2. Mahalliy byudjetlar daromadlari shakllanishi va xarajatlar yo’nalishi.
Davlat o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini bajarishda budjet tizimini tashkil qilish hamda uning me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish muhim omildir. Prezidentimizning 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida islohotlar yangi bosqichining ustuvor masalalaridan biri sifatida davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni chop etish orqali uning xalq uchun ochiq va oshkora bo’lishini ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlangan. Xuddi shu vazifa 2017-2021-yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasida ham belgilangan.
Jamiyatning ravnaqi, aholining farovonligi, yurtning tinchligini ta’minlash va boshqa maqsadlarni amalga oshirish, budjet daromadlari hamda xarajatlarini boshqarish va budjet siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shulardan kelib chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda xalqaro moliya institutlari mutaxassislari, xususiy sektor vakillari hamda olimlar bilan hamkorlikda davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish, ayniqsa, nafaqat ichki, balki tashqi foydalanuvchilar uchun byudjet ma’lumotlari ochiqligini oshirish yuzasidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Xususan, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi ma’lumotlarning xalq uchun shaffofligini ta’minlash, Byudjetnomani tayyorlashda jamoatchilik fikrini inobatga olish maqsadida hujjat loyihasini umumxalq muhokamasiga qo’yish shular jumlasidandir.
Shuningdek, BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan birgalikda fuqarolar uchun qulay va tushunarli tilda, infografika hamda tegishli izohlar asosida tayyorlangan byudjet ma’lumotlari keng jamoatchilikka taqdim etilishi bu boradagi ishlarning amaliy ifodasidir. Davlat moliyaviy statistikasi ma’lumotlarining sifati, avvalo, uning ishonchliligi, ayniqsa, bunda birinchi omil bo’lgan byudjet saldosi (qoldig’i) ko’rsatkichining ishonchliligi bilan belgilanadi. Ikkinchidan, uning to’liqliligi, ya’ni daromad va xarajatlar, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar, nomoliyaviy aktivlar va boshqalarning aniq aks ettirilishidir. Moliyaviy statistikadagi farqlar yoki nomuvofiqliklar ma’lumotlar sifati va ishonchliligida muammolar borligini bildiradi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bunday bo’lmasligi uchun moliyaviy faoliyat yurituvchi davlat birliklarining to’liq reyestrini tuzish, davlat korporatsiyalari sektorini alohida ajratish (chunki ular davlat birligining ikkinchi qismi bo’lgan davlat boshqaruvidan farq qiladi), byudjet va soliq hisobotlarini xalqaro standartlarga muvofiq tuzish, pul oqimi haqidagi ma’lumotlarni ham birlashtirgan balans haqidagi axborotni chop etish, boshqa hisobotlar, ya’ni Moliya vazirligi, Markaziy bank, Statistika qo’mitasi kabi organlar hisobotlari bilan uyg’unligini ta’minlashga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi. Byudjetni o’rta muddatli prognozlashtirish uchun unifikatsiyalashgan (birxillashgan) byudjet, ishonchli makroiqtisodiy taxminlarning, asoslangan yillik byudjetning mavjudligi, soliq-byudjet vazifalarining aniq ajratilishi kabi dastlabki sharoitlar yaratilishi lozim. Zamonaviy soliq-byudjet konsepsiyasining asosiy elementlari esa soliq-byudjet vazifalarining o’zgarmasligi, soliq-byudjetning ko’p yillik maqsadli ko’rsatkichlarini o’rnatish, xarajatlarning ko’p yillik rejasini aniqlash, yillik xarajatlarni ma’qullash, amaldagi xarajatlar va natijalar haqida xabardor qilib borish kabilardan iborat.
Xalqaro ekspertlarning e’tirof qilishicha, byudjet barcha davlat xarajatlari, daromadlari va moliyasini o’z ichiga olgan yagona hujjat bo’lmog’i darkor. Prognozlar imkon qadar aniq va dunyo miqyosida mavjud noaniqliklar hisobga olingan holda bo’lishi lozim. Byudjet jarayoni yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga yondashuvlarga tayanilgan qoidalar, rejalar, tamoyillardan tarkib topishi zarur. Asoslangan byudjet tamoyillariga ko’ra, bir yillik reja ustuvor o’zgarishlarga hamda qayta taqsimlashni amalga oshirishga tez moslashuvchan bo’lishi darkor.
Byudjet ochiqligi va ishonchliligini ta’minlashda uning xarajati, daromadi, shuningdek, prognozini aniqlovchi asosiy omillarni aniq tushuntirish, yo’l qo’yilgan kamchiliklar haqida ko’proq xabardor qilish, mavjud prognozlarni mustaqil tahlilchilar prognozi bilan taqqoslash, byudjet jarayonida risklar borligini tan olish kabilar muhim rol o’ynaydi. Ekspertlar xulosalariga qaraganda, xarajatlarni o’rta muddatli prognozlashtirish fiskal tartibni mustahkamlaydi, resurslarni strategik taqsimlashni takomillashtirishga olib keladi, davlat sektorida rejalashtirishni yaxshilaydi. Byudjetni o’rta muddatli rejalashtirishga o’tish ko’p bosqichli byudjetni ishlab chiqish va uning samarali ijrosini ta’minlashni nazarda tutadi. Byudjetni o’rta muddatli rejalashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirish bu jarayonga katta tayyorgarlik ko’rishni talab etadi. Zarur darajadagi o’rta muddatli rejalashtirish negizida soliq-byudjet sohasida ochiqlikni va ishonchni ta’minlash yotadi. Ekspertlarning qayd etishlaricha, O’zbekiston Xalqaro valyuta jamg’armasining soliq-byudjet sohasida shaffoflik masalalariga doir kodeksiga muvofiq o’tkaziladigan baholashda hamda byudjet ochiqligini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar ko’lami bo’yicha Markaziy Osiyoda yetakchi bo’lishi mumkin. Dаvlаt budjetining dаrоmаdlаri о‘zlаrining mаnbаlаri, ijtimоiy-iqtisоdiy xаrаkteri, mulkchilik shаkli, sоliq vа tо‘lоvlаrning turi, mаblаg‘lаrning tushish shаkli vа ulаrni budjetgа undirish metоdlаrigа muvоfiq klаssifikаtsiyа qilinishi mumkin.
Dаvlаt budjetining dаrоmаdlаri о‘zlаrining mаnbаlаrigа kо‘rа quyidаgi uch guruhgа bо‘linаdi10:
- sоliqli dаrоmаdlаr;
- nоsоliqli dаrоmаdlаr;
- tiklаnmаydigаn (qаytаrilmаydigаn) tаrzdа о‘tkаzilаdigаn pul mаblаg‘lаri.
Budjetning sоliqli dаrоmаdlаri tаrkibi mаmlаkаt sоliq qоnunchiligigа muvоfiq umumdаvlаt sоliqlаri vа yig‘imlаri, mаhаlliy sоliqlаr vа yig‘imlаr, bоjxоnа bоjlаri, bоj yig‘imlаri vа bоshqа bоj tо‘lоvlаri, dаvlаt bоji, penyа vа jаrimаlаrdаn ibоrаt.
Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
Umumiy o'rta ta'lim, maktabdan tashqari ta'lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi va uslubiy ta'lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
Bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun hujjatlarida Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta'lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari;
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko'p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlarni, tug'ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo'yish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti filialini, hududiy sog'liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarni, tibbiy mehnat ekspert komissiyalarini saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to'lash xarajatlari;
Qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog'lig'ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
Hududiy madaniyat, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internat-uylari, pansionatlari va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
Shahar yo'lovchilar transporti tashuvchilarining yo'lovchilarni va bagajni cheklangan tariflar bo'yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq zararlarning o'rnini qoplash xarajatlari;
Kam ta'minlangan oilalarga to'lanadigan ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam.
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
Qishloq xo'jaligi tashkilotlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq to'lash, yerlarni rekul`tivatsiya qilish ishlarini bajarish, shuningdek suv xo'jaligi tashkilotlarini saqlab turish;
Uy-joy-kommunal xo'jaligi ob'ektlarida ta'mirlash ishlarini olib borish;
Suv yo'llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish;
Aholi punktlarini obodonlashtirish;
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o'rmon xo'jaligini, o'simliklar karantinini saqlab turish xarajatlari;
3) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo'lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesini;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog'iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo'mitalari va idoralari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo'limlarini hamda Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy bo'linmalarini saqlab turish xarajatlari;
5) Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg'armalarini shakllantirish xarajatlari;
6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo'yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash xarajatlari;
6.1) harbiy-ma'muriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari.
7) Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga byudjet ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar o'tkazib beriladigan daromadlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar ajratilishi mumkin.
Tumanlar va shaharlar byudjetlarining xarajatlari
Tumanlar va shaharlar byudjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
Tumanlar (shaharlar) xalq ta'limi bo'limlari va maktabgacha ta'lim bo'limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta'lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;
Tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy poliklinikalari va koykasiz dispanserlar, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini saqlab turish xarajatlari;
Qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog'lig'ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
Tumanlar (shaharlar) madaniyat bo'limlari tasarrufidagi madaniyat muassasalarini, tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlari tasarrufidagi jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni, bolalar musiqa va san'at maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
Uyda ijtimoiy yordam ko'rsatish, Chernobil` AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob'ektlarida harbiy xizmatni o'tagan pensiya yoshidagi shaxslarni tumanlar (shaharlar) madaniyat bo'limlari tasarrufidagi madaniyat muassasalarini, tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlari tasarrufidagi jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni, bolalar musiqa va san'at maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
Uyda ijtimoiy yordam ko'rsatish, Chernobil` AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob'ektlarida harbiy xizmatni o'tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari;
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
Tumanlar va shaharlar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limlari, laboratoriyalarni, irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari huzuridagi tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo'limlarini saqlab turish;
Shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi ko'chalarni, shuningdek xo'jaliklararo qishloq avtomobil` yo'llarini ta'mirlash;
Uy-joy-kommunal xo'jaligi ob'ektlarida ta'mirlash ishlarini olib borish;
Aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo'limlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlari mablag'lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy bo'linmalarini saqlab turish xarajatlari;
4) fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
5) tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg'armalarini shakllantirish xarajatlari;
6) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Mamlakatimizda 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi 2017-2021- yillarga mo’ljallangan bo’lib, undagi beshta ustuvor yo’nalishning uchinchisi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari” 11deb belgilangan. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishga bag’ishlangan ustuvor yo’nalishda sanoat va xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish belgilab berilgan.
O’zbekistonda byudjet tizimi byudjetlari o’rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish, mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash borasida muntazam chora-tadbirlar tizimi amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2010-yilda hududlarni dotatsiyadan chiqarish dasturi ishlab chiqildi va 2011-moliya yili yakuni bilan barcha viloyatlar mahalliy byudjetlari dotatsiyadan chiqarildi. 2012-yildan boshlab bosqichma-bosqich ravishda hududlarni subvensiyadan chiqarish Dasturi ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2014-yilda Andijon viloyati, 2015-yilda Xorazm viloyati, 2016-yilda Samarqand viloyati, 2017-yilda Qorqalpog’iston Respublikasi subvensiyadan chiqarilishi nazarda tutilgan. Shuni qayd etish lozimki, amalga oshirilayotgan Dasturlar tub mohiyatini hududlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga erishish orqali mahalliy byudjetlarga tushumlarni oshirish hisoblanadi. Shu boisdan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy- imqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishishi jarayonida hududlarni rivojlantirish, ularning iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga qaritilgan loyihalarni ishlab chiqish va uni ro’yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratadilar. 2017-2021- yillarga mo’ljallangan O’zbekiston taraqqiyotinining Harkatlar strategiyasining to’liq holda amalga oshirilishi hududlarning iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va tarkibiy tuzilishini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakotlatlarini kengaytirishni taqozo etadi.
Mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, ularning daromad va xarajatlari o’rtasidagi muvofiqlikka erishish, shuningdek, hududlardagi ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishga erishish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli Qaroriga muvofiq, xarajatlarning ayrim turlari tuman/shahar byudjetlaridan, ayrimlarining viloyat byudjetidan moliyalashtirilishi belgilab qo’yildi.
Mahalliy byudjet xarajatlaridagi subvensiya ulushining turlicha bo’lishi bir qancha sabablarga bog’liq. Bunga birinchi navbatda mazkur tumanning iqtisodiy jihatdan rivojlanishi yirik sanoat korxonalarining mavjudligi, soliq to’lovchilar soni ta’sir qilsa, shu bilan birga, katta lalmikor (lalmikor yerlar uchun yer solig’i stavkalari past darajada) yer maydoniga ega bo’lib, aholi sonining va shundan kelib chiqib ijtimoiy obyektlar (maktab va shifoxona) sonining ko’pligidan xarajatlarning yuqoriligi sabablarini ham keltirish mumkin.
Davlat byudjeti xarajatlarining kutilayotgan ijrosi tasdiqlangan rejaga nisbatan ko'p bo'lishi ijtimoiy soha va boshqa kasb egalari mehnatiga haq to'lash miqdorlarining bosqichma-bosqich oshirilishi, yoqilg'i-energetika resurslari narxlari va tariflarining o'zgarishi hamda aholining kam ta'minlangan qatlamlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish maqsadlariga Davlat byudjetidan qo'shimcha mablag'lar yo'naltirish hisobiga to'g'ri keladi.
2019 yilga mo'ljallangan Davlat byudjeti xarajatlarining kutilayotgan ijrosi 117,7 trln. so'mni tashkil etib, tasdiqlangan rejaga nisbatan 12,1 trln. so'mga (11,4 foiz) yoki o'tgan yilga nisbatan 38,7 trln. so'mga (49,0 foiz) oshishi kutilmoqda.
1-diagramma
Do'stlaringiz bilan baham: |