muzligi), sharqiy yon bag’irlardagi muzliklar 700 m dan pastga tushmaydi, lekin
ularning orasida orolning eng uzun muzligi Tasman muzligi (29 km) bor.
Temperatura mavsumga qarab keskin tafovut qilmasligi va namlik miqdori
ko’pligi sababli Yangi Zelandiya Alp tog’larining g’arbiy yon bag’irlari qalin
aralash o’rmonlar bilan qoplangan. Bu o’rmonlardagi doimiy yashil daraxtlar,
ayniqsa lavr daraxtlari va igna bargli daraxtlar ancha janubga o’tadi. Aralash
o’rmonlar shimolda 600 m gacha va janubda 400 m gacha ko’tariladi. Bundan
yuqorida doimiy yashil buk o’rmonlari mintaqasi bor, igna bargli daraxtlar
aralashgan bu o’rmonlar qariyb 1000 m balandlikda tugaydi. Buk o’rmonlari bilan
tog’ o’tloqlarining orasida qattiq bargli pastak butalar, asosan murakkab gullilar
oilasiga kiradigan butalar mintaqasi bor. Tog’larning etagidan o’rmonning yuqori
chegarasiga qadar qo’ng’ir o’rmon tuprog’i va tog’-o’rmon qo’ng’ir tuprog’i paydo
bo’lgan, bu tuproqlar turli darajada podzollashgan.
Qirra toshli qurumlarga kelganda tog’ o’tloqlari o’rniga siyrak yastiqsimon
baland tog’ o’simliklari („o’simlik qo’ylari" degan sarg’ish zich yastiqchalar)
uchraydi.
Sharqiy yon bag’irlar «qizil choy daraxti» dan iborat doimiy yashil
butalarning chakalakzorlari va buk o’rmonlari bilan qoplangan. Bu o’rmonlar,
jumladan, Otago tekisligida ham bor. Shu sababli Otago tekisligining xushmanzara
ko’l-fiord tabiati Janubiy Chili Alp tog’larining tabiatiga o’xshaydi. Kenterberri
tekisliklarida odm hosil qiladigan o’ziga xos g’allagulli dashtlar paydo bo’lgan, bu
dashtlarda qo’ng’irbosh, betaga, bug’doyiq zich chim bo’lib o’sadi. Qirg’oq
bo’yidagi, qumli tuproqlarda Yangi Zelandiya zig’iri o’sadi. Oroldagi ozgina
foydali o’simliklarning biri bo’lgan zigir o’simligining tolasi dag’al gazlama va
bo’yra to’qishga yaraydi.
Shimoliy orol (maydoni - 115 ming km2) ni janubiy oroldan Kuk
qo’ltig’ining grabeni ajratib turadi. Orol paleogen, neogen va to’rtlamchi davr
yotqiziqlari, mezozoy svitalari (sharqiy qismida) va vulqon jinslaridan tarkib
topgan. Vulqon jinslari orolning shimolida va markazida keng tarqalgan. Qirg’oq
chizig’ida bir necha yumaloq qo’ltiq bor; Yangi Kaledoniyagacha davom etadigan
suv osti tizmasining suv bosmagan qismi - Oklend yarim oroli shimoli-g’arbda
okeanga anchagina turtib chiqib turadi. Rel‘efda o’rtacha baland platolar ko’proq,
orolning chetlarida ko’tarilgan shelg‘f uchastkalari - pasttekisliklar keng taraqqiy
topgan. Faqat sharqiy sohil bo’yidagina Ruaxine tizmasi (1592 m) qad ko’tarib
turadi.
Orolning markaziy qismi vulqonli plato bilan band. Bu platoning tepasida
razlomlarning meridional chizig’i bo’ylab vulqon konuslari savlat tortib turadi.
Jumladan otiladiganlari: Ruapexu-Yangi Zelandiyada eng baland vulqon (2797 m)
va Taravera (1100 m)-1886 yilda qattiq otilganligi bilan mashhur.
Platoda ko’llar ko’p, o’chgan vulqonlarning kraterlarida yoki lava oqimlari
bo’g’ib qo’ygan qozonsoylarda termal ko’llar anchagina uchraydi; ulardan eng
yirigi Taupo ko’lidir (maydoni - 612 km2, chuqurligi 102 m). Platoning shimolida
termal ko’l rayoni bor. Bu rayonning «jonli» vulqon landshafti - tuf terrasalari
bilan o’ralgan ko’pgina geyzerlari, sulfid birikmalar bilan to’yingan issiq buloqlari
bor, bu rayonda vulqonlar tez-tez qattiq otilib va yer qimirlab turadi. Bunday
landshaftga o’xshaydigan landshaftlar faqat Islandiyada, Yellouston Milliy parkida
(AQShning Qoyali tog’larida) va Kamchatka yarim orolida bor, xolos.
G’arbiy sohilda Egmont vulqoni (2717 m) qad ko’tarib turadi. O’chgan
vulqonlar ichida eng balandi bo’lgan bu vulqon to’g’ri konussimon shaklini saqlab
qolgan. Oklend yarim orolidagi pastak lavali tekisliklar orasida o’chgan bir qancha
kichik vulqonlar ko’tarilib turadi.
Shimoliy orol iqlimi subtropik, o’rtacha issiq, qishi juda nam bo’ladi. Yozda
yog’in kam yog’adi, ammo ba’zan orol ustidan tayfunlar o’tib, qattiq jala quyadi
va shamol bo’ladi.
Lavali platolardan tashqaridagi tabiiy o’simliklar aralash subtropik
o’rmonlardan iborat. O’simlik turlari Janubiy oroldagiga nisbatan ko’proq (palma
va issiqsevar boshqa doimiy yashil daraxtlar o’sadi). Lavali platolarda doimiy
yashil butalarning chakalakzorlari ko’proq. Juda nurab tuproq hosil bo’la
boshlagan lavalardagina o’rmonlar paydo bo’ladi.
Yangi Zelandiyaning tabiiy landshaftlari orollarning mustamlaka qilib
olinishi natijasida qattiq zararlandi. O’rmonlar deyarli batamom yo’q qilib
yuborildi; yon bag’irlar eroziyasi juda ham kuchayib, tuproq qatlami yuvilib ketdi.
Orolga keltirilgan ko’pgina hayvonlar (asosan qo’ylar) va o’simliklar ayniqsa
tekisliklarda va tog’ oldilarida landshaftlarning fizionomik qiyofasini o’zgartirib
qo’idi. Ammo ingliz mustamlakachilar hukmronligining eng dahshatli oqibati shu
bo’ldiki, orolning tub aholisidan maori qabilasi deyarli batamom qirilib ketdi.
Hozirgi vaqtda maorilar orol aholisining 1/17 qismini tashkil etadi. Ular Shimoliy
orol vulqonli platosining eng kam unum yerlariga surib chiqarilgan.
ANTARKTIDA MATERIGIGA UMUMIY TAVSIF. ANTARKTIDA
MATERIGI IQLIMINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Do'stlaringiz bilan baham: |