O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


Antarktidaning iqlimi va muzliklari



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet363/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 

Antarktidaning iqlimi va muzliklari 

 

1957  yil  24  iyulda  Mirniy  yaqiniga  siklon  keldi,  stok  shamolining  kuchi 

dovul  darajasiga  yetdi  (40  m/sek)  va  10  sutka  davom  etdi.  Ayni  vaqtda  havo 

temperaturasi ko’tarildi. Mirniyda -27°C dan -10°C ga, Vostok stantsiyasida esa -

71°C dan -45°C ga tushdi. 

Vostok stantsiyasida qutb tuni 114 sutka davom etadi. 

1957 yil 9 mayda Vostok-1 stantsiyasida, ya’ni Mirniydan 635 km masofada 

kuchli  inversiya  kuzatildi:  temperatura  qor  yuzasida  -  70°C  bo’lsa,  350  m 

balandlikda-37°C ekanligi aniqlandi. 

Yozda Sovetskoe platosida qutb kuni to’rt oy davom etadi. 

 

V.I.Bardin  va  V.I.Shilnikovning  hisoblariga  qaraganda,  materik  muzlik 



chekkasining  uzunligidan  46  protsenti  materik  yon  bag’ridan,  45  protsenti  shel‘f 

muzliklaridan, 9 protsenti muz daryolarining chetlari-qoyalardan hosil bo’lgan. 

Antarktidadagi  asosiy  iqlim  faktorlari  muz  bilan  qoplangan  va  okean  bilan 

o’ralgan yuksak materikning qutb yaqinida joylashganligi bilan bog’liq. Antarktida 

iqlimi Arktika iqlimiga nisbatan qattiqroq. Jahonning sovuqlik qutbi Antarktidada

Ichki  rayonlarda  (Sovetskoe  platosida)  yillik  o’rtacha  temperatura  -57°C,  ya’ni 

Sibirdagi sovuqlik qutbi oblasti (-15°C)ga nisbatan 42°C past va Grenlandiyaning 

o’sha  balandlikdagi  (dengiz  sathidan  3000  m  yuqoridagi)  ichki  rayoni 

temperaturasidan esa 29°C past. 

Materik  Dengiz  sathidan  balandda,  havosi  sovuq  va  quruq  bo’lganidan, 

yozda  Antarktikaga  tushadigan  jami  radiatsiya  Arktikaning  o’sha  kengliklardagi 

radiatsiyaga  nisbatan  bir  yarim  baravar  ortiq.  Yozda  Toshkentga  qancha  nur 

energiyasi  tushsa  markaziy  Antarktidaga  ham  o’shancha  nur  energiyasi  tushadi, 

ekvatorial  kengliklarga  qancha  radiatsiya  tushsa,  markaziy  Antarktida  bir  yilda 

hatto  o’shancha  nur  energiyasini  oladi.  Yozda  tushadigan  quyosh  radiatsiyasi 

Pionerskaya  stantsiyasida  (yanvar-mart)  55  kkal/sm2,  Shmidt  burnida  (iyun-

avgust) 34,5, Qoradog’ (Qrim)da 52,1  kkal/sm2 ni tashkil etadi. Ammo qor, muz 

yuzasi  nurni  juda  ko’p  aks  ettiradi.  Albedo  70-90  protsentni  tashkil  etadi. 

Antarktidaning deyarli hammasi qutbiy doiraning orqasida ekanligini ham nazarda 

tutish kerak. Qishda Antarktida usti g’ira-shira qorong’i bo’ladi, markaziy qismida 

esa qutb tuni necha oylab davom etadi. 

Antarktidaning  yillik  radiatsiya  balansi  -  manfiy  balans.  Qishda  okeandan 

iliq  havo  kelishi  kuchayadi.  Ana  shu  havo  materikning  to’xtovsiz  sovishiga  yo’l 

qo’ymaydi. 

Antarktidadagi  muhim  bir  faktorni  -  qoyalar,  nunataklar,  vohalarni  qayd 

qilib  o’tish  kerak.  Qoyalar  yuzasi  nur  energiyasining  70-90 protsentini,  hammasi 

bo’lib esa 20 protsentini aks ettiradi. Shu sababli qoyalar yozda 30°C gacha qiziydi 



va  o’z  tepasidagi  havoni  isitadi.  Antarktidada  mutlaqo  qora  narsa  yuzasi  hatto 

53°C gacha qizishi mumkin. Vohalarning yillik radiatsiya balansi - musbat balans. 

Antarktidadagi  atmosfera  tsirkulyatsiyasi  ham  kenglik,  ham  meridional 

harakat  qiladi.  Antarktida  iqlimining  asosiy  zonal  belgilari  Antarktikadagi 

atmosfera tsirkulyatsiyasining kenglik bo’ylab esuvchi havo oqimlariga bog’liq. 

G’arbdan sharqqa qarab harakatlanuvchi siklonlar bilan o’ralgan antitsiklon 

Antarktida  ustida  joylashadi.  Ammo  bu  an’anviy  sxemani  to’ldirish  zarur. 

Birinchidan,  Antarktida  qirg’og’i  yaqinida  doimiy  siklonlar  borligi  aniqlangan. 

Ikkinchidan, antarktik antitsiklonning tarmoqlari, ko’pincha, past bosimning siklon 

halqasini  «yorib»  o’tadi  va  Janubiy  okean  orqali  baland  bosimning  subtropik 

halqasiga tortiladi. Uchinchidan, siklonlar ko’pincha okeandan materikka, ayniqsa 

G’arbiy  Antarktidaga  kiradi.  Sharqiy  Antarktidaga  kelsak,  unda  antitsiklon  doim 

mavjud bo’ladi, lekin bu antitsiklonning kattaligi va olgan o’rni siklonlar ta’sirida 

o’zgaradi. Sharqiy Antarktidada shamollar ko’proq sharqdan esadi. 

Antarktik  antitsiklon  ustida  baland  siklon  bor,  bu  siklonning  14  km 

balandligiga qadar okeandan iliq havo kirib turadi. Baland siklon va past siklonlar 

Antarktida  ichkarisiga  namlik  kirishiga  va  muzlik  qalqonining  yo’qolib 

ketmasligiga imkon beradi. 

Bosim sharoitiga qarab, Antarktida ichidagi shamollar birmuncha sust, keng 

(700  km)  chekka  halqada  esa,  aksincha,  shtorm  va  dovullar  tez-tez  bo’lib  turadi. 

Ayni  vaqtda  yer  bag’irlab  esuvchi  shamol  va  bo’ronlar  bo’lib  turadi. 

Shamollarning  mohiyati  ikki  yoqlama:  birinchidan,  ular  siklonik  shamollardir. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish