Antarktik gumbazning yon bag’ri qancha tik bo’lsa, stok shamollari o’shancha
atrofida esa, aksincha, stok shamollari emas, siklonik shamollar ko’proq bo’ladi.
Litl Amerika stantsiyasining orqasida kaftday tekis Ross shel‘f muzligi janubga
tomon davom etadi. Stok shamollarining kuchi va barqarorligi yilning turli
fasllarida turlicha bo’ladi. Yozda Antarktida qirg’og’ida shtil‘ havo haftalab
soviydi, stok shamollari esa qirg’oqda muntazam esa boshlaydi, sohilga siklon
yaqinlashib kelganda, bu shamollar sekin-asta kuchayib, dovul darajasiga yetadi.
Shunday vaqtlarda iliq dengiz havosi materik ichkarisiga kiradi. 1957 yil 24 iyulda
Mirniy yaqiniga siklon keldi, stok shamolining kuchi dovul darajasiga yetdi (40
Mirniyda -27°C dan -10°C ga, Vostok stantsiyasida esa -71°C dan -45°C ga tushdi.
Avgust o’rtalarida sohilta siklon yaqinlashib keldi, shu vaqt stok shamolining
kuchi dovul darajasiga yetdi. Ammo, stok shamollari sohilning o’zida emas, balki
chekkasiga nisbatan 45°C past. Materik ichida Yerning jahon sovuqlik qutbi bor.
70
m ko’tarilishda va okeandan 28
km uzoqlashishda temperatura o’rta hisob bilan
1°S pasayadi. Okeandan uzoqlashgan sayin va kenglik oshgan sari temperaturaning
yillik amplitudalari ham kattaroq tafovut qiladi. Mirniy yaqinida qutb tuni aslida
yo’q, ammo Vostok stantsiyasida qutb tuni 114 sutka davom etadi. Qutb tunida
havo juda ham siyrak. Qor ustida kuchli temperatura inversiyasi vujudga keladi.
Masalan, 1957 yil 9 mayda Vostok-1 stantsiyasida, ya’ni Mirniydan 635 km
masofada kuchli inversiya kuzatildi: temperatura qor yuzasida - 70°C bo’lsa, 350
m balandlikda-37°C ekanligi aniqlandi. Qishda bu yerda havo tinch bo’ladi,
temperatura inversiyasini, shamol hech bir o’zgartirmaydi. Banger vohasi Mirniy
atrofidagidan yozda issiqroq, qishda esa picha sovuqroq bo’ladi.
Antarktidada deyarli nuqul qor yog’adi, ammo Antarktika yarim orolida va
hatto Mirniy stantsiyasi bilan Litl Amerika stantsiyasida (78° janubiy kenglikda)
ahyon-ahyonda yomg’ir yoqqani ma’lum. Materikning ichki rayonlariga kirib
borgan sayin yog’in kamayadi. Ammo sohilning o’ziga emas, muzlik qatlamining
tik yon bag’irlariga ko’proq yog’in tushadi. Bu yon bag’irlarda orografiya siklon
yog’inlarining hosil bo’lishini kuchaytiradi. Antarktidadan 90 km naridagi
Drigal‘skiy orolida 1957 yil mobaynida 800 mm dan ortiqroq (suvga aylantirib
hisoblaganda), sohildagi Mirniyda 400 mm (Ross shel‘f muzligining chekkasiga
esa faqat 300 mm) yog’in tushgan bo’lsa, Mirniydan janub tomonda, muzlik
qalqonining yon bag’rida o’sha yili 600 mm yog’in tushdi. So’ngra, ichki
rayonlarga kirib borgan sayin yog’in kamayadi; Pionerskaya stantsiyasida 150 mm
gacha, Sovetskoe platosida 80-50 mm dan kam yog’in tushadi. Antarktidaning
hamma territoriyasiga ham yog’in kam - yiliga o’rta hisobda qariyb 200 mm.
Antarktidadagi qor faqat materik chekkasida, ayniqsa qoramtir qoyalarda
qor yozda juda tez eriydi. Lekin qirg’oqdan bir necha o’n kilometr uzoqlashish
bilan (dengiz sathidan 500-1000 m ko’tarilganda) qor erishi deyarli to’xtab qoladi,
chunki havo temperaturasi biron joyda ham 0°C gacha ko’tarilmaydi. Qorning
bug’lanishi katta ahamiyatga ega. Chekka polosada yiliga 200-250 mm gacha qor
bug’lanadi, bu miqdor yillik yog’in miqdoridan atigi 2 marta kam. Antarktidaning
markaziy rayonlarida qor juda kam bug’lanadi.
Juda ko’p qorni sharqiy va janubiy shamollar uchirib ketadi. Nunataklar
ustidagi qorni shamol uchirib ketgandan keyin ochilib qoladi. Stok shamollari
qorning ozgina qismini okeanlarga tushirib yuboradi, Materikdan 10 km masofada
stok shamollari tinib qoladi.
Antarktikada qish apreldan sentyabrgacha, yoz esa dekabrdan fevralgacha
davom etadi. Qishda Sovetskoe platosida to’rt oy qutb tuni bo’lib, shamol kam
esadi, sovuq 80°C ga yetadi va undan ham oshadi. Ahyon-ahyonda siklon
yaqinlashib, havo isiydi (sovuq -40°C gacha tushadi), ayni vaqtda Mirniy atrofida
Do'stlaringiz bilan baham: