Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq tushumlari, soliq stavkasining 5 foizdan 2 foizga pasaytirilganligi sababli, 44,5 foizga kamayishi kutilmoqda. Eng yuqori o'sish suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqda kuzatilmoqda, o'tgan yilga nisbatan o'sish 1,1 barobarni tashkil qiladi va byudjetga 140 mlrd. so'm mablag' qo'shimcha tushadi. Qimmatbaho metallar bo'yicha soliq solish bazasining kengayganligi natijasida yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 53,7 foizga yoki 4,5 trln. so'mga o'sadi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur chora-tadbirlar mahalliy byudjetlarning markazga bog’liqligini keskin kamaytirib, strategik muhim loyihalarni amalga oshirish, faol investitsiya siyosatini olib borishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligini mustahkamlashga zamin yaratadi.