shu jumladan 3 turi Antarktidada (Antarktika mintaqasida) yashaydi.
Okeanda sut emizuvchilar sinfidan kurak oyoqlilar va kitlar bor. Kurak
oyoqlilar juda xilma-xil, ularning orasida chinakam tyulenlar (jumladan dengiz fili
va boshqa tyulenlar) bilan quloqdor tyulen - kotikni ajratish kerak. Quloqdor tyulen
XIX asrdayoq deyarli butunlay qirilib ketgan. Kitlar Janubiy okeanda Yerning
boshqa har qanday okeaniga nisbatan ko’proq. Kitlar keng maydonda ko’chib
yuradi va Janubiy okeanga asosan yozda kelib semiradi. Ular Antarktikada muz
parchalari oldida to’da-to’da bo’lib uchraydi. Antarktida qirg’og’i oldida kitlarni
ko’p ko’rish mumkin. Mo’ylovdor kitlar (ko’k kit, finval, seyval va hokazo) va
tishli kitlar (kashalot, kosatka) bor. Mo’ylovdor kitlar ko’plab tutiladi, jumladan
Rus kit ovlovchi flotiliyalari shunday kitlarni ovlaydi.
Antarktika materik oblastchasida yuksak darajadagi o’simliklar yo’q.
Antarktika yarim orolining faqat g’arbiy sohili bundan mustasno. Bu sohilning bir
qadar yumshoq iqlimida yuksak darajadagi o’simliklardan g’allagullilarning ikki
turi va qalampirmunchoqlarning bir turi o’sadi. Shu sababli materikning bu
rayonini Subantarktikaga kiritamiz. Lishayniklarning g’uddali, bargli, butali
formalari bor. Pingvinlar tezagi tushgan zax joylarda yashil moxlar goho zich chim
qatlamlari hosil qiladi. Lishayniklar tog’larning baland joylarida va hatto qutbdan
atigi 360 km masofada (Nansen tog’ida) uchraydi.
Suv o’tlar (ko’k-yashil va diatom suv o’tlari) vohalarning ko’llarida
tarqalgan. Yer betidagi suv o’tlar qoyalarning yuzasida va qorda yupqa gilam
bo’lib o’sadi. Nuragan qatlamda, qorda va havoda bir oz bakteriyalar tarqalgan.
Faunasi, ayniqsa kurak oyoqlilar va qushlar turi ko’p. Qirg’oqqa yopishgan
muzda va sayozliklarda tyulenlarning 5 tacha turini ko’rish mumkin. Ulardan
Ueddell zalvarli tyulenining uzunligi uch metrgacha boradi, so’ngra asosan suvda
yashaydigan krabxo’r tyulen (qisqichbaqalar bilan oziqlanadi), dengiz qoploni deb
ataladigan yirtqich tyuleng boshqa tyulenlarga va pingvinlarga hujum qiladi,
ahyon-ahyonda Ross tyuleni va dengiz fili (uzunligi 6 m ga boradi) uchraydi.
Antarktika qushlarining 11 turidan bo’ron qushlarining xili ko’p-roq, ular
skeleti engil bo’lgani uchun juda yaxshi uchadi (6 turi bor). So’ngra pingvinlar va
pomorniklar (2 turi) bor. Antarktida qirg’og’iga yaqinlashgan sayim avvalo
Antarktika bo’ron qushini, so’ngra kumush rang-kul rang bo’ron qushini, nihoyat,
qor bo’ron qushini kemadan ko’rish mumkin. Qor bo’ron qushi materikning
ichkarisiga, qirg’oqdan bir necha oz kilometr olisga ham uya qo’yadi. Bo’ron
qushlarining qolgan uch turi - bahaybat bo’ron qush, Vilg‘son kachurkasi va Kap
zangori bo’ron qushi unchalik ko’p uchramaydi.
Antarktidaning eng yirik qushi imperator pingvinidir (bo’yi 115 sm, vazni 45
kg). Bu qushlar Antarktida qirg’oqlarida 15 ta yirik to’da (qushlar bozori) hosil
qiladi, ularning hammasida 135 mingga yaqin pingvin bo’ladi. Lekin kichkiia
(bo’yi 60 sm, vazni 6 kg) va juda harakatchan Adeli pingvinlari ko’proq - Adeli
pingviniga o’xshaydigan Antarktida pingvini kam uchraydi. Pingvinlar qushlarning
juda qadimgi gruppasidir. Ularning qoldiqlari Antarktidaning miotsen davridagi
yotqiziqlarida topilgan. Ular qirg’oqda jo’ja ochadi: imlerator pintvinlari qishda,
Adeli pingvinlari yozda bola ochadi.
Antarktidada bo’g’im oyoqlilar yo’q desa bo’ladi. Mayda kanalar, qanotsiz
nogoxvostka va beljik pashshasi kamdan-kam uchraydi. G’arbiy voha bilan Banger
vohasining ko’llarida yumaloq chuvalchanglar, eshkak oyoqli qisqichbaqalar
(sikloplar) va shoxcha oyoqli dafniyalar yashaydi. Qishki anabioz ularning
hammasiga xarakterlidir.
Okean va ayniqsa materik biogeografik oblastlarining xarakterli belgisi
shuki, hayot formalari sohil yoniga to’plangan. Materik oblastchasida buning
sababi ichki rayonlarning hayot uchun noqulayligi (sovuqliti, ovqat yo’qligi) dir.
Antarktidadagi hayvonlar bilan o’simliklar hayoti okeanga bevosita yoki bilvosita
bog’liq.
Biogeograflar Antarktidada 4 ta hayot arenasini ajratishadi: qirg’oq
yaqinidagi orollar va muzlar; materik yaqinidagi vohalar (masalan, Banger
vohasi); nunataklar arenasi (Mirniy yaqinidagi Amundsen tog’lari, Viktoriya
Yeridagi Nansen tog’i va hokazo) va muzlik qalqoniniig arenasi. Qirg’oq
yaqinidagi orollar va muzlar arenasida hayot o’chun sharoit qulay. Xasuell
orollaridagi biomassa materikning yaqinidagi vohalariga nisbatan o’n ming baravar
ko’p. Nunataklar uchun faqat bakteriyalar, suv o’tlar, lishayniklar va juda
majmag’il moxlar xarakterlidir. Qushlardan bo’ron qushlari va pomorniklar -
dengizning so’nggi jarchilari bu erga ahyon-ahyonda uchib keladi. Muzlik qalqoni
arenasi dengiz bilan deyarli hech bog’langan emas. Bu yerga yakkam-dukkam
pomorkalar odamga ergashib uchib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |