O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Kredit risklarini boshqarish elementlari116



Download 2,42 Mb.
bet71/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Kredit risklarini boshqarish elementlari116


Risklarning darajalari

Riskning aniqlanishi

Risk nazorati

Monitoring

1-Daraja
Kredit siyosati

Kredit tahlili

Yuridik ekspertiza

Kredit portfeli nazorati

2-Daraja Kreditning rejalashtirilishi

Kredit
shartnomasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash (avtorizatsiya)

Kreditning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish.



Hisobotlar nazorati



3-Daraja Kredit narxini shakllantirish

Ichki kredit reytingi



Kreditlarni kuzatib borish va ularga rezerv shakllantirish

Ichki (kredit) auditini o‘tkazish

Risk mavjud ekan, kelajakdagi voqealarining rivoji to‘g‘risida bir nechta muqobil stsenariylar mavjud bo‘ladi. Ushbu stsenariylar tahlili risklarni baholash va boshqarishda muhim instrument bo‘lib hisoblanadi.
Stsenariylar tahlili risk mavjud bo‘ladigan vaqt intervalini tahliliga, daromad va xarajatlarga riskning ta‘siri tahlilini, ijobiy va salbiy stsenariylarning amalga oshish ehtimolining tahlilini o‘z ichiga oladi.
Risklarni nazorat qilish funktsiyasi bankning mutaxassislari, boshqaruvchilari, bo‘lim boshliqlari va ta‘sischilari bo‘yniga yuklatiladi. Umuman olganda risklarni boshqarish funktsiyasini amalga oshirish bank bo‘limlarining har kunlik natijalarida aks etadi. Banklarning ushbu risklarga tortilganlik darajasi ishlarning to‘g‘ri tashkil qilinishi darajasiga, kadrlarni tanlash usuliga, bank bo‘limlarining operativliligiga bog‘liq bo‘ladi.
Risklar monitoringi deganda risklarni doimiy ravishda mustaqil baholash va boshqarish tizimi tushuniladi. Monitoring hisobotlar yuritish, ichki va tashqi audit qilish va kreditlarni tahlil qilish orqali olib boriladi. Monitoring talablari doirasida tuziladigan hisobotlar menejerlarga kerakli konkret ma‘lumotlardan iborat bo‘ladi. Ushbu ma‘lumotlar bankning joriy faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi va ularning asosida bankning bir bo‘limiga yoki butun bankka tegishli bo‘lgan qarorlar qabul qilinadi.
Shuni alohida ta‘kidlab o‘tish lozimki, risklarni boshqarish amaliyoti hali to‘lig‘icha shakllanib bo‘lmadi, bu hali davom qilayotgan jarag‘n hisoblanadi. Hamma banklar tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan metod hali yaratilmagan va iqtisodchilar fikriga ko‘ra, yaratilishi mumkin emas. Buning asosiy sababi, har bir bank o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi va o‘zi



116Muallif tomonidan tuzilgan
joylashgan mintaqa bozorlariga, mutaxassislarining bilimlari va tajribalariga, shakllantirgan reputatsiyasiga va olib boradigan operatsiyalariga asoslangan holda faoliyat yuritadi.
Ishonchli faoliyat yuritayotgan konkret bir bank tomonidan ishlab chiqilgan risklarni boshqarish modelini butunicha olib uni boshqa bank amaliyotiga tadbiq etish bankka salbiy ta‘sir etishi mumkin. Chunki, bir bank uchun boshqariladi, deb baholangan risklar ikkinchi bank tomonidan boshqarila olmasligi mumkin.
Bazel II talablari kapitalni banklar faoliyatida yuzaga keladigan risk turlarining kengaytirilgan shkalasi bo‘yicha hisob-kitob qilishni taklif etadi, ya‘ni Bazel qo‘mitasi taklif qilingan risk turlarini uchta yirik toifaga ajratdi: kredit riski, bozor riski va operatsion riskga. Bundan tashqari nazorat funktsiyalari risklarni tijorat banklari tomonidan ichki uslub asosida nazorat qilish, ma‘lumotlarning shaffofligi va bozor intizomi nuqtai nazaridan o‘zgartirildi.
Bazel qo‘mitasi tijorat banklari faoliyatida yuzaga keladigan kredit risklarini qarzdor yoki kontragent tomonidan o‘z majburiyatlarini kelishilgan shartlarga muvofiq bajara olmaslik extimoli deb baholaydi. Majburiyatlarni bajara olish qobiliyati qarzdorning moliyaviy xolatiga bog‘liq. Mijozning kredit qobiliyatini va kelajakda kredit bo‘yicha foiz to‘lovlarini amalga oshirish qobiliyatini baholash uchun bank mijozning ahvoli, xususan oylik pul oqimlari (daromad va xarajatlari) to‘g‘risida axborotlarini olish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Kredit riskini miqdoriy jihatdan aniqlash maqsadida kreditlar tasniflanadi va ularning har biri bo‘yicha zaxira tashkil qilish me‘yorlari belgilanadi. Xalqaro Bazel qo‘mitasining kreditlarni tasniflash bo‘yicha belgilagan me‘yorlari asosida faoliyat yurituvchi evrozona mamlakatlarining tijorat banklari kreditlardan ko‘rilgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarini tashkil qilish uchun kreditlarni uch guruh bo‘yicha tasniflaydi. Kredit riskining darajasini aniqlash maqsadida kreditlarning o‘zi ham riskka tortiladi. Xalqaro Bazel andozalari bo‘yicha tijorat banklari tomonidan mijozlarga berilgan kreditlarning risk darajasi 100 foizga teng.
Bazel qo‘mitasi operatsion riskni ichki jarayonlar va tizimlarning nomuvofiqligi, xodimlarning mas‘uliyatsizligi yoki boshqa tashqi omillar hisobiga yuzaga keladigan havf-xatar deb baxolaydi. Mazkur tushuncha bank va uning xodimlari tomonidan qonunchilikka, ahloqiy me‘yorlarga, shartnoma majburiyatlariga rioya etmaslik hamda sud jarayonining ko‘zg‘atilishi tufayli yuzaga keladigan huquqiy riskni ham ko‘zda tutadi. Operatsion risk turlari quyidagilardan iborat:

    • Ichki bo‘hton va firibgarlik, ya‘ni dillerlar tomonidan bank holati buyicha noto‘g‘ri ma‘lumotlarning berilishi, xodimlar tomonidan amalga oshirilgan o‘g‘irliklar, xodimlarga berilgan pora evaziga kredit hujjatlarini soxtalashtirish va boshqalar;

    • Tashqi bo‘hton va firibgarlik, ya‘ni hujjatlarni o‘g‘irlash va soxtalashtirish, kompyuter aloqalariga ruxsatsiz kirish, kredit olish uchun noto‘g‘ri ma‘lumotlar taqdim etish;

    • Mijozlar, xizmatlar va biznes yuritish standartlariga oid ma‘lumotlardan ruxsatsiz foydalanish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va xisobvaraqlardan foydalangan holda firibgarlik;

    • Moddiy aktivlarga zarar etkazish, ya‘ni qo‘poruvchilik, terrorizm, er qimirlashi va boshqa tabiiy ofatlar;

    • Ishdagi, axborot va aloqa tizimidagi xatolik va uzilishlar, ya‘ni texnikaning ishlamay qolishi, telekommunikatsiya muammolari va dasturdagi uzilishlar;

    • Hujjatlarni rasmiylashtirish, operatsiyalar o‘tkazish va jarayonlarni boshqarish, ya‘ni ma‘lumotlarni kiritishdagi xatoliklar, xuquqiy hujjatlarning etishmasligi, kredit ta‘minotiga tegishli xatoliklar va boshqalar.

Operatsion risk bilan ishlash usullari va darajasi turli banklarda risk darajasi va turi, bank operatsiyalarining hajmi va turiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘ladi. Ammo Bazel-II talablarida kapitalga nisbatan talabni aniqlashda operatsion risklarni o‘lchashning 3 ta usuli: baza ko‘rsatkichlari asosida yondashuv, standartlashgan yondashuv, rivojlantirilgan yondashuvni keltiradi.
Hozirgi kunda Bazel Qo‘mitasi valyuta risklariga aloqasi bo‘lgan talablarning majmusini ishlab chiqmoqda va ushbu majmua turli davlatlarda risklarni boshqarishga bo‘lgan yondashuvni
yaqinlashtirilishiga imkon beradi. Ushbu hujjatning varianti «Kapital to‘g‘risidagi Kelishuvning muddatli valyuta operatsiyalari bo‘yicha ko‘ptomonlama netting da qo‘llanilishi» nomi bilan nashr etildi.
―Bazel-3‖ga muvofiq, tijorat banklari likvidliligini tartibga solish bo‘yicha 2 ta koeffitsientni (liquidity coverage ratio, net stable funding ratio) joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida joriy likvidlilik koeffitsienti (Liquidity Coverage Ratio (LCR)) 2019 yil 1 yanvardan boshlab joriy qilinadi. Bunda joriy likvidlilik koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
LCR= (yuqori sifatli likvid aktivlar zaxirasi)/(30 kun mobaynidagi sof pul chiqimlari) ≥
100%
Ushbu koeffitsient banklarning yuqori sifatli likvid aktivlari zaxirasi yaqin 30 kun
mobaynida kutilishi mumkin bo‘lgan pul chiqimlari – majburiyatlarni qay darajada qoplay olishini anglatib, uning me‘yoriy darajasi minimum 100 foiz etib belgilanadi.
Bu o‘rinda yuqori sifatli likvid aktivlarga quyidagi xususiyatlar xosdir:

  1. fundamental xususiyatlar: a) kredit va bozor riskining pastligi; b) qiymatni baholashning aniqligi va soddaligi; v) riskli aktivlar bilan kuchsiz korrelyatsiyaga egaligi; g) rivojlangan va taniqli birjalar listingidan joy olishi.

  2. bozor xususiyatlari: a) faol va yuqori aylanmali bozorga ega bo‘lishi; b) market- maykerlarning mavjudligi; v) bozor kontsentratsiyasining pastligi; g) sifat tomon ―uchish‖ (flight to quality) tendentsiyasi (tarixan, bozorlar tizimli inqiroz sharoitida muayyan aktivlardagina o‘sish tendentsiyalarini saqlab qoladi).

Ikkinchi koeffitsient sof barqaror manbalar koeffitsienti (The Net Stable Funding Ratio (NSFR)) deb nomlanib, 2018 yil 1 yanvardan boshlab joriy etiladi va quyidagicha aniqlanadi:
NSFR= (barqaror manbalarning mavjud miqdori)/(barqaror manbalarning talab qilingan miqdori) ≥ 100%
Bunda barqaror manbalar tijorat bankining kapitali, 1 yil va undan ortiq muddatda so‘ndiriladigan qarz majburiyatlari, bank depozit bazasining barqaror qismi kabilardan tashkil topadi. Barqaror manbalarning talab qilingan miqdori bank aktivlarini aktivlar turiga qarab belgilangan omilga(faktor) ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Bunda faktor bank aktivlari turiga qarab quyidagicha belgilanadi:

  1. naqd pul, pul bozori instrumentlari, bir yildan kam muddatda so‘ndiriladigan qimmatli qog‘ozlar, boshqa moliyaviy muassasalarga berilgan kreditlarning 1 yildan kam muddatda so‘ndiriladigan qismiga 0%;

  2. hukumat, markaziy banklar, AA va undan ortiq reytinga ega bo‘lgan ko‘p tomonlama taraqqiyot banklarining 1 yil va undan ortiq muddatda so‘ndiriladigan qimmatli qog‘ozlariga 5%;

  3. 1 yil va undan ortiq muddatda so‘ndiriladigan kamida AA reytingiga ega bo‘lgan korporativ obligatsiyalarga 20%;

  4. yirik birjalar va kapital bozori indekslariga kiritilgan aktsiyalar va likvid bozorlarda faol savdo qilinadigan, 1 yil va undan ortiq muddatga ega va AA- dan A-gacha reytinga ega bo‘lgan korporativ obligatsiyalar, korporativ mijozlarga berilgan kreditlarning 1 yildan kam muddatda so‘ndiriladigan qismiga 50 %;

  5. chakana mijozlarga beriladigan kreditlarning 1 yildan kam muddatda so‘ndiriladigan qismiga 85%;

  6. boshqa aktivlarga 100 %.

Umuman olganda, sof barqaror manbalar koeffitsienti bankning aktiv operatsiyalarini o‘rta va uzoq muddatda moliyalashtirish imkoniyatini yanada oshirishni ko‘zda tutadi.



    1. Download 2,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish