Mikroneziyaga (grekcha «Mayda orollar» demakdir) Volkano, Bonin,
Mariana, Karolina, Marshall, Gilbert, Ellis arxipelaglari, Nauru va Oshen orollari
kiradi. Nomidan ko’rinib turganidek, bu orollarning hammasi kichkina; eng yirigi
Guam (Mariana orollarida), maydoni 583 km2.
Mikroneziyaning g’arbiy arxipelaglari Volkanodan g’arbiy Karolina
orollarigacha Tinch okean tubining geosinklinal strukturalar mintaqasida bo’lib,
suv ostidagi burmali tizmadan ko’tariluvchi vulqonlarning tepalari hisoblanadi.
G’arbiy Mikroeneziyada okean tubining rel‘efi g’oyatda bo’linib ketgan. Xuddi
shu yerda Mariana orollari yoyining sharqiy chekkasi bo’ylab Mariana botig’i bor.
U dunyodagi eng chuqur botiqlardan biridir (eng chuqur joyi 11022 m). Yer
po’stining tektonik harakatlari juda yaqqol ko’rinadi. Tez-tez qattiq zilzilalar bo’lib
va vulqonlar otilib turadi. Orollar rel‘efi tog’li (dengiz sathidan balandligi 400 dan
100 m gacha) bo’lib, abrazion terrasalar va marjon riflari bilan o’ralgan. Faqat
ohaktoshlardan tarkib topgan ba’zi marjon riflarining yuzasi kuchli karst
hodisasiga uchragan va past-baland.
Sharqiy Mikroneziya orollari marjon orollardir. Ular Tinch okean
platformali tubining vulqonli tepalari ustida bo’lib, suv sathidan 1,5-2,5 m dan
ziyod ko’tarilib turadi. Orollarning juda ko’pchiligi tipik atollar shaklida.
Orollar ekvatorial kengliklar bilan subtropik kengliklar orasida, lekin iliq
Kuro-Sivo oqimi ta’sir etgani uchun shimoliy orollar iqlimi xuddi janubiy orollar
iqlimidek issiq va nam. Tog’li orollarning shimoli-sharqiy passatlarga o’ng bo’lgan
sharqiy yon bag’irlarida yog’ingarchilik ko’proq (1500 mm dan 2000 mm gacha).
Tabiiy holida yon bag’irlar arek palmalari, pandanuslar, non daraxti, polineziya
„temir" daraxtidan iborat doimiy yashil nam tropik qalin o’rmonlar bilan
qoplangan edi. Bu o’rmonlar maydoni juda kichrayish bilangina qolmay, qimmatli
daraxtlarning kesilishi natijasida tarkibi ham o’zgarib qoldi. Orollarning shamolga
teskari yon bag’irlarida g’allagulli savannalar bor. Bular ikkinchi marta paydo
bo’lgan savannalar bo’lsa kerak. Mikroneziya sharqiy qismining atollarida kokos
palmasi ko’proq, ichki lagunalar esa mangra chakalakzorlari bilan o’ralgan.
Polineziyaga (grekcha - «Bir talay orollar» demakdir) umuman olganda
180-meridiandan sharq tomonda, 30° shimoliy kenglik bilan 30° janubiy kenglik
o’rtasida joylashgan orollar, chunonchi Gavayi orollari, Layn atol va rif orollari
(Sporada orollari), Feniks va Tokelau marjon arxipelaglari, vulqonli Samoa
arxipelagi (unda otilib turadigan vulqonlar bor), ikki qator Tonga vulqon orollari
(g’arbiy qatori) bilan marjon orollari (sharqiy qatori), Kuk, Tubuai orollari,
vulqonli Taiti oroli bilan birga Jamiyat oroli, Tuamotu yoki Rossian atollari (76
atol), Markiz orollari va nihoyat, tanho Pasxa oroli kiradi. Tinch okean Atlantidasi
haqidagi afsona Pasxi oroliga aloqador. Orollar bazalt vulqonlarning tepalaridan
iborat. Bu vulqonlarning tepasi nurab va abraziya yo’li bilan yemirilgan, rif
ohaktoshlari bilan batamom yoki qisman qoplangan. Marjon orollari okean,
madrepor marjonlari va ohakli suv o’tlarning mahsulidir.
Atollar diametri 2 km dan 150 km gacha boradigan pastak riflar halqasiga
o’xshaydi. Halqalar sidirg’a yoki orasi ochiq bo’lib, ichki sayoz lagunalarni o’rab
turadi. Okean suvi kuchli to’lqinlanganda marjon qirg’oqlarning kungurasini
yemirib yuboradi; to’lqinlar atollar chetiga parchalarni uloqtirib tashlaydi, bu joyda
dengiz suvining tuzlari bilan mustahkamlanadigan tashqi qirra o’sib chiqadi.
Shamol qattiq turganda parchalar atollarning ichkarisiga borib qolib, lagunalarni
bosadi.
Organik dunyo quruqlik va dengizning rifsevar o’simliklari bilan
hayvonlaridan iborat, shu bilan birga bir qancha hollarda okean biotopining
qayerda tugashini va quruqlik biotopining qayerda boshlanishini aniqlash qiyin
bo’ladi. Atolning tashqi chekkasi orqali riflarni va plyajlarni dengiz suvi bosib
kelganda havoli muhitda qisqa vaqt tura oluvchi bir talay dengiz organizmlari -
dengiz suv o’tlari, ohaktosh skeletli foraminiferalar (bir hujayrali jonivorlar),
chuqur xalqoblarda qoladigan bulutlar, dengiz kirpilari va dengiz yulduzlari,
qumga ko’milib oladigan ba’zi goloturiyalar, krablar va krevetkalar qoladi.
Atolning tashqi qirrasi orqasidagi yupqa karbonatli tuproqlarda tuproq-grunt
sho’riga va havoda tuz ko’pligiga chidash beruvchi quruqlik o’simliklari-doimiy
yashil kserofit butalarning chakalakzorlari, kokos palmasi va pandanus o’rmonlari,
bananzorlar va non daraxtlarining xiyobonlari ko’rinadi. Bu o’simliklarning
ko’pchiligini odam keltirib ko’paytirgan bo’lsa kerak. Orollarning tabiiy holdagi
florasi buta va daraxtlarning g’oyat ozgina turlaridan iborat.
Tirik mavjudotlarning okeanda paydo bo’lib, keyinchalik quruqlikka o’tish
qonunidek buyuk tabiat qonuninyng ta’sirini atollarda ko’rish mumkin. Kokos
palmazorlari va o’rmonlarida «xurmo o’g’risi» degan krab uchraydi, u qumdagi
inlarida yashaydi. Krab palma daraxtlariga o’rmalab chiqadida, yong’oqning zich
po’stini baquvvat ombirlari bilan teshib, suvini so’radi. Bu krab quruqlikda
yashashga allaqachon moslashgan, ammo hali ham urchish davrida dengizga ketib
qoladi. Yanada yaqqolroq ikkinchi misol - «loyqaparast sakragich» degan baliq. U
atollarning ichki lagunalarini o’rab turgan mangra chakalakzorlari orasidagi loyqa
suvlarda yashaydi. Bu baliq baquvvat suzgich qanotlarining yordami bilan
daraxtlarning tanalariga chiqib, hasharotlarni ovlar ekan, 10-20 minutgacha havoda
bo’ladi.
Mangra o’rmonlari hamma lagunalarning atrofida bor. Okean tubining loyli
gruntida mangra daraxtlari bilan ba’zi dengiz suv o’tlari birga yashaydi, mangra
ildizlarini esa ohakli suv o’tlari chirmab oladi.
Polineziya landshaftlarining deyarli barcha turlari eng yirik arxipelag-
Gavayi orollarida bor. Gavayi orollari 2500 km masofaga cho’zilgan. Gavayi
orollari suv ostidagi Gavayi tizmasining (uzunligi 6500 km dan oshadi) eng baland
tepalarida bo’lib, tizmaning ko’proq ko’tarilgan janubiy uchdan bir qismiga
to’plangan. Gavayi arxipelagi 24 oroldan iborat, bu orollarning umumiy maydoni
16700 km2, jumladan 16273 km2 Gavayi oroliga (10399 km2) va Maui, Oaxu,
Kauai, Molokai va Lanai orollariga to’g’ri keladi. Gavayi oroli o’zaro qo’shilgan
beshta vulqondan iborat, shu jumladan Mauna-Loa (4170 m) va Kilauea (1247 m)
vulqonlari hamon otilib turibdi. Boshqa vulqonlar, jumladan Polineziyadagi eng
baland tepa-Mauna-Kea (4210 m) o’chgan vulqonlardir. Orol vulqonlari qalqon
konuslariga xos yon bag’irlar nishabini saqlab qolgan, Mauna-Loa va Kilauea
vulqonlarida juda katta kraterlar bor, tubi yassi bu kraterlarda lavalar fontan bo’lib
chiqadigan ko’llar uchraydi. Lava otilib chiqqanda krater chetidan toshib, yon
bag’irlardan shiddat bilan pastga tushadida, yo’lida uchragan butun tirik narsalarni
kuydirib ketadi.
Boshqa yirik orollarda vulqonlar otilishi to’rtlamchi davr boshlarida to’xtab
qolgan, vulqonlarning birlamchi formalari eroziya va denudatsiya ta’sirida
o’zgarib, juda ham past-baland tog’li rel‘efga aylangan. Kichik orollarda
vulqonlarning otilishi neogen davrining oxirida so’ngan; uzoq davom etgan nurash
bilan abraziya vulqonlarni deyarli batamom yemirib yuborgan. Arxipelagning
markaziy qismi mayda qoyali tepalar va riflar (Nixoa, Nekker, Gardner va
hokazo), shimoli-g’arbiy qismi marjon atollari va riflaridan iborat.
Orollarning ko’p qismi tropik iqlim mintaqasida bo’lib, ularga shimoli-
sharqiy passatlar uzluksiz ta’sir etib turadi. Mo’l-ko’l orografik yomg’irlar tog’li
orollarning shamolga o’ng yon bag’irlariga nam beradi (qariyb 2000 m balandlikda
yillik yog’in miqdori 4000 mm gacha, Kauai orolida esa 12500 mm dan oshadi,
ya’ni Hindistondagi Cherrapunjiga qancha yog’in tushsa, deyarli o’shancha
tushadi). Shamolga teskari yon bag’irlarning faqat baland joylarida yog’ingarchilik
ko’proq, qolgan rayonlar quruq (yillik yog’in miqdori 700 mm dan oshmaydi) va
issiq bo’ladi; yon bag’irlardan tushadigan fyon shamollari tropik issiqni battar
kuchaytiradi. Qishda orollarda «kona» nam shamollari esadi. Bu shamollar
ekvatorial havoni Gavayi antitsiklonining g’arbiy chekkasi orqali qutbiy frontning
siklonik depressiyalariga tortadi. Qutbiy front arxipelagning shimoli-g’arbiy
qismidan o’tadi. «Kona» ko’pincha shtorm darajasiga yetadi va to’satdan jala
keltiradi.
Arxipelagning shimoli-g’arbiy orollari subtropik iqlim mintaqasida, ammo
ular sovuq Kaliforniya oqimidan uzoqroq bo’lgani uchun o’rtacha mavsumiy
temperaturasi yuqoriroq; yog’in-sochin siklonlar bilan keladi, ko’p qismi qishda
yog’adi (Miduey orolida yillik yog’in miqdori 1070 mm).
Gavayi orollarining florasi endemiklarning g’oyat ko’pligi (tu-larining 93
protsentigacha endemiklardir) va bir xil, shunga ko’ra u Paleotropiklarning maxsus
Gavayi oblastchasiga ajratiladi. Bu oblastchada ochiq urug’lilar, fikuslar, epifit
orxideyalar yo’q. Palg‘maning faqat uch turi bor. Tog’ o’rmon landshaftlari
vertikal mintaqalarga bo’lingan. Bu landshaftlar shimoliy va shimoli-sharqiy yon
bag’irlarda taraqqiy etgan, janubiy va janubi-g’arbiy yon bag’irlarda esa quruq
o’rmonlar, savannalar va hatto arid butalar ko’proq.
Quyi o’rmon mintaqasida (600-700 m balandlikka qadar) namlik miqdori
unchalik ko’p emas, shuning uchun bu mintaqada aralash mavsummiy nam
o’rmanlar (bargini to’kadigan va doimiy yashil o’rmonlar) o’sadi, o’rta mintaqada
(1200 m balandlikka qadar) muttasil nam doimiy yashil o’rmonlar bor. 1200 m dan
tortib o’rmonning yuqori chegarasi (3000 m) gacha doimiy nam o’rmonlar o’rniga
tropik tog’ gileyasi paydo bo’ladi. Gavayi o’rmonlari hozir ancha kesilib ketgan.
Bu o’rmonlarda yog’ochi qimmatli daraxtlar ko’p. Hozirgi vaqtda deyarli batamom
kesilib ketgan sandal daraxtining yog’ochi hushbo’y bo’ladi. Bu daraxt XIX
asrdayoq alohida ahamiyat kasb etgan edi. O’rtacha iqlimning tog’lik
mintaqasidagi tepali vulqon platolarning yangi chiqqan, nuramagan lavalarida
avval paporotniklar, keyin butalar, murakkab gullilar va kserofit g’allagullilar
paydo bo’ladi.
Savannalar yon bag’irlarda 300-600 m dan yuqori ko’tarilmaydi. Kserofit
o’tlardan „xilo" va "pili" savannalarda zich chimli qatlam bo’lib o’sadi, bu qatlam
daraxtlarning o’sib chiqishiga to’sqinlik qiladi, shuning uchun daraxtlar tarqoq,
siyrak gruppalar tarzida o’sadi. Kichik orollardagi o’simliklar siyrak kserofit
butalar va qattiq g’allagullilardan iborat, ko’pgina qoyali orollar tamomila
yalang’ochlanib qolgan.
Savannalarda, ayniqsa o’rmonlarda laterit tipdagi tuproqlar paydo bo’ladi,
bu tuproqlar lavalarning ximiyaviy tarkibiga qarab, titan va temir oksidlari bilan
to’yingandir. O’rmonlarni ochib yaxlit ekinzorga aylantirish natijasida eroziya
kuchaydi, tuproqqa zarur o’g’itlar solmay, ko’p yil ekin ekaverish natijasida juda
ham unumsiz bo’lib qoldi.
Orollarda qushlar juda ko’p (67 avlodi bor). Qushlarning yarmidan ko’prog’i
o’troq hayot kechiradi va orollarda yashaydi asosan mayda orollar qushlar
rezervatsiyasi deb e’lon qilingan. Qushlarning o’rmonda hayot kechiradigan ko’p
turlari juda chiroyli bo’ladi. Ularning orasida Gavayi gulchi qushlar oilasi va
asalxo’r qushlarning endemik avlodi alohida ajralib turadi. Ba’zi qushlar orollarga
Shimoliy Amerikadan va shimoli-sharqiy Osiyodan qishlagani keladi. Asl Gavayi
faunasining qushlaridan tashqari ko’rshapalakning bir turi, kaltakesakning bir
necha turi (gekkon, sink), qo’ng’izlar uchraydi.
Gavayi orollariga butun yer yuzidan juda ko’p o’simliklar keltirilgan va
kelib qolgan, shu jumladan orollarga begona o’tlar ham kelib qolgan, bu begona
o’tlar tarqalib, ko’p rayonlarda mahalliy florani siqib chiqargan. Orollarga bir talay
hayvonlar, shuningdek, qushlar va hasharotlar ham kelib qolgan, ulardan bir qismi
juda katta ziyon yetkazadi. Quyon, mushuk, cho’chqa va kalamush benihoya
ko’payib ketgan.
Okeaniyada Yangi Zelandiya va G’arbiy Samoa davlatlari bor (Samoa
davlati 1962 yilda Yangi Zelandiya vasiyligidan chiqib ketdi). Gavayi orollari
1959 yildan boshlab AQSh shtati hisoblanadi. G’arbiy Irian (Yangi Gvineya
orolining g’arbiy qismi) 1963 yil 1 mayda Indoneziyaga qayta qo’shildi.
Okeaniyaning boshqa orollari Avstraliya Ittifoqi, Yangi Zelandiya, Buyuk
Britaniya, Amerika Qo’shma Shtatlari va Fransiyaga qarashli yerlardir. AQSh va
Angliya Okeaniyada harbiy bazalar qurdi va ba’zi orollarni atom, vodorod
bombalari sinab ko’riladigan poligonlarga aylantirdi. Shu munosabat bilan
mahalliy aholi juda katta xavf ostida qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |