O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Xorijiy davlatlar amaliyotida tijorat banklarining likvidliligini baholash usullari



Download 2,42 Mb.
bet64/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Xorijiy davlatlar amaliyotida tijorat banklarining likvidliligini baholash usullari.


Rivojlangan mamlakatlar bank tizimlari bir-biriga o‘xshash bo‘lib tuyulsada ularning xar biri asrlar mobaynida tashkil topgan uziga xos bank ishi milliy munosabatlari va ularning tarkibiy qismlariga ega. Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va ularni barqarorligini ta‘minlash borasida xar qanday davlat ham o‘ziga xos tajribalarga ega. ―Hozirgi iqtisodiy inqiroz sharoitida bank tizimining likvidlik riski haqidagi savollar doimo vujudga keladi‖,- deb ta‘kidlaydi iqisodchi olima Angela Roma bank likvidligi haqida.106
Jaxon banklari amaliyotida ichki va tashki nazoratni tashkil etishga turlicha yondashuvlar mavjud. Intsitustional nuktai nazardan bu tizimining tashkiliy tuzilish usullari, Markaziy bankning ushbu tizimdagi o‘rni va roli bilan fark qiluvchi uch guruh mamlakatlarini ajratish mumkin:
nazorat faoliyati fakatgina Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatlar: Avtsraliya, Buyuk Britaniya, Islandiya, Ispaniya, Irlandiya, Italiya, Yangi Zellandiya, Portugaliya.
nazorat faoliyati Markaziy bank tomonidan boshqa organlar bilan birga amalga oshiriladigan mamlakatlar:
AKSh - Federal Rezerv Tizimi (FRT), Moliya vazirligi va mutsakil agentlik - Depozitlarni Sug‘urtalash Federal Korporatsiyasi (DSFK) bilan birgalikda;
Shveytsariya - Markaziy bank, Federal Bank Komissiyasi bilan birgalikda; Frantsiya - Frantsiya Banki, Bank Komissiyasi bilan birgalikda;
Germaniya - Bundesbank, Kredit Nazorati Federal Xizmati bilan birgalikda.
Nazorat faoliyati Markaziy bank tomonidan emas, balki boshqa organlar tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatlar: Kanada, Daniya, Lyuksemburg, Shvetsiya, Avtsriya, Finlandiya, Norvegiya.
Shunday qilib, bank nazorati ob‘ektiv zarurat ekan, ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi maxsus organlar xam zarurdir. Ushbu organlar maqomi bo‘yicha turlicha bo‘lishi mumkin, ammo ular ichida xamisha davlat organlari mavjud buladi. Shu bilan birgalikda ayrim mamlakatlarda bank faoliyatini tartibga soliq tizimining tashkil topishining amaliyoti tarixiy jixatdan karalganda shuni ko‘rsatmokdaki, ushbu jarayonlar turli mamlakatlarda turlichaligidan ko‘ra ko‘proq umumiy xususiyatlarga ega AKShda pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas‘ul organ bo‘lib - Federal Rezerv Tizimi (Markaziy bank) hisoblanadi.
AKSh da banklar faoliyatini nazorat etish va boshqarish bizdan farq qiladi. Bugungi kunda AKSh banklarini boshqarish va ularni faoliyatini nazorat etish quyidagi idoralar tomonidan olib boriladi:

  1. Federal rezerv sistemasi.

  2. Pul muomalasi nazoratchisi barcha milliy banklarni nazorat qiladi.

  3. Depozitlarni sug‘urtalovchi Federal korporatsiyasi bank va mijozlar depozitlarini sug‘urtalaydi, bankrotlikka uchragan banklarga o‘z vakolati doirasida yordam beradi.

  4. Adliya vazirligi.

  5. qimmatli qogozlar va birjalar bo‘yicha komissiya.

  6. Shtatlardagi bank faoliyati bo‘yicha komissiya yoki bank sovetlari yangi banklar ochilishi uchun charterlar beradi va o‘z navbatida shtatda charter olgan barcha banklarni doimiy tekshiradi hamda ularni doimiy ravishda nazorat etadi.

Hozirgi kunda AKShda tijorat banklari faoliyatini tartibga soliq quyidagi makroiqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan:
Mamlakat moliya-kredit tizimining barkarorligini qo‘llab-quvvatlash. Bank mijozlarining manfaatlarini himoya qilish.



106 “The Impact of Bank-specific Factors on the Commercial Banks Liquidity; Empirical Evidence from CEE Countries‖ by Angela Roma ―Procedia Economics and Finance‖ 2015
Muayyan iqtisodiy usish sur‘atlarini saqlab turish.
Iqtisodiy me‘yorlar tizimini aniklash va uning bajarilishi ustidan nazoratni Federal Rezerv Tizimi amalga oshiradi. AKShda hozirgi kunda iqtisodiy me‘yorlar tizimini ishlab chiqishda Bazelu bitimining takliflari asos kilib olingan. 1988 yilgacha AKShda etarli kapital mikdori barcha aktivlarning 5%i darajasida belgilangan edi. 1988 yildan boshlab kapitalning etarlilik talablari xatarni xisoblab chamalangan aktivlarning 8% darajasida belgilandi. 1993 yilning 1-yanvaridan boshlab barcha amerika banklari Bazelu bitimi talablariga bo‘ysinishga majburligi konun yo‘li bilan belgilab qo‘yildi. Xuddi shu tizimga o‘xshagan xolat Angliya bank tizimi faoliyatiga xam tegishli.
Angliya Bank tizimining o‘ziga xos xarakatlantiruvchi asosiy kismi va London pul bozorining asosiy qatnashchilari yirik tijorat banklaridan iborat cheklangan guruh xisoblanadi. Ular jumlasiga avvalo mamlakatning yirik «katta to‘rtlik» banklari: «Lloyds», «Midland», «Barklayz» va
«Neshnl Vetsmintser» kiradi.
Tijorat banklari va kredit-moliya institutlarining faoliyatini tartibga solish Angliya Banki tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu faoliyatni atroflicha taxlil qilish uchun bu soxada qabul kilingan muxim qonun va karorlarni kurib chiqish lozim.
Buyuk Britaniya bank tizimi tarixan kup xam nazoratga olinmagan, 1973-74 yillarda bir qator banklarning nisbatan qisqa muddatga mablag‘larni jalb qilib uzoq muddatga kredit berishi oqibatida bank tizimi inkirozga uchradi va bu xol 1979 yil bank konunining qabul qilinishiga asos bo‘ldi. Ushbu qonunga muvofiq depozit qabul qiluvchi institutlar ikki toifaga, banklar va listenziyalangan depozit qabul qiluvchilarga ajratildi. Bank sifatida listenziya olish uchun muassasalar etarlicha mablag‘larga ega bo‘lishi va o‘z mijozlariga turli-tuman bank xizmatlari ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Listenziyalangan depozit qabul qiluvchilar esa bank maqomiga ega bo‘lish uchun qo‘yilgan shartlarga to‘liq javob bera olmaydigan, ammo ayrim turdagi bank operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi moliya muassasalari edilar. Ushbu qonunda shuningdek "bank" so‘zini faqatgina etarlicha bank kapitaliga ega bo‘lgan xamda banklarga xos ko‘p turdagi operatsiyalarni amalga oshiruvchi moliya muassalarigina ishlatishi belgilab qo‘yildi.
1979 yilgi bank qonuni mayda bank depozitorlari va jamg‘armachilarini bank inkirozlaridan ximoya qilish maqsadida bank depozitorlarini himoyalash tizimini ishlab chiqdi. Ushbu AKShdagi Depozitlarni Sugo‘rtalash Federal Korporatsiyasi (DSFK) singari faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu tizim a‘zo banklarning vakillaridan tashkil topgan Depozitlarni ximoyalash Boshqarmasi tomonidan boshqariladi va uning boshlig‘i Angliya Bankining raisi hisoblanadi. Bu boshqarma Depozitlarni himoyalash Fondini boshqaradi xamda barcha banklar va depozit qabul qiluvchi muassalar o‘z depozit bazalariga nisbatan 0,3%, ammo 300,000 funt tserlingdan oshmagan miqdorda badal to‘lashlari shart.
1981 yilda qabul qilingan «Monetar Nazorat to‘g‘risidagi nizom»ga binoan bank muassalari va depozit qabul qiluvchilarning likvidligini ta‘minlash maqsadida bu muassasalar o‘z majburiyatlarining 0,5% ini Angliya Bankidagi operatsiyalarda qatnashmaydigan xisob rakamida saqlashlari shart qilib qo‘yildi. Shuningdek ushbu nizomga muvofiq Angliya Banki tomonidan uchet stavkalari e‘lon qilinmaydigan bo‘ldi, ammo bu intsrumentni zarur paytda qo‘llash kukuki saqlab kolindi. Lekin shunday bo‘lsada kupgina tijorat banklari va depozit qabul qiluvchi muassasalar beraetgan kreditlari uchun foiz stavkasini belgilash jarayonida Angliya Banki tijorat banklariga berayotgan kreditlar uchun belgilaydigan foiz stavkalarini asos qilib olmoqdalar.
Germaniya bank tizimida kredit tizimining turli zvenolari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning asosi sifatida universallashtirish tamoyili qo‘llaniladi. Unga binoan turli kredit muassasalari moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda bir hil xuquqga egadirlar.
Germaniyada tijorat banklari faoliyatini tartibga solish vazifasi Bundesbank va Kredit Nazorati Federal Xizmati zimmasiga yuklangan.
Bundesbank faqat birgina real ta‘sir vositasiga ega, ya‘ni u xam bo‘lsa majburiy rezervlashning eng kam miqdorini urnatish va tijorat banklari ustidan nazorat qilishning fakatgina ikki intsrumentiga ega - bular mablag‘larni rezervlash va xisobotlar qabul qilish. Boshqa nazorat funktsiyalari Moliya vazirligiga bo‘ysinuvchi Kredit Nazorati Federal Xizmati zimmasiga yuklangan.
Germaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari Bundesbankka bank balansi likvidligining axvoli xakida xar oyning oxirida talab etilgan shakllar bo‘yicha xisobot topshiradilar.
Frantsiya bank tizimi xam dunyodagi eng qadimgi va hozirgi kunda taraqqiy etgan tizimlardan biri sanaladi, shu sababli xam bizningcha uning tajribasini o‘rganish foydadan xoli emas.



    1. Download 2,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish