O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Download 2,42 Mb.
bet66/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Miqdoriy ko’rsatkichlar orqali baholash usuli asosan banklar faoliyatining rivojlanishini tahlil qilish maqsadida qo‘llanilib, ularga quyidagilar kiradi:

Bu ko‘rsatkichlar orqali banklar faoliyati ommalashtiriladi.
Baholashning ommaviy axborot vositalari yordamida ikkinchi turi sifat ko’rsatkichlari bo‘lib, ular bankning ishonchlilik darajasini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlar turkumiga quyidagilar kiradi:

    • kapitalning etarliligi;

    • aktivlar sifati;

    • daromadlilik darajasi;

    • bank likvidliligi.

Umuman bunday tizimlar quyidagi vazifalarni hal etadi:

  • kredit tashkilotlarini inspektsiya va uzoqlashtirilgan monitoring doirasida bir tizimga keltirilgan tarzda rasman baholash;

  • banklarni va muammolar mavjud bo‘lgan yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni identifikatsiya qilish;

  • nazorat idoralari resurslarini maqbul taqsimlash uchun tekshiruvlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;

  • nazorat organining o‘z vaqtida ish boshlashini uyushtirish.

Barcha mamlakatlarda bank nazorati va reytingining asosiy ob‘ekti kredit muassasalar, ya‘ni tijorat banklari hisoblanadi. Jahonning rivojlangan davlatlari tajribasiga ko‘ra, emissiya banki va tijorat banklari tarmog‘ini o‘z ichiga olgan ikki pog‘onali bank tizimini samarali faoliyat ko‘rsatishini yo‘lga qo‘ymay turib, davlat iqtisodiyotini yuksaltirish va uning barqarorligiga erishish mumkin emas. Bunda birinchi pog‘onada Markaziy bank bo‘lib, u mamlakatning pul muomalasini va barcha kredit muassasalarining faoliyatini tartibga solib turadi. Ikkinchi pog‘onani esa tijorat banklari va boshqa kredit tashkilotlari tashkil etadi.
Bank nazorati va ularga reytig berishni amalga oshirishning bir qator sabablari manfaatlar nuqtai nazaridan kelib chiqadi va ular quyidagilardan iborat:
Birinchidan, banklar mamlakat aholisining jamg‘armasini asosiy saqlovchisi hisoblanadi. Banklar faoliyatini nazorat qilish mamlakat aholisini moddiy zarar ko‘rishdan saqlash uchun tashkil etiladi.
Ikkinchidan, bank kreditorlari manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar faoliyatini nazorat qilish, tartibga solish amaliyotlari qo‘llaniladi va yakunda reyting natijalari beriladi. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar va individual shaxslar o‘z faoliyatlarini rivojlantirish, turmush farovonliklarini oshirish uchun tijorat banklarining turli xil kreditlaridan foydalanishadi.
Uchinchidan, hukumat o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish uchun samarali bank nazoratini tashkil qilishga harakat qiladi. Bu butun iqtisodiyotni inqirozga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, banklar bo‘sh pul mablag‘larini jalb etib, ularni kreditlar uchun yo‘naltirish bilan mamlakatdagi iqtisodiy faollikni oshirib, ishsizlik darajasini kamaytiradi, shu bilan birga, mamlakatdagi pul massasiga bilvosita tasir etib, inflyatsiyani keltirib chiqaradi.
To‘rtinchidan, bank aktsiyadorlari va omonatchilar manfaatlarini himoya qilish uchun ham bank nazorati va reytingini berish tashkil etiladi.
Bozor iqtisodiyoti to‘liq qaror topgan rivojlangan davlatlarda davlatning bank nazorati sohasidagi siyosatining asosiy maqsadlarini iqtisodchi olim V.Yu.Kuznets quyidagilardan iborat deb ta‘kidlaydi107:

  1. pul taklifi ustidan nazorat o‘rnatish;

  2. iqtisodiyotdagi moliyaviy nobarqarorliklarga barham berish;

v) banklarning foyda asosida faoliyat yuritishini ta‘minlash;
g) bank tizimiga nisbatan ishonchsizlik tuyg‘ularini yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik.
O‘zbekiston bank tizimini qayta qurish mustaqil davlatimiz iqtisodiy tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Xo‘jalik mexanizmi bir maromda faoliyat yuritishi barqaror ishlaydigan banklar milliy tizimini taqozo etadi. Bugungi kunda iqtisodiyotni bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida sifat jihatidan butunlay yangi bank tizimi hamda bank nazoratini tub asosini yaratish va qurish uzluksiz davom ettirilmoqda.



    1. Download 2,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish