O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “davlatiy moliya” kafedrasi kurs ishi


-rasm. O’zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetlarning daromadlarini balanslash manbalari7



Download 352,04 Kb.
bet4/11
Sana30.12.2021
Hajmi352,04 Kb.
#191312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi Ozodbek MM-75i

2-rasm. O’zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetlarning daromadlarini balanslash manbalari7

Mahalliy byudjetlar qonunda belgilangan tartibda o‘zining moliyaviy resurslariga ega. Mahalliy byudjetlarning daromadlari O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksiga ko‘ra quyidagilardan tashkil topadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari8:

1) belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan:

- yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

- yagona soliq to‘lovi;

- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

- tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq;

- qo‘shilgan qiymat solig‘i;

- aksiz solig‘i;

- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan:

- mol-mulk solig‘i;

- yer solig‘i;

- yagona yer solig‘i;

- ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun yig‘im;

3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

4) bozorlardan tushadigan daromadlar;



5) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga davlat tasarrufiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, ijaraga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi. Ammo, ushbu manbalardan keladigan daromadlar mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini, ularning balansliligini ta'minlash uchun yetarli emasligi sababli yuqori byudjetdan quyi byudjetga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, subvensiya hamda dotatsiyalar ajratiladi. Bunday daromadlar ushbu byudjetlarni tartibga soluvchi, ya'ni ularni balanslovchi daromadlari bo‘lib xizmat qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir mahalliy byudjet o‘z daromadlarini shakllantirish manbasining qonuniy asosi belgilab qo‘yilgan. Ammo shunga qaramay, mamlakatimizdagi har bir viloyat, tuman va shaharlarning iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiy salohiyati, tabiiy iqlim sharoitlari va demografik ko‘rsatkichlari hamda geografik joylashuvi bir xil emas, shundan kelib chiqib bu hududlarning daromadlari va xarajatlari o‘zaro mutanosib bo‘lmasligi tabiiy holdir. Masalan, ba’zi bir hududlarimizda aholi soni yuqori hamda tabiiy iqlim sharoitlari yomon, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma bugungi kun talablariga javob bermaydi. Albatta, bunday hududlarda xarajatlar sarfi yuqori bo‘ladi, biroq bu xarajatlarni tegishli mahalliy byudjet o‘z daromadlari hisobidan moliyalashtirish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun ijtimoiy- iqtisodiy infratuzilma talab doirasida emas va buning natijasida ushbu hududlarda o‘z-o‘zidan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa tadbirkorlik sohalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladigan omillar yuzaga keladi va bu faoliyat turlaridan tushadigan mahalliy soliqlar miqdorini kamayishiga sabab bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, mahalliy byudjetlar davlat byudjetining ajralmas muhim bo‘gini hisoblanadi. Shunday ekan, yuqori turuvchi byudjet quyi turuvchi byudjetlarga ular xarajatlarini o‘z daromadlari hisobidan amalga oshirishga resurslari yetishmagan holatlarda ushbu byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi farqni qoplash maqsadida turli ko‘rinishlarda moliyaviy yordamlar ko‘rsatadi. Shuni aytib o‘tish zarurki, mamlakatimizda har bir mahalliy byudjet balansli daromad va xarajatlarga ega, ya’ni mahalliy byudjetlarda byudjet defitsitiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, mamlakatimizda har bir byudjet o‘rtasida yuzaga keladigan moliyaviy operatsiyalar byudjetlararo munosabatlar qoidalari asosida amalga oshiriladi va tartibga solinadi.

Ma’lumki, mamlakatimizda so‘nggi yillarda yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetlar berilayotgan ajratmalar miqdori kamaytirishga harakat qilinmoqda. Bugungi kunga kelib, respublikamizda barcha viloyatlar dotatsiyadan butunlay chiqarildi ,biroq ularga hali hanuz maqsadli subvensiyalar ajratib kelinmoqda.

Hozirda Moliya vazirligi tomonidan hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda 2017-2021- yillarga mo‘ljallangan Hududiy dasturlar asosida mahalliy byudjetlar daromadlari bazasini kengaytirish, yangi ishlab chiqarishni tashkil qilish orqali subvensiya miqdorini kamaytirish, kasanachilik, savdo tizimi va bozor infratuzilmasini hamda kam quvvatli ishlab chiqarish obyektlarini modernizarsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bularning barcha hududlar moliyaviy barqarorligini oshirish va joylarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan say’-harakatlar hisoblanadi. Bunday sharoitda, iqtisodiy nochor hududlarni rivojlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ular byudjetlarini barqarorlashtirish uchun zamin yaratish maqsadida beriladigan ajratmalar, jumladan, dotatsiya, subvensiya va subsidiyalar hamda byudjet ssudalarining ahamiyati katta.

Demak, mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash orqali davlat o’ziga tegishli hududlarning kompleks iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashga qodir bo’ladi. Shu sababli, mahalliy byudjetlar darajasida soliq-byudjet siyosatining ustuvor vazifalari sifatida quyidagilar belgilab qo’yilgan9:



Birinchi, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning aniq turlarini ularga biriktirib qo’yish orqali mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini tubdan mustahkamlash;

Ikkinchi, viloyatlar, shahar va tuman byudjetlarini subvensiyadan chiqarish, ularning yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga bo’lgan qaramligini bosqichma-bosqich qisqartirish, buning asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari erkinligi va mas’uliyatini oshirish;

Uchinchi, mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirish uchun tizimli asosda qo’shimcha rezervlarni aniqlab borish;

To’rtinchi, deputatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilgan holda, mahalliy byudjetlarni shakllantirishning shaffofligini va uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

Beshinchi, mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash hamda xarajatlarining tasdiqlangan parametrlarini o’z vaqtida, maqsali moliyalashtirish, ijtimoiy soha obyektlari va infratuzilmani yanada rivojlantirish va tegishli darajada saqlab turishni ta’minlash ustidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, moliya va soliq organlarining javobgarligini kuchaytirish.

Demak, mahalliy byudjetlarning byudjet tizimida alohida o’rni bo’lib, ularni mustaqil qilish, daromadlarini barqarorlashtirish respublika darajasida muhim ahamiyat kasb etadi.




Download 352,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish