O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “davlatiy moliya” kafedrasi kurs ishi



Download 352,04 Kb.
bet7/11
Sana30.12.2021
Hajmi352,04 Kb.
#191312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi Ozodbek MM-75i

131 104,5

1

Ta'lim

35 489,2

2

Sog'liqni saqlash

14 884,9

3

Ijtimoiy himoya

18 030,7

4

Iqtisodiy masalalar

17 885,4

5

Umumiy ahamiyatdagi davlat xizmatlari

14 566,3

6

Uy-joy va kommunal xizmatlar

3 119,0

7

Dam olish, madaniyat, sport va din

2 893,6

8

Jamoat tartibi va xavfsizligi

1 821,2

9

Atrof-muhitni muhofaza qilish

269,1

10

Boshqalar

22 145,0

2020 yil uchun Davlat byudjeti xarajatlarning eng kata qismi ta’limga to’g’ri keladi 35489,2 mlrd.so’m, ijtimoiy himoya harajatlari esa18030,7 mlrd.so’m bilan ikkinchi o’rinni egallaydi. Atrof- muhitni muhofaza qilish harajatlari esa 269,1 mlrd.so’m ilan eng kam harajatni qayt etmoqda

Respublika byudjeti xarajatlari hamda byudjetlararo transfertlar hajmi – Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi;

Mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning byudjetlari – Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.

Birinchi bosqichda, ya'ni Oliy Majlis palatalari tomonidan 2020 yil byudjetini tasdiqlashda, mahalliy byudjetning daromad va xarajatlarining umumiy hajmlari ma'lumot uchun qabul qilinadi.

Byudjet mablag'lari taqsimlovchilarga mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag'lari hajmi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan mahalliy byudjet parametrlari tasdiqlangan holda, joylardagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilanadi;

Mahalliy byudjetning xarajatlar bo'yicha majburiyatlarining bajarilmaslik xavfini tug'dirmaydigan hamda joylardagi mahalliy hokimiyat organlarining faoliyati bilan bog'liq soliq va majburiy to'lovlar bo'yicha xarajatlari bo'yicha vakolatlar mahalliy byudjetlarga taqsimlanadi va biriktiriladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari mustaqilligini oshirish va kelgusi yillardan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarini tuzish jarayonini mustaqilligini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan 2020 yildan boshlab byudjetlararo transfertlar tizimiga ham bir qator o'zgartirishlar kiritilmoqda.Joriy yilda O'zbekiston Respublikasi byudjetidan mahalliy byudjetlarga tuman va shahar byudjetidan moliyalashtiriluvchi maktabgacha ta'lim, umum ta'lim va sog'liqni saqlash muassasalarida ishlovchi xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni moliyalashtirish uchun ijtimoiy transfertlar ajratilmoqda va ushbu transfertlar maktabgacha ta'lim, umum ta'lim va sog'liqni saqlash muassasalarida ishlovchi xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlariga mutanosib ravishda ajritiladi.

Ya'ni yil yakuni bo'yicha ma'lum bir sababga ko'ra moliyalashtirilmagan xarajatlarga teng ulushlarda ijtimoiy transfertlar summalari ham kamaytirilishi ko'zda tutilgan. 2020 yildan boshlab esa, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi salbiy farqni qoplash uchun tartibga soluvchi transfertlar ajratiladi va ushbu transfertlar miqdorlarini kamaytirilishiga yo'l qo'yilmaydi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarining 2019 yilda kutilayotgan ijrosi. Joriy yil yakunlariga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga 112,3 trln. so'm miqdorida yoki yil boshida tasdiqlangan prognoz ko'rsatkichlariga nisbatan 10,0 trln. so'm (9,5 foiz) qo'shimcha daromad kelib tushishi kutilmoqda. Soliq islohotlarini amaliyotga joriy qilish hamda soliq ma'murchiligini yaxshilash doirasida olib borilayotgan tadbirlar natijasida yillik prognoz ko'rsatkichlari barcha hududlar bo'yicha bajarilishi kutilmoqda.

Asosiy daromad manbalari bo'yicha 2019 yilda quyidagicha miqdorlarda tushum bo'lishi kutilmoqda.

Davlat byudjeti daromadlarining 2019 yilgi kutilayotgan ijrosi (mlrd. so'm)




3-diagramma13
Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlarini shakllantirish

Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari:



  1. belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan:

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i;

Yagona soliq to'lovi;

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i;

Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qat'iy belgilangan soliq;

Qo'shilgan qiymat solig'i;

Aktsiz solig'i;

Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq;

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar, shu jumladan:

Mol-mulk solig'i;

Yer solig'i;

Yagona yer solig'i;

Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi xizmatlarni ko'rsatish uchun yig'im;

3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

4) bozorlardan tushadigan daromadlar;

5) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga davlat daromadiga o'tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo'yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo'naltiriladigan davlat bojlari, yig'imlar, tovon pullari va jarima sanktsiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo'yicha davlat ixtiyoriga o'tgan mol-mulkni, huquq bo'yicha davlat daromadiga o'tkazilishi lozim bo'lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo'yicha dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.

O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subventsiyalar, o'tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari hisoblanadi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qat'iy belgilangan soliq, O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo uchun aktsiz solig'i Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlariga o'tkazib beriladi.

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar tasdiqlangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahri shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari o'rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.

2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda “mahalliy byudjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy-kommunal, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash bo’yicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni so’zsiz ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishi va mas’uliyatini oshirish maqsadida14:



  • tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha belgilangan soliq tushumlari, jismoniy shaxslarning mulklaridan olinadigan soliqlar, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soliqlari, tovarlarning ba’zi turlari bilan savdo qilish va xizmatlarning alohida turlarini ko’rsatish huquqi uchun yig’imlar - to’liq hajmda tumanlar byudjetlari daromadlari hisobiga o’tkaziladi;

  • davlat byudjetiga to’lanadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi va bozorlardan tushayotgan daromadlar – Toshkent shahri byudjeti va tumanlar byudjetlari o’rtasida taqsimlanadi;

  • yuridik shaxslarning er soliqlaridan tushadigan tushumlar, suv resurslaridan foydalanish solig’i, jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig’i – to’liq hajmda Toshkent shahri byudjetiga yo’naltiriladi;

  • yuridik shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq tushumlari, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun olinadigan soliqlar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovi, jismoniy shaxslarning daromad soliqlari O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va Toshkent shahrining mahalliy byudjeti o’rtasida normativlarga ko’ra taqsimlanadi;

  • respublika byudjeti va Toshkent shahri byudjeti o’rtasida, shahar byudjeti qismida, o’tkazilgan soliqlardan belgilangan prognozlarni ortig’i bilan bajarish summasi – Toshkent shahrining mahalliy byudjeti ixtiyorida qoldiriladi.

  • Qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha kutilayotgan tushumlar 37,6 trln. so'mni tashkil qiladi, bu yillik prognozga nisbatan 1,6 trln. so'm (4,3 foiz), 2018 yildagi tushumlarga nisbatan 9,7 trln. so'm (34,7 foiz) ko'p.

Quyida soliqlarninh qaysi byudjetda qolishi tasvirlangan jadvalni ko’rishingiz mumkin. Unda soliqlar tuman va shahar byudjetiga, tuman va viloyat byudjetlari, viloyat byudjetiga yoki Respublika va viloyat byudjetlari o’rtasida taqsimlanishi ko’rsatilgan.

Soliq va to’lovlarning byudjetlar o’rtasida taqsimlanishi




  • Tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq,

  • Jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq

  • Jismoniy shaxslardan olinadigan er solig’i

  • Bozorlardan daromadidan tushumlar

  • Mahalliy yig’imlar (alkogol mahsulotlari savdosi yig’imi)

2-jadval

Tuman va shahar byudjetiga biriktiriladi







  • Mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi

  • Savdo va umumovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovi

  • Yuridik shaxslarning er solig’i

  • Yuridik shaxslarning mulk solig’i

  • Benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moli uchun soliq

  • Yagona er solig’i

Tuman va viloyat byudjetlari o’rtasida taqsimlanadi







  • Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

  • Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i

  • Qo’shilgan qiymat solig’i

  • Aktsiz solig’i

  • Qo’shimcha foyda solig’i

Respublika va viloyat byudjetlari o’rtasida taqsimlanadi

Joriy yilda resurs soliqlari bo'yicha 19,6 trln. so'm mablag' kelib tushadi va o'tgan yilgi tushumlarga nisbatan o'sishi 6,8 trln. so'mni (54,4 foiz) tashkil qiladi. 2019 yilgi soliq siyosati yo'nalishlari doirasida resurs soliqlari bo'yicha o'zgarishlar tushumlarni quyidagicha shakllanishiga olib kelmoqda.

3-jadval

Resurs soliqlar bo'yicha tushumlar15 (mlrd. so'm)



Resurs soliqlar

2018 yilda

2019-yilda kutilayotgani

O’sish surati (%)



Farqi

Mulk solig'i:

2 606,1

1 851,06

-28,97%

-755,04

yuridik shaxslardan

1 897,8

1 053,54

-44,49%

-844,26

jismoniy shaxslardan

708,3

797,52

12,60%

89,22

Yer solig’i:

1 504,2

1 834,32

22%

330,12

yuridik shaxslardan

841,0

1 135,28

35%

294,28

jismoniy shaxslardan

663,2

699,04

5%

35,84

Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq

8 424,7

12 952,15

53,74%

4 527,45

Suv resurslaridan foydalanganlik

uchun soliq



128,4

268,48

109%

140,08


Download 352,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish