O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


OKEANIYA  OKEANIYAGA UMUMIY TAVSIF



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

OKEANIYA 

OKEANIYAGA UMUMIY TAVSIF 

Tabiiy sharoitining asosiy xususiyatlari 

 

Tinch okeanning markaziy va janubiy-g’arbiy qismlarida joylashgan orol va 



arxipelaglar Okeaniya deb ataladi. Unga umumiy maydoni 1,3 mln.km.kv. bo’lgan 

7 ming ta orol kiradi. 

  Regional  landshaft  tafovutlariga  asoslanib  Okeaniyani  to’rtta  tabiiy 

geografik  o’lkaga:  Melaneziya,  Mikroneziya,  Yangi  Zelandiya  va  Polineziyaga 

ajratish mumkin. 

Orollarning  bir  qismi  suv  osti  tog’larining  tepalaridan,  bahzilari  materik 

orollaridan iborat.  

 

Orollar hayvonot dunyosida yirtqichlar ham zaxarli ilonlar xam yo’q. 



Okeaniyaning tabiiy geografik o’rni - Tinch okeanining bepoyon kengliklarida 

o’n  minglab  orollar  joylashgan.  Tinch  okeanning  markaziy  va  janubiy-g’arbiy 

qismlarida  joylashgan  orol  va  arxipelaglar  Okeaniya  deb  ataladi.  Unga  umumiy 

maydoni 1,3 mln.km.kv. bo’lgan 7 ming ta orol kiradi. 

Okeaniya  Yevropaliklarga  XVI  asrda  F.Magellanning  birinchi  dunyo  aylana 

sayoxatidan  boshlab  ma’lum  bo’lgan  edi.  Rus  dengizchilari  V.M.Golovin, 

F.P.Litke, S.O.Makarov va boshqalarning yurishlari Okeaniyaning kashf etilishi va 

tekshirilishi tarixida aloxida bir bobni tashkil etadi. 

Okeaniya  tabiati  va  axolisini  o’rganishda  N.N.Mikluxo-Maklayning  xissasi 

katta.  U  Yangi  Gvineya  orolining  xalqlari  hayoti  va  urf  odatlarini  o’rganibgina 

qolmay,  tropik  dengiz  sohilarinning  qiziqarli  tabiiy  geografiya  tasvirini  yozib 

qoldirgan. 

Okeaniya  materik  yerlaridan  uzoq  vaqt  davomida  yakkalanish  natijasida 

paydo  bo’lgan.  Okeaniya  landshaftlarnning  juda  o’ziga  xosligi  shundan  kelib 

chiqadi. Okeaniyaning o’ziga xos xususiyatlari geologik tuzilishi va rel‘efida ham, 

shuningdek,  flora  va  faunasida  (ayniqsa  eng  uzoq  sharqiy  orollarda) 

endemiklarning  g’oyat  ko’pligi  va  turlarining  kamligida  ham  namoyon  bo’ladi. 

Yuqorida ko’rsatilgan mulohazalar bilan Okeaniyani yer sharining maxsus qit’asi 

qilib ajratsa bo’ladi. Okean landshaftlari ko’proq bo’lgan bu qit’aga materiklardan 

birontasi ham o’xshamaydi. 

Okeaniya  orollarining  geologik  tuzilishi  Tinch  okean  tubining  tuzilishiga 

bevosita  bog’liq.  Deyarli  barcha  orollarl  marjon  yoki  vulkan  orollaridir. 

Okeaniyaning markaziy qismidagi (Polineziya va sharqiy Mikroneziyadagi) orollar 

suv osti vulkanlarining tepalaridan iborat. Bu tepalar neogen davrining oxirida va 

to’rtlamchi  davrda  Tinch  okean  tubidagi  qadimgi  okeanik  platformaning  yorilish 

chiziqlari  bo’ylab  bazalt  lavalarning  ko’plab  otilishidan  vujudga  kelgan  suv  osti 

tizmalarining ustidadir. Marjon orollari to’rtlamchi davrda Tinch okean sathining 

evstatik tebranishlari va okean tubidan ayrim qismlarining bukilishi natijasida hosil 

bo’lgan. Okeaniyaning g’arbiy chekkasiga to’plangan orollar markaziy platformani 

o’rab  turgan  geosinklinal  strukturalar  zonasida,  V.V.Belousovning  fikricha,  ular 

geosinklinal zonalarning oldingi tizmalari bo’lgan juda katta suv osti tizmalarining 

tepalari hisoblanadi. Bu  orollarning tashqi  («okean»)  tomoni  suv ostidagi  chuqur 




botiqlar  bilan  o’ralgan.  Bu  botiqlar  yotqiziqlarning  kam  yuvilib  ketishi  va  kam 

to’planishi tufayli okean tubining rel‘efida juda yaqqol ko’rinadi. 

Tinch okean chekkasining geosinklinallaridagi tog’ hosil bo’lish protsesslari 

mezozoy va Alp sikllarida aktivroq borgan, lekin hanuz tugagan emas, orollardagi 

aktiv  vulkanizm  va  tez-tez  bo’lib  turadigan  qattiq  zilzilalar  shundan  guvohlik 

beradi. G’arbiy Okeaniya orollari eng yirik va tog’lik orollardir. Ularning orasida 

Yangi  Zelandiya  va  Yangi  Gvineya  kattaligi  va  baland  tog’  rel‘efi  bilan  ajralib 

turadi.  Okeaniyadagi  quruqlik  maydonining  80  protsenti  shu  ikki  orolga  to’g’ri 

keladi. 

  

Okeaniya  orollari  shimoliy  yarim  shardagi  subtropik  kengliklardan  tortib 



janubiy yarim shardagi o’rtacha kengliklargacha yoyilgan (28

0

25' shimoliy kenglik 



bilan  52°30'  janubiy  kenglik  o’rtasida  va  130

0

  sharqiy  uzunlik  bilan  105°20' 



g’arbiy uzunlik o’rtasida), lekin orollarning ko’pchiligi subekvatorial mintaqalarda. 

Temperaturalarning  o’zgarishi  va  namlik  rejimining  asosiy  xususiyatlari  ham 

shundan  kelib  chiqadi.  Quruqlikning  ta’siri  Avstraliya  bilan  Janubi-Sharqiy 

Osiyoga yaqinroq bo’lgan orollar iqlimida sezilib turadi. Boshqa orollarda yuksak 

temperaturaning sutkalik va mavsumiy o’zgarishlari kam, havoning nisbiy namligi 

doimo  yuqori  ekanligi  va  dengizdan  esuvchi  havo  massalarining  hukmronligi 

munosabati bilan yog’in-sochinning ko’pligi xarakterlidir. 

Eng issiq oylar (shimoliy yarim sharda avgust, janubiy yarim sharda fevral) 

ning o’rtacha temperaturalari shimolda 25°C dan janubda 16°C gacha, eng salqin 

oylar  (fevral  va  avgust)  ning  o’rtacha  temperaturalari  16°C  dan  5°C  gacha. 

Mavsumiy  va  sutkalik  temperaturalarning  keskin  o’zgarishlari  faqat  tog’li 

orollarda xarakterlidir. Bu orollarda balandlik iqlim mintaqalari yaqqol ko’rinadi. 

Yangi  Zelandiya  bilan  Yangi  Gvineyada  balandlik  iqlim  mintaqalari  nival  iqlim 

bilan tugaydi. 

Yillik  yog’in-sochinning  o’rtacha  normalari  orografiyaga  qarab  juda  katta 

tafovut  qiladi.  Nam  shamollar  (asosan  ikkala  yarim  sharning  passatlari)  kichkina 

pastak  orollar  ustidan  bemalol  o’tib  turadi,  ammo  baland  tog’li  orollarning 

shamolga  o’ng  yon  bag’irlari  bo’ylab  ko’tariladi,  bu  yon  bag’irlarda  ko’plab 

orografik yomg’ir yog’adi (ayrim joylarda yog’in miqdori 9000  mm gacha boradi 

va  undanham  oshadi).  Yon  bag’irlarning  shamolga  o’ng  yoki  teskari  ekanligiga 

qarab,  ularning  iqlim  va  landshafti  keskin  tafovut  qiladi.  Shamolga  o’ng  yon 

bag’irlarda doimiy  yashil nam o’rmonlar bor, to’lib oqadigan daryolar ko’p, tog’ 

jinslari  aktiv  eroziyaga  va  ximiyaviy  nurash  protsessiga  uchrab  turadi,  laterit 

tipdagi  tuproqlar  podzolga  aylanadi.  Shamolga  teskari  yon  bag’irlarda  aralash 

o’rmonlar  (bargini  to’kadigan  va  doimiy  yashil  o’rmonlar),  siyrak  kserofit 

o’rmonlar  va  o’ziga  xos  okeanik  savannalar  ko’proq,  ularda  qattiq  g’allagullilar, 

pandanuslar, kokos palmasining chakalakzorlari bor. 

Asosan  tropik  frontlarning  siklon  yomg’irlari  yog’adigan  pastak  orollar 

okeanik  savannalar,  kokos  palmalari  va  pandanus  daraxtlarining  o’rmonlari, 

mangra chakalakzorlari (asosan marjon orollarida) va hatto chala cho’l o’simliklari 

bilan  qoplangan;  nuramagan  zich  bazaltlar  yuzaga  chiqqan  joylarida  hech  narsa 

o’smaydi. 




Okeaniyaning  yirik  orollari  floraning  shakllanish  markazlari edi. Shu bilan 

birga o’simliklarning ko’pgina turlari orollarga Avstraliyadan va asosan, Malayya 

arxipelagidan  va  Janubi-Sharqiy  Osiyodan  o’tgan,  shunga  ko’ra,  Okeaniyaning 

deyarli hammasi Paleotropiklarning Maleziya floristik oblastchasiga qo’shiladi. Bu 

oblastchadagi  o’simliklar  turi  kam  va  endemiklar  g’oyat  ko’p.  Organizmlarning 

Okeaniyaga tarqalish masalasi hal qilinmay keldi. Odatda, o’simliklar quruqlikning 

muvaqqat  ko’priklari  orqali  ko’chib  o’tgan,  deb  o’ylashadi.  Ikkinchidan, 

shamollar,  suv  oqimlari,  qushlar  va  nihoyat,  kishilarning  rolini  inkor  qilib 

bo’lmaydi.  Kishilar  qadimgi  zamondayoq  arxipelaglar  orasidagi  suvda  uzoq 

sayohatlar  qilishgan.  Alohida  oblabtchalarga  ajratiladigan  Gavayi  orollari  bilan 

Yangi Zelandiya florasi ayniqsa endemiklarning ko’pligi bilan farq qiladi. 

Okeaniya o’simliklari orasida odam uchun foydalilari ko’p: kokos palmasi, 

sago  palmasi,  banan,  kauchukli  o’simliklar,  mango,  qovun  va  non  daraxtlari  shu 

jumladandir.  Orollarda  ko’pgina  tropik  ekinlar  -  ananas,  banan,  shakarqamish  va 

boshqa ekinlar yetishtiriladi. 

Okeanlar  hayvonlarning  tarqalishi  uchun  katta  qiyinchilik  tug’diradi,  shu 

sababli  Okeaniyadagi  fauna  tarkibi  g’oyat  o’ziga  xos  bo’lib,  avvalo 

sutemizuvchilarning  deyarli  mutlaqo  yo’qligi  hisobiga  juda  kamayib  ketganligi 

bilan  ta’riflanadi.  Shu  sababli,  Okeaniyaning  kattagina  qismi  Polineziya 

zoogeografik  oblasti  qilib  ajratiladi.  Orollarda  yaxshi  uchadigan  qushlar 

(jarqaldirg’och, kaptar va hokazo) juda ko’p, mayda hayvonlardan ba’zilari (asosan 

ko’rshapalaklar,  it  va  tulki,  kaltakesaklar)  ham  bor,  shuningdek,  suvda  oqqan 

daraxtlarning tanalari bilan tasodifan kelib qolgan hasharotlar ham uchraydi.  

Keltirilgan  hayvonlar  va  parrandalar  Okeaniya  faunasiga  katta  zarar 

yetkazgan.  Bu  hayvon  va  parrandalardan  ko’plari  bo’sh  yotgan  ekologik 

bo’shliqlarni  egallagan,  urchish  uchun  qulay  sharoit  topgan  va  ba’zan  mahalliy 

hayvonlarnigina  emas,  o’simliklar  qoplamini  ham  tag-tugi  bilan  yo’q  qilib 

yuborgan.  Regional  landshaft  tafovutlariga  asoslanib  Okeaniyani  to’rtta  tabiiy 

geografik  o’lkaga:  Malaneziya,  Mikroneziya,  Yangi  Zelandiya  va  Polineziyaga 

ajratish mumkin. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish