O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


Avstraliya materigining tabiat zonalari



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 

Avstraliya materigining tabiat zonalari 

Mavzuning  maqsadi:  Ushbu  mavzuda  materikda tabiat  zonalarini  shakllanish 

qonuniyatlari,  tabiat  zonalarini  shakllanishida  materik  tabiatini  shakllanish  tarixi, 

relef hususiyatlari ta'siri, tabiat zonalaridagi tabiiy sharoit o‘rganiladi. 

 

Plakorlar-suvi  yaxshiroq  shimiladigan  va  tuprog’i  quruqroq  bo’ladigan 



joylar. 

  Avstraliya  o’simliklarning  turlari  juda  kam  (yuksak  darajadagi  o’simliklar 

turlari  atigi  1200  tagacha  boradi),  Avstraliya  florasida  endemiklar  g’oyat  ko’p. 

Shunga  ko’ra  Avstraliya  bilan  Tasmaniya  mustaqil  Avstraliya  flora  oblasti  qilib 

ajratiladi.  Avstraliya  tabiat  zonalari  kartasini  ko’rib  chiqing.  U  yerda  tarqalgan 

tabiat zonalarini iqlim bilan qay darajada bog’langanligini tahlil qiling.  

Afrikadagi kabi, Avstraliyada ham geografik zonalar yaqqol ko’rinadi, chunki 

asosan  tekislik  relefi  geografik  zonalarining  ro’yobga  chiqishiga  to’sqinlik 

qilmaydi.  Materikning  o’rta  va  eng keng qismi  tropik  mintaqada  bo’lgani  tufayli 

Avstraliyada shu mintaqaning geografik zonalari ko’proq taraqqiy etgan. Bulardan 



tropik  “spinifeks”  cho’llari  zonasi  kengroq  tarqalgan,  bu  zonada  toshloq  va  soz 

ibtidoiy  tuproqlar  va  yirik qumli  cho’l  massivlari bor,  ammo  Avstraliya  cho’llari 

Afrika va Janubiy Amerika cho’llaridan tafovut qilib, g’arbiy  sohilga chiqmaydi. 

G’arbiy  sohil  birmuncha  ortiqroq  nam  olganidan  u  yerda  butazor  chala  cho’llar 



zonasi bor. 

  Shimolda  chala  cho’llar  kambar  polosani  egallaydi  va  subekvatorial 

mintaqada  ularning  o’rniga  hademay  savannalar,  siyrak  o’rmonlar  va  butalar 

zonalari  paydo  bo’ladi,  bu  zonalarning  tuprog’i  qizil-qo’ng’ir  va  qizil.  Ichki 

rayonlardagi  savannalarda  aridlik  belgilari  bor,  ularda  mulga-skrab  formatsiyasi 




ko’proq  rivojlangan  (cho’lga  aylangan  savannalar  kenja  zonasida).  Shimolroqda 

o’rtacha  kamroq  nam  oladigan  polosada  tipik  savannalar  kenja  zonasi  bor,  unda 

g’alla  gullilar  qalin  o’sadi  va  ayrim  daraxtlar  uchraydi.  Arafur  va  Timor 

dengizlarining  sohilida  yoz  juda  nam  kelganidan  namlik  miqdori  optimal 

normalarga yetadi, bu sohilda baland o’tli nam savannalar va savanna o’rmonlari 

kenja  zonasi  bor.  Baland  o’tli  nam  savannalar  suvi  yaxshiroq  shimiladigan  va 

tuprog’i quruqroq bo’ladigan joylar - plakorlarni egallaydi, savanna o’rmonlari esa 

grunt suvlari yuzaroqdagi past joylarda ko’proq. 

  Tropik  cho’llar  zonasi  janubda  subtropik  chala  cho’llar  zonasi  bilan 

o’ralgan, bu zona ichki kontinental sektorda eng katta maydonni egallaydi. Mulga-

skrab chakalakzorlari va Nallarbor tekisligining ochiq karst landshaftlari subtropik 

chala cho’llar zonasiga harakterlidir. 

  Janubi-sharqda,  Sharqiy  tog’liklarga  yaqinlashgan  sari  yozgi  musson 

yomg’irlari  hisobiga  nam  miqdori  oshadi,  shu  tufayli  dashtlar  zonasi  o’rniga 

o’ziga  hos  evkalipt  savannalar  zonasi  uchraydi,  bu  zonada  o’tlar  qalin  bo’lib 

o’sadi,  daryolarning  vodiylarida  esa  siyrak  evkalipt  o’rmonlari  bor.  Sharqiy 

Avstraliya  tog’lari  Avstraliyaning  birdan-bir  katta  zonal  orografik  to’sig’idir. 

Tog’larning shamolga o’ng sharqiy yonbag’irlarida o’rmon zonalari davom etadi. 

Bu  zonalarning  landshaftidagi  tafovutlar  ularning  subekvatorial,  tropik  yoki 

subtropik  mintaqalarda  joylashganiganligiga  bog’liq.  Subekvatorial  mintaqada 

(190  janubiy  kenglikdan  shimol  tomonda)  doimiy  nam  o’rmonlar  zonasi  bor.  Bu 

zonaning  harakterli  hususiyatlari  shuki,  yozda  havo  temperaturasi  yuqori,  yillik 

yog’in–sochin  miqdori  anchagina,  o’simlik  turlari  ko’proq  va  qirg’oq  bo’yidagi 

polosada podzollashgan laterit tuproqlar bor. 190j.k. bilan 300 j.k. o’rtasida passat 

tropik o’rmonlar zonasi davom etadi, bu zonaning tuprog’i qizil va sariq tuproqdir. 

Nihoyat  Sharqiy  Avstraliya  tog’larining  janubi-sharqiy  yonbag’irlari  nam 



suptropik  o’rmonlar  zonasida.  Bu  o’rmonlarda  tog’  o’rmon  qo’ng’ir  tuproqlari 

vujudga  kelgan.  Shamolga  teskari  g’arbiy  yonbag’irlarda  o’rmon  zonalari  faqat 

shimoliy qismda yaqqol ko’rinadi. Bu yerdagi tog’larning eni kattaroq odatda nam 

subekvatorial  o’rmonlar  aralash  o’rmonlar  zonasiga  (bargini  tohkadigon  va 

doimiy yashil daraxtlardan tarkib topgan o’rmonlar zonasiga) aylanadi. Avstraliya 

sharoitida aralash o’rmonlar siyrak evkalipt o’rmonlardan iborat.  

Avstraliya  o’simliklarning  turlari  juda  kam  (yuksak  darajadagi  o’simliklar 

turlari  atigi  1200  tagacha  boradi),  Avstraliya  florasida  endemiklar  g’oyat  ko’p. 

Shunga  ko’ra  Avstraliya  bilan  Tasmaniya  mustaqil  Avstraliya  flora  oblasti  qilib 

ajratiladi. 

Materikning endemik florasi bo’r davridayoq shakllangan. Unda evkaliptning 

600  turi,  filloid  akatsiyalarning  280  turi,  banksiyalar,  o’tsimon  daraxtlar  va 

boshqalar  mavjud.  Shuningdek  chimli  ghallagullilardan  spinifeks,  triodiya 



cho’llarda o’sib yotadi.  

Avstraliyaning  shimolida  tikanli  akatsiyalar  chakalakzorlari-mulga  skrab

so’ngra  soyabonsimon  akatsiyalar,  sukkulent  Gregori  «baobab»  daraxtlari  va 

evkaliptlar o’sadigan savannalar paydo bo’ladi. 

Janubda  cho’l  o’rnida  mulga-skrab  polosasi,  namroq  joylarda  malli-skrab 



butazorlari-evkalipt butalari uchraydi. 

 



Avstraliyada  subekvatorial,  tropik  va  subtropik  mintaqalarga  xos  bo’lgan 

hamma tuproq tiplari qonuniy tartibda ajralib turadi.  

Ichki  cho’l  rayonlarida  ibtidoiy  toshloq  va  soz  tuproqlar  keng  tarqalgan. 

Iqlimi tobora nam bo’la borgan sayin bunday tuproqlar paydo bo’ladi. 

Avstraliyada  yuqori  darajadagi  sut  emizuchilardan  endemik  ko’rshapalak  va 

kemiruvchilar,  shuningdek,  yovvoyi  dingo  iti  yashaydi.  Dingo  iti  Avstraliya 

materigiga  odam  bilan  birga  borib  qolgan.  Shuningdek  xaltalilardan  kenguru, 

vombat,  kus-kuslar,  yirtqich  xaltalilardan  bo’ri,  shayton,  koala  ayiqlari  ham 

Avstraliyaning  endemiklari  sanalib  qadimdan  rivojlanib  kelgan.  Shuningdek, 

yexidna, o’rdakburunlar Avstraliyada saqlanib qolgan. 

 Avstraliya  qushlaridan  endemik  Emu  tuyaqushlari,  kazuarlar,  kakadu 

to’tiqushlar kenja oilasi, lira dum, jannat qushi, begona o’t talab tovuqlar va qora 

oqqushlar  yashaydi.  Bundan  tashqari  bu  yerlarda  zaharli  ilonlar,  kaltakesaklar, 

daryolarda  timsohlar  uchraydi  va  yashaydi.  Avstraliya  bosib  olinayotgan  vaqtda 

unga qora mol, qohy, echki, quyon, tulki, ko’pgina Yevropa qushlari keltirilgan.  

 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish