km3 ko’proq, ya’ni 2550 km3 muz olmoqda.
Antarktidada og’irlik kuchining taqsimlanishini o’rgangan geofiziklar
materik massasi muz hisobiga juda kattalashganiga qaramay, Antarktida massasi
umuman kamaymayotganligini aniqlashdi. Aftidan, muzning og’irligi ta’sirida
Antarktida izostatik ravishda cho’kkan va yer po’stining ostidagi modda
materikdan turli tomonga ketib qolgan. Antarktida 700-800 m cho’kkan bo’lishi
mumkin. Muzlik davrigacha Antarktida dengiz sathidan 1500 m chamasida baland
bo’lib, juda yuksak materik hisoblanar edi. Hozirgi Antarktidaning balandligi va
hajmi izostatik protsesslardan boshqa protsesslarga ham bog’liq, albatta.
Antarktida sohilining ayrim uchastkalari (Ross dengizi sektorida)
to’rtlamchi davrda ko’tarilgan ko’rinadi, ammo butun Antarktidaning ko’tarilgan-
ko’tarilmaganligi aniqlangani yo’q.
Pirovardida Antarktidaning regional tabiiy tafovutlarini ta’kidlab o’tamiz.
Avvalo, Sharqiy Antarktidadagi Sovetskoe platosi (Qutb atrofidagi plato) atrofini
va Antarktidaning periferik halqasini alohida aytib o’tish kerak. Ularning geografik
tafovutlari yuqorida tasvir etildi. Aftidan, G’arbiy Antarktida past-baland rel’efi
bilan ajralib turadi. Ikkala yirik rayonning ichkarisida g’oyat oftobli va o’ziga xos
tabiatli vohalarni ajratish zarur. Shel‘f muzliklarining ham o’ziga yarasha
xususiyatlari bor: rel‘efi yassi, stok shamollari kam, tez-tez siklon keladi,
siklonlarning bir kelishi bilan ikkinchi kelishi orasidagi davrda temperatura katta
tafovut qiladi. Okeanda zonal chegaralardan qat’iy nazar maxsus rayonlar-orollar
ajratiladi. Eng yirik Kergelen, Makkuori va Folklend orollarida yuksak darajadagi
o’simliklarning xilma-xil florasi bor.
Materiklar ichida eng balandi bo’lgan Antarktida tabiatida balandlik
mintaqalariga bo’linish belgilari ham bor, ammo bu bo’linish boshqa
materiklardagiga nisbatan o’zgachadir. Avvalo qoyalar va qor (muz) yuzasiga turli
miqdorda oftob tushadi. Balandlik mintaqalari ostidagi yuzaning xarakteriga qarab
farq qiladi. Nunataklarning qoramtir yuzalari markaziy qismda yoki qirg’oqda
joylashganidan qat’iy nazar kunduzi qattiq isiydi, ularda balandlik mintaqalariga
bo’linish belgilari unchalik sezylmaydi. Aksincha, materikning qor-muz yuzasida
balandlik mintaqalariga bo’linish belgilari tamomila ravshan ko’rinadi. Dengiz
sathidan 500-1000 m balandda qor erishi mutlaqo to’xtaydi; balandga ko’tarilgan
sari temperatura o’rtacha kengliklardagiga nisbatan ham keskin pasayib boradi,
chunki Antarktidadagi vertikal temperatura gradiyenti juda katta. Ammo, bu
o’zgarishlar ayni vaqtda kenglik zonalariga ham bog’liq ekanligini qayd qilib
o’tish zarur.
Antarktidani rel‘ef xarakteri va geologik tuzilishi jihatidan Sharqiy va
G’arbiy Antarktidaga ajratish kerak. Sharqiy Antarktida yotiq gumbaz yoki muzlik
qalqonidan iborat. Qalqonning o’rta qismi keng muz plato - Sovetskoe platosi
(Qutb atrofidagi plato) bilan band. Qalqonning yon bag’irlari okeanga avval
yotiqligicha, so’ngra tikroq tushadi, ayni vaqtda profilda elliptik egri chiziqqa
o’xshaydi. Yassi asosda bemalol yoyilib ketadigan muz sirti shunday shaklga
kiradi.
Antarktikadagi muzlik gumbazining eng baland nuqtasi (dengiz sathidan
4000 m yuqori) 82° janubiy kenglik bilan 75° sharqiy uzunlik atrofida, Polyus
Do'stlaringiz bilan baham: |