Bunga Turkiyaning Usmonylar imperiyasi va uning shonli tarixidan butunlay uzila olmagani tufayli kelib chiqayotgan keng qamrovli siyosiy ambitsiyalari qo‘shilib, endigina xalqaro maydonga yorqin rivojlanayotgan davlat sifatida kirib kelayotgan mamlakatni siyosiy beqarorlikka yaqin keltirib qo‘yishi mumkin.



Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish