Otnositelnoy Nedostupnosti (Borib bo’lmaydigan qutb) dan g’arb tomonda (bu
qutb dengiz sathidan 3720 m yuqori). Janubiy geografik qutbning dengiz sathidan
balandligi 2800 m ga yaqin. Muzlik gumbazining ustida, Viktoriya Yerida ayrim
tepalar - Nilson (4700 m), Markxem (4602 m), Ross orolida esa Erebus vulqoni
(3743 m) qad ko’tarib turadi.
G’arbiy Antarktida yuzasi ko’proq notekis. Xarakterli belgisi shuki,
birmuncha past (dengiz sathidan balandligi 2000 m dan ortiq) ikkita muzlik
gumbazi bor. Bir-biriga qo’shilib, yagona muzlik hosil qiluvchi bu ikki
gumbazning ayrim tog’lari muzni «yorib» chiqqan. AQSh ning «Byord»
stantsiyasi shu ikki muzlik gumbazining orasiga, dengiz sathidan 1553 m yuqoriga
qurilgan. Sentinel tog’ tizmasi 5140 m absolyut balandlikkacha ko’tarilib turadi.
Boshqa hamma materiklarning o’rtacha balandligi atigi 875 m bo’lgani
holda, Antarktidadagi muz yuzasining dengiz sathidan o’rtacha balandligi qariyb
2300 m. Bu balandlik meteorologik faktorlar bilan bir qatorda, materikda qalin
muzliklarning saqlanishiga va kengayishiga imkon beradi. Muzning eng qalin joyi
Sharqiy Antarktidada qayd qilingan, materikning bu qismida muzning qalinligi
5000 m ga boradi. Sharqiy Antarktidada muzlik qatlamining asosi dengiz sathidan
balandroq, G’arbiy Antarktidada esa ko’pincha dengiz sathidan pastroq.
Modomiki, muzlik qatlami qalinlashayotgan ekan, Ross dengizining janubi-sharqiy
burchagidan shimol tomonidagi Amundsen va Bellinsgauzen dengizlariga tomon
G’arbiy Antarktidani bo’g’oz kesib o’tadi, deb taxmin qilish mumkin. Uzoq
vaqtgacha Ross dengizi bilan Ueddell dengizi orasida bo’g’oz bor deb taxmin
qilingan edi. Holbuki bu dengizlar orasida bo’g’oz yo’q.
Polyus Otnositelg‘noy Nedostupnosti (Borib bo’lmaydigan qutb) yaqinida
1000 km masofada tog’li o’lka uzala tushib yotibdi. Bu o’lkaning dengiz satxidan
balandligi 3000 m, ustidagi muzning qalinligi esa atigi 1000 m.
Sharqiy Antarktidada muzning o’rtacha qalinligi 2200 m, G’arbiy
Antarktidada esa 2400 m deb hisob qilinadi. Kontinentdagi muz hajmi, ehtimol,
25-30 mln km3 (Yer yuzidagi materik muzi hajmining 9/10 qismi) ga yetsa kerak.
Antarktida muzi batamom eriydigan bo’lsa, dunyo okeanining sathi 60 m
ko’tariladi. Antarktikadagi materik orollarining soni esa shubhasiz ko’payadi.
Ammo materikning muzliklardan «bo’shash» natijasida bir necha yuz metr
ko’tarilishi hisobga olinsa, materik hozirgi maydoniga yaqin maydonni saqlab
qoladi, yoki loaqal Avstraliya materigining maydoni qancha bo’lsa, Antarktida
maydoni o’shandan kam bo’lmaydi deb taxmin qilish mumkin.
Shel’f muzliklarida past (balandligi ko’pi bilan 100 m) tekisliklarning o’ziga
xos rel‘efi bor. Muz tekisliklardan eng kattasi - Ross muzligi Fransiyadan kattaroq.
Sharqiy Antarktida geologik jihatdan uch yarusli platforma hisoblanadi.
Pastki yarus 20-30 km qalinlikdagi proterozoy va arxey jinslaridan tarkib topgan.
Ular qariyb bir milliard yil ilgari hosil bo’lgan. Ana shu jinslar juda ham
dislokatsiyalangan gneyslar, kristall slanetslar, migmatitlar (shu jumladan
cho’kindilardan hosil bo’lgan migmatitlar) va granitoidlardan iborat. Granitoidlar
pastki yarusnint qadimgiroq jinslari ichiga kiradi (intruziya). Bir necha kilometr
qalinlikdagi o’rta yarus juda ham o’zgargan cho’kindi jinslar - fillitlar, ohaktoshlar,
qumtoshlar va konglomeratlardan tarkib topgan. Bo’shroq dislokatsiyalangan bu
jinslar yuqori proterozoyga (siniy sistemasiga) kiradi. Nihoyat, platformaning
yuqori yarusi paleozoy va qisman mezozoy erasida hosil bo’lgan 1-2 km
qalinlikdagi cho’kindi jinslardan iborat. Ulardan bikon qumtosh qatlamini, devon,
perm-karbon va qisman trias davrining toshko’mir qatlamlarini aytib o’tamiz.
Bikon qatlamlarida devon baliqlarining qoldiqlari, perm-karbon davridagi
glossopteris paporotnigi va hozirgi araukariyalarga o’xshaydigan trias
daraxtlarining tanalari topilgan.
Sharqiy Antarktidaning eng yirik struktura tuzilmasi Viktoriya Yerining
gorstli tizmasidir. Bu tizma shimoli-sharqqa tomon Koroleva Mod tizmasi shaklida
davom etadi. Sharqiy Antarktidada qadimgi va yosh razlomlar (yorilish chiziqlari)
ko’p. Doleritlarning suqilib kirgan joylari va qadimgi vulqonlar (Gauss) qadimgi
razlomlar atrofida ko’proq, yosh razlomlarda esa rel‘efning pasaygan joylari va
hozirgi vaqtda otilayotgan vulqonlar (Erebus) bor. Makenzi dengizi (qo’ltig’i)dan
materikka kiradigan razlom depressiyasi ayniqsa buyuk. Bu depressiyada juda
katta Lambert muzligi bor.
G’arbiy Antarktidada paleozoy erasidan to kaynozoy erasigacha hosil
bo’lgan jinslarning butun bir seriyasi mavjud. Ularning hammasi Sharqiy
Antarktidaga qarama-qarshi o’laroq juda ham dislokatsiyalangan va intruziyalar
yorib kirgan. Bu strukturalar And strukturalarining bevosita davomi hisoblanadi.
G’arbiy Antarktidaning tog’lik rel‘efi va Sharqiy Antarktidani G’arbiy
Antarktidadan ajratib turgan bukilma (tog’ oldidagi bukilma) o’sha strukturalarga
bog’liq. G’arbiy Antarktidaning yura va bo’r davrlarida hosil bo’lgan
yotqiziqlarida (ayniqsa Antarktika yarim orolining shimoliy chekkasida)
ammonitlar, mollyuskalar, chuvalchanglar, marjon poliplar, igna tanlilar,
baliqlarning qoldiqlari, araukariyalarning toshga aylangan qoldiqlari keng
tarqaltan. Miotsen davrining yotqiziqlarida janub buk daraxtlarining qoldiqlari
topilgan. Bu buk daraxtlari hozir Olovli Yer va Yangi Zelandiya orollarida o’sadi.
Bu orollardagi yillik o’rtacha temperatura Antarktika yarim orolidagidan 10°C
yuqori. Neogen davrining oxirida, yarim orolning qirg’og’i yonida dengiz
mollyuskalarining qoldiqlari taxlangan. Bular Antarktida qirg’oqlari yonidagi
okean suvlari hozirgidan issiqroq bo’lganini ko’rsatadi. Antarktidaning paleografik
taraqqiyotidagi eng yosh voqea muzlik bo’ldi. Ehtimol, muzlik YYevropadagidan
ilgariroq boshlangandir. Antarktidaning chekka qismida materik muzlari
hozirgidan qalinroq bo’lib, hozirgi zamondagi shel‘fni qoshib turtan. Janubiy
okean tubidan olingan grunt namunalari shuni ko’rsatadiki, to’rtlamchi davr
mobaynida sovuqroq sharoit bir necha marta issiq sharoit bilan almashingan,
ammo bu sharoit butun muzlik qatlamini eritib yubora oladigan darajada issiq
bo’lmagan va uzoq davom etmagan. Antarktidaning muzlik qatlami hosil bo’lgan
paytidan buyon doim mavjud.
1908 yildayoq bikon yotqiziqlarida toshko’mir qatlamlari topilgan edi.
Ammo Antarktida ko’mirining hozircha iqtisodiy ahamiyati yo’q, chunki ko’mir
konlari qirg’oqdan uzoqda, Georg V Qirg’og’ida esa ko’mirli slanetslar topilgan,
xolos. G’arbiy Antarktidada kvars-pirit tomirlari, qo’rg’oshin, temir, mis borligi
ma’lum. Sharqiy Antarktidada monatsit, temir, marganets, oltin bor deb taxmin
qilishadi. Lyutsov-Xolm qo’ltig’i qirg’og’ida yapon tadqiqotchilari uran rudasi
topilganligini ma’lum qildilar. Hozircha, Antarktidaning biron joyida ham foydali
qazilmalar chiqarilayotgani yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |