O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


Tabiiy sharoitining asosiy xususiyatlari



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet360/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Tabiiy sharoitining asosiy xususiyatlari 

Antarktida tabiatining betakrorligi jihatidan yagona va o’ziga xos materikdir. 

Qutb  tadqiqotchilari  bu  materikni  turli  nomlar  bilan  muz  materigi,  zim-ziyo 

materik,  qor  cho’llari,  sirli  materik,  oq  materik  deb  ataganlar.  Qishda  Antarktida 

qutb  tuni  qoronghiligiga  botadi,  yozda  esa  yarim  kechada  ham  Quyosh  muz-qor 

chohqqilarini  yoritib  turadi.  Bu  joyda  Yyerdagi  eng  kuchli  shamollar  bo’ladi. 

Materikda  doim  turadigan  axoli  yohq.  Sayyoramizning  80  foiz  chuchuk  suvi 

Antarktida muzlarida tohplangan. 

Maydoni  13991  ming  km2,  shundan  shelf  muzliklari  1543  ming  km2.Muz 

qoplamining o’rtacha balandligi 2040 m, eng baland nuqtasi Vilson tepaligi 5140 

m. chekka nuqtasi Sifre 63013’ j.k. 

XX asrning birinchi yarmida AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Norvegiya 

va  boshqa  davlatlar  Antarktidani  ohrganish  uchun  maxsus  ekspeditsiyalar  tashkil 

etishdi.  Har  bir  mamlakat  ohz  maqsadi  yohlida  harakat  qildi.  Tadqiqotlar  asosan 

sohillarda  olib  borildi,  materikning  ichki  qismlari  esa  deyarli  nomahlumligacha 

qolaverdi.  Sobiq  sovet  ekspeditsiyalari  ohtkazishda  Arktikani  ohrganish  va 

ohzlashtirishda  tohplangan  boy  tajribalardan  foydalanildi.  Sobiq  Sovet 

tadqiqotchilari oghir iqlim sharoitida qisqa vaqt ichida faqat qirqok bohylaridagina 

emas, Antarktidaning ichki, borish qiyin bo’lgan, odam oyoghi etmagan qismlarida 

ham  bir  necha  ilmiy  stantsiyalar  (Mirniy,  Pioner,  Vostok,  Borib  bohlmaydigan 

qutb va boshqa) bunyod etishdi. 

Hozirgi  zamon  tadqiqot  metodlari  materikning  muz  osti  relefi  haqida  aniq 

tasavvur  qilishga  imkon  beradi.  Materik  er  yuzasining  1/3  qismiga  yaqini  okean 

sathidan  past.  Shu  bilan  birga  muzlik  qalqoni  ostida  tog’  tizmalari  va  massivlari 

borligi  ham  aniqlandi.  Ueddel  dengizidan  Ross  dengizigacha  Yer  pusti  yoriqlari 

zonasi bohylab. Transantarktida tog’lari cho’zilgan. Ular relefiga kohra bir-biridan 

keskin farq qiluvchi G’arbiy Antarktidani Sharqiy Antarktidadan ajratib turadi. 

Antarktida (Janubiy qutb materigi) va Antarktika degan ikki tushunchaning 

farqini  bilish  kerak.  Antarktikaga  materikdan  tashqari  Janubiy  okeanning  materik 

atrofidagi  akvatoriyalari  antarktik  frontning  troposferadagi  o’rta  holatigacha  yoki 

okean  suvlarining  antarktik  divergentsiya  chizig’igacha  (Antarktika  mintaqasi) 

kiradi. Antarktida  maydoni shelf  muzliklarini  qo’shib hisob qilganda  13991  ming 



km2  (YYevropa  bilan  Avstraliyadan  katta),  shu  jumladan  shelf  muzliklari  1543 

ming  km2.  Sayoz  suvlar  doirasidagi  orollarning  maydoni  atigi  22  ming  km2. 

Antarktikaning  yuqorida  keltirilgan  chegaralar  ichidagi  maydoni  taxminan  23440 



ming km2. 

Rus  dengizchilari  F.F.Bellinsgauzen  va  M.P.Lazarev  Antarktidani  kashf 

etgan  vaqtdan  buyon  (1820  yil  27-28  yanvar),  ayniqsa  so’nggi  vaqtda  Antarktida 

turli  mamlakatlardagi  tadqiqotchilarning  e’tiborini  tobora  ko’p  jalb  qilmoqda. 

Muzlab  yotgan,  qahri  qattiq  shu  qit’adan  foydalanish  maqsadida,  shuningdek, 

planetar geofizik va geografik ilmiy problemalarni (masalan, geomagnit maydoni, 

yer  yuzasidagi  suv-issiqlik  rejimi,  jumladan,  muzliklarning  o’zgarishi  va  hokazo) 



hal qilish maqsadida, ular Antarktidaning tabiiy sharoiti va resurslarini o’rganishga 

intilmoqdalar. 

Antarktidaning  tadqiqotchilaridan  R.Amundsen  va  R.Skottning  nomlarini 

aytib  o’tish  kerak.  Ular  1911  -1912  yillarda  birinchi  bo’lib  Janubiy  qutbga  yetib 

borganlar.  Shuningdek,  amerikalik  admiral  R.Byordning  ko’p  yillik  tadqiqotlarini 

ham eslatib o’tish zarur. Ammo xalqaro geofizika yili munosabati bilan o’tkazilgan 

tadqiqotlar  davri  (1956  yil va undan  keyingi  yillar)  ko’proq samarali bo’ldi.  Shu 

davrda Antarktidani o’rganishda 12 davlat ishtirok etdi. 

Materikning  eng  qadimgi  jinslari  paydo  bo’lganiga  1  mlrd.  yildan  oshdi. 

Ular  metamorfizm  hodisasiga  uchrab  juda  ham  o’zgarib  ketgan.  Garchi  shunday 

bo’lsa ham, kontinentda paydo bo’lgan normal cho’kindi yotqiziqlarni, karbonat va 

gil yotqiziqlarini o’sha qadimgi jinslarning prototiplari deb hisoblashga asos bor. 

Binobarin,  Antarktidaning  ayrim  joylari  yuqori  proterozoyda  ham  quruqlik 

bo’lgan. 

Sharqiy  Antarktida,  Afrika,  Janubiy  Amerika  va  Avstraliyaning  geologik 

tuzilishi  ko’p  jihatdan  bir-biriga  o’xshaydi.  Ilgari  shunga  asoslanib,  bu 

materiklarning  hammasi  qadimgi  bitta  Gondvana  materigining  keyinchalik  turli 

tomonga  tarqalishib  ketgan  qoldiqlaridir,  Antarktida  avval  qutb  atrofida 

bo’lmagan,  deb  taxmin  qilishardi.  Ayni  vaqtda  Antarktidaning  qadimgi  o’rmon 

floralari  dalil  qilib  keltirilar  edi.  Lekin  materiklar  katta  gorizontal  masofada 

siljiganl,  degan  va  A.Vegener  nomi  bilan  bog’langan  gipotezaga  hozir  geologlar 

qo’shilishmaydi.  Shu  sababli  Antarktida  o’rmon  floralarining  paleogeografik 

sirlarini  asosan  boshqa  tomondan  qidirish  kerak.  Ehtimol,  Antarktida  emas,  balki 

Janubiy  qutb  o’z  o’rnini  o’zgartgandir,  paleomagnit  tadqiqotlarining  natijalari 

shundan guvohlik beradi. Hozirgi Janubiy qutbdan paleozoy erasining oxirida 53-

parallel,  mezozoy  erasida  58-parallel  o’tgan,  paleogen  davrida  esa  Janubiy  qutb 

81° janubiy kenglik va 94° sharqiy uzunlik atrofida bo’lgan deb faraz qilyashadi. 

Viktoriya Yerining o’rmonlari hozirgi o’rniga nisbatan qutbdan 5 baravar uzoqda, 

Antarktika  yarim  orolining  o’rmonlari  1,5  baravar  uzoqda  bo’lgan.  Ammo 

Antarktida  o’rmonlari  paleogen  davrida  yo’qolgandan  keyin  Antarktida  iqlimi 

o’zgara olar edi. Yerning yuqori kengliklaridagi quruqlik maydoni neogen davrida 

umuman kengaygan. Shu munosabat bilan, ainaqsa quruqlik muzlar bilan qoplana 

boshlagan vaqtdan buyon Antarktida iqlimi sovuqroq bo’lib qolgan. 

Antarktidaning  ikkita  asosiy  paleogeografik  problemasidan  biri  qadimgi 

o’rmonlar problemasi shu tariqa tushunarli bo’lib qoladi. 

Antarktidaning  qutb  atroflari  har  qalay  neogen  davrida  (YYevropadan 

ilgariroq)  muz  materigiga  aylanishi  kerak  edi.  Ross  dengizi  atrofida  glyatsial 

dengiz cho’kindilari, ehtimol, necha o’n millionlab yillar ilgari to’plana boshlagan. 

To’rtlamchi  davrda  muzlanish  hajmi  aftidan,  YYevropadagidek  ko’p  o’zgargan 

emas.  YYevropada  muzlik  qoplami  bir  muzlik  davri  bilan  ikkinchi  muzlik 

o’rtasida  butunlay  erib  ketgan.  Bundan  tashqari,  YYevropadagiga  nisbatan 

boshqacha bo’layotgan hozirgi muzlik misoliga asoslanib, Antarktida va YYevropa 

muzliklari  baravar  kattalashgan  emas,  deb  taxmin  qila  olamiz.  Hozir  ko’p 

tadqiqotchilar  issiqroq  rayonlarning  muzliklari  kichraymoqda,  Antarktida 

muzlarining hajmi esa ko’paymoqda, deb taxmin qilishadi. Antarktidada yil sayin 



1330 km3 suvga baravar keladigan muz erimoqda, buning evaziga Antarktida 1220 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish