O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

shtormlar  beto’xtov  davom  etib,  dovulga  aylanadi.  Ammo  sovuq  ahyon-

ahyondagina 40°C ga yetadi. 

Yozda  Sovetskoe  platosida  qutb  kuni  to’rt  oy  davom  etadi.  Shamol  kam, 

havo uncha bulut bo’lmaydi. Quyosh beto’xtov nur sochib, havoni isitadi, natijada 

temperatura  -70°C  dan  -30°C  ga  tushadi.  Qor  bo’sh  bo’lgandan  yurish  qiyin, 

chunki  qor  shamolda  zichlashmaydi.  Muzliklar  qoplangan  yon  bag’irda  stok 

shamollari  hamon  esaveradi  va  hatto  kuchayadi.  Mirniy  atrofida  ko’p  vaqt  oftob 



charaqlab  turadi.  Mirniyda  ko’pincha  shamol  esmaydi.  Havo  temperaturasi  0°C 

atrofida  bo’lib,  muzlik  bar‘eri  yaqinida  ko’pgina  suvlar  sharillab  oqadi.  Ammo 

vaqt-bavaqt  sharq  tomondan  siklon  bulutlari  bosib  keladi.  Bir  necha  kun 

mobaynida  sharqdan  shtorm  shamoli  esadi,  pastda  bo’ron  qutiradi.  So’ngra  yana 

oftob chiqib havo jim-jit bo’lib qoladi. Antarktida vohalarining ob-havosi ayniqsa 

o’ziga xosdir. Vohalardagi havo temperaturasi yon-veridagi muz temperaturasidan 

bir  necha  gradus  iliq  bo’ladi.  Qoyalarning  cho’l  oftobida  qoraygan  va  oq  tuz 

pardasi bilan qoplangan yuzasi 30°C gacha qiziydi, havo esa 11°C gacha va undan 

ortiq  isiydi.  Isigan  havo  yuqoriga  ko’tariladi,  suv  bug’lari  tushga  yaqin 

quyuqlashib, kichik-kichik to’p bulutlarni hosil qiladi. Ba’zan qozonsoylarda sho’r 

va  oqmas  ko’llar  uchraydi.  Ammo  mayda  tuproqda  sovuq  izlari  -  sovuqda  hosil 

bo’lgan  yoriqlar,  ko’p  qirrali  tosh  dog’lari  ko’rinib  turadi.  Muzlagan  qatlam 

qalinligi  100  m  ga  yetadi  va  undan  ham  oshadi,  ammo  ko’llar  ostida  yer 

muzlamagan  bo’ladi.  Qoyalarni  shamol  siyqalab,  ko’pgina  tosh  kataklarni  hosil 

qilgan. Sharqiy shamollar mayda tuproqni muz ustiga olib chiqadi, shuning uchun 

qoyalardan g’arbga tomon muzlar iliq havo ta’sirida ayniqsa ko’p eriydi. Ular muz 

ustida bir talay ko’kimtir qor ko’llar, soy jilg’alar hosil qiladi. 

Antarktida  muzlik  qalqonlari  bilan  qoplangan,  ular  bir-biriga  qo’shilib 

ketgan,  ammo  shakli,  to’yinishi  va  harakati  jihatidan  farq  qiladi.  Sharqiy 

Antarktidaning  muzlik  qalqoni  zaminining  past-balandliklarini  bir  qadar 

takrorlaydi. 

Sharqiy  Antarktidadagi  eng  katta  qalqonning  markaziy  qismi  Sovetskaya 

stantsiyasi  bilan  Polyus  Otnositelg‘noy  Nedostupnosti  o’rtasidagi  tog’lik  ustida. 

Janubiy qutb atrofi keng pastlikda. Ikkinchidan, Komsomol‘skaya stantsiyasi bilan 

Janubiy  qutb  oralig’ida  muz  tagi  deyarli  gorizontal  bo’lib,  dengiz  sathi  bilan 

baravar.  G’arbiy  Antarktida  muzlari  Sentinel  va  Ispolnitelniy  Komitet  tizmalari 

ustida bir-biriga yondoshgan muzlik qalqonlarini hosil qiladi. 

Antarktida muzlik qoplamining chekkasidagi ayrim joylarda kichkina, shakli 

juda  to’g’ri  muzlik  gumbazlari  bor.  Mirniydan  90  km  shimol  tomondagi 

Drigal‘skiy oroli bularga misol bo’la oladi. Gumbazning bo’yi 20  km, eni 13 km, 

muzning  qalinligi  420  m,  shundan  120  m  ga  yaqini  dengiz  sathidan  past.  Orol 

Morena  ustida,  orol  ustidan  qaraganda  deyarli  to’g’ri  oval  shaklida,  yuzasining 

elliptik profili esa muzning bemalol yoyilib tushganligidan guvohlik beradi. 

Antarktida  muzlik  qoplamining  ayrim  joylari  materik  chetiga  tekis  tushadi. 

Ammo,  muz  past-baland  yuzada  bo’lgan  joylarda  kambar  muz  daryolari  yuzaga 

yorib chiqadi. Bu muz daryolari muz qirg’oqlar ichida oqadi va tog’ muzliklarini 

eslatadi. Qo’p joylarda materik muzning chekkasida pastak muz tekisliklar - shel‘f 

muzliklari  hosil  bo’lgan.  Bu  muzliklarning  maydoni  juda  katta.  Shel‘f 

muzliklarining  yuzasi  dengiz  sathidan  atigi  bir  necha  o’n  metr  ko’tarilgan, 

muzning  qalinligi  esa  300-800  m  ga  yetadi  (Rossning  shel‘f  muzligi).  Bu 

muzliklarda  firn  ro’yi-rost  qat-qat  bo’lib  turadi,  bu  qatlamlar  jarliklarda  yaxshi 

ko’rinadi.  Shel‘f  muzliklari  yo  suvda  suzib  yuradi  yoki  orollarga  tayanadi. 

Antarktida  vohalarining  yuzasida  katta  qor  uyumlariga  o’xshash  tepalar  bor. 

Haqiqatda  esa  ular  qoyalarning  shamolga  teskari  yon  bag’irlari  oldiga  shamol 

uchirib kelgan qor muzliklaridir. 



Antarktida muzlari Janubiy okean qirg’og’iga yaqinlashib keladi. V.I.Bardin 

va  V.I.Shilnikovning  hisoblariga  qaraganda,  materik  muzlik  chekkasining 

uzunligidan 46 protsenti materik yon bag’ridan, 45 protsenti shel‘f muzliklaridan, 

9  protsenti  muz  daryolarining  chetlari-qoyalardan  hosil  bo’lgan.  Deyarli  hamma 

joyda  muz  okeanga  uchib  tushib,  muz  tog’lari-aysberglarni  hosil  qiladi. 

Aysberglarni uch tipga ajratish mumkin: juda katta, yassi shel‘f aysberglari chekka 

muzliklardan  uzilib  tushadi;  ajoyib  shakldagi  gletcher  aysberglari  muz 

daryolaridan  hosil  bo’ladi.  Shel‘f  aysberglari  ham,  gletcher  aysberglari  ham 

okeanning  sayoz  joyida  to’xtab  qolib,  qor  bosishi,  muzi  erib  gumbaz  shakliga 

kirishi  va  shu  tariqa,  gumbazsimon  aysberglarga  aylanishi,  keyinchalik  esa 

Drigal‘skiy oroliga o’xshash muzlik gumbazlari ham vujudga kelishi mumkin. 

Antarktidaning  deyarli  butun  muzi  yog’in-sochindan  hosil  bo’ladi  va  qor 

muzi  (yoki  qayta  kristallangan  muz)  hisoblanadi.  Materikning  chekka  polosasida 

muz eriydi, suv esa firn donalari orasidagi muzda va muz yoriqlarida yana muzlab, 

infiltratsion  muzlarni  hosil  qiladi.  Lekin  ularning  hajmi  qor  muzlarning  hajmiga 

nisbatan juda kichik bo’lishi kerak. 

Muzlik qatlamining chekka qismida muz yiliga 20-100 tezlik bilan okean 

tomonga siljiydi, muz daryolari esa yiliga 200-700 tezlik bilan surilib boradi. 

Muz  siljir  ekan, qoyalarning  yuzasini  tirnaydi.  Bu  muzda  morena  materiali 

ko’p.  To’ntarilgan  aysberglarning  pastki  qavatlarida  morena  materialini  ko’rish 

mumkin. 

Ammo  yuzaga  yaqin  qatlamga  mavsumiy  o’zgarishlar ta’sir  etolmaydi.  Bu 

qatlamdagi  muz  temperaturasi  havoning  o’rtacha  temperaturasidan  uncha  farq 

qilmaydi:  Vostok  stantsiyasi  yonida  muz  temperaturasi  -  57°C,  Pionerskaya 

stantsiyasida - 39°C va Mirniyda hatto - 9°C. Antarktida muzi dunyoda eng sovuq 

muz  hisoblanadi.  Shunday  bo’lishi  ham  kerak,  albatta,  chunki  Antarktida  iqlimi 

eng  sovuq  iqlimdir.  Hatto  Grenlandiyada  muzning  temperaturasi  -  30°C  dan  past 

emas, Sibirning doimo muzlab yotadigan gruntlari - 15°C dan sovuq emas. 

Antarktida  ichida,  Ross  va  Modgeym  muzlik  shel‘flarida  o’tkazilgan 

tadqiqotlar qor va firn yuzasining qalinlashib borayotganini aniqlab berdi. Muzlik 

chekkasining  hozirgi  o’rnini  bundan  25  yil  ilgari  Mak  Robertson  va  Kemp 

Qirg’oqlarida  norveg  aerofotosyomkasi  qayd  qilgan  o’rni  bilan  taqqoslash 

muzliklarning  ancha  siljiganini  ko’rsatadi.  Viktoriya  Yeridagi  Kyotlits  va  Teylor 

muzliklari  Skottning  so’nggi  ekspeditsiyalari  borgan  vaqtdan  beri  o’zgarmabdi. 

G’arbiy  YYevropa,  Norvegiya,  Islandiya  va  Shpitsbergen  muzliklarining  yuzasi 

o’sha  davr  ichida  ancha  pasayganligi,  uchlari  esa  to’mtoqlanib  qolganligi  esga 

olinsa,  yuqoridagi  ma’lumotlar  ajablanarli  bo’lib  tuyulishi  mumkin.  Ammo 

Shimoliy  yarim  shar  muzliklari  qor  chizig’idan  pastroqda  ekanligi,  bu 

muzliklardagi  muz  temperaturasi  0°C  ga  yaqinligi  nazarga  olinsa,  yuqorida 

aytilgan  ma’lumotlarda  ajablanarli  hech  narsa  yo’qligi  tushunarli  bo’ladi.  Shu 

sababli atmosfera sirkulyatsiyasining kuchayishi tufayli havoning hatto picha isishi 

ham bu muzliklarning ancha chekinishiga sabab bo’ldi. Antarktidada muzliklardagi 

muz  temperaturasi  hamisha  past,  shuning  uchun  ularga  temperatura  ko’tarilishi 

salgina  ta’sir  etgan.  Ammo  havo  oqimlari  bilan  namlik  kelishining  kuchayishi 




muzliklarning  to’yinish  sharoitini  yaxshilagan  va  muzliklar  yuzasidagi  firn 

qatlamini ko’proq qalinlashtirgan. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish