O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “davlatiy moliya” kafedrasi kurs ishi


Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora- tadbirlari



Download 352,04 Kb.
bet10/11
Sana30.12.2021
Hajmi352,04 Kb.
#191312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi Ozodbek MM-75i

Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora- tadbirlari


Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini isloh qilish doirasida iqtisodiy va moliyaviy statistika ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va byudjet jarayoni ochiqligini oshirishning yangi mexanizmlarini joriy etish bo’yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, byudjet ma’lumotlarining ochiqligi va sifati, ularni xorijiy investorlarga va boshqa manfaatdor subyektlarga yetkazish, shuningdek, parlament vakillari va fuqarolik jamiyatining O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirish va ijro etish jarayonidagi ishtiroki darajasi yetarli emas.

Byudjet ma’lumotlarining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, byudjet mablag’larining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-avgustdagi “Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3917-son Qarori16 qabul qilindi. Ushbu qaror bilan davlat byudjetini shakllantirish va ijro etishning shunday tartibi o’rnatildiki, unga muvofiq:



  • 2019-yildan boshlab byudjet mablag’larini taqsimlashda fuqarolar ishtirokining tuman (shahar)lar byudjetlari qo’shimcha manbalarining kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo’naltirishni nazarda tutadigan mexanizmi joriy etiladi;

  • 2020-yildan boshlab davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari axborotlar batafsil bayon etilgan, ilg’or xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan qonun bilan tasdiqlanadi;

  • davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalari, shuningdek, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosi to’g’risidagi hisobotlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etilishidan oldin majburiy jamoatchilik muhokamasiga qo’yilishi shart;

  • davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari loyihalari hamda ularning ijrosi to’g’risidagi hisobotlar bilan birga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilinadi;

  • O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalari, shuningdek, davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobot yuzasidan tashqi audit va baholash natijalari bo’yicha xulosalari majburiy e’lon qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va qadar quyidagilarni nazarda tutadigan “Ochiq byudjet” axborot portalining ishga tushirilishini va faoliyat yuritishini ta’minlaydi:



  • davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalari, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosi to’g’risidagi hisobotlar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalarini joylashtirish orqali byudjet xarajatlarining manzilliligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

  • jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun tuman (shahar)lar byudjetlarining qo’shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilish taklif etilayotgan tadbirlar to’g’risidagi axborotni joylashtirish;

byudjet qonunchiligini buzish holatlari to’g’risida xabardor qilish va byudjet jarayonini takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish imkoniyatini o’z ichiga olgan fuqarolar bilan qayta aloqani tashkil etish.

Mamlakatimizda 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi 2017-2021- yillarga mo’ljallangan bo’lib, undagi beshta ustuvor yo’nalishning uchinchisi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari”17 deb belgilangan. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishga bag’ishlangan ustuvor yo’nalishda sanoat va xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish belgilab berilgan.

O’zbekistonda byudjet tizimi byudjetlari o’rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish, mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash borasida muntazam chora-tadbirlar tizimi amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2010-yilda hududlarni dotatsiyadan chiqarish dasturi ishlab chiqildi va 2011-moliya yili yakuni bilan barcha viloyatlar mahalliy byudjetlari dotatsiyadan chiqarildi. 2012-yildan boshlab bosqichma-bosqich ravishda hududlarni subvensiyadan chiqarish Dasturi ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2014-yilda Andijon viloyati, 2015-yilda Xorazm viloyati, 2016-yilda Samarqand viloyati, 2017-yilda Qorqalpog’iston Respublikasi subvensiyadan chiqarilishi nazarda tutilgan. Shuni qayd etish lozimki, amalga oshirilayotgan Dasturlar tub mohiyatini hududlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga erishish orqali mahalliy byudjetlarga tushumlarni oshirish hisoblanadi. Shu boisdan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy- imqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishishi jarayonida hududlarni rivojlantirish, ularning iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga qaritilgan loyihalarni ishlab chiqish va uni ro’yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratadilar. 2017-2021- yillarga mo’ljallangan O’zbekiston taraqqiyotinining Harkatlar strategiyasining to’liq holda amalga oshirilishi hududlarning iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va tarkibiy tuzilishini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakotlatlarini kengaytirishni taqozo etadi. 5-jadval Yuqori budjetdan subvensiya oluvchi budjetlar18



Download 352,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish