Bunafsha rangli qalqondor – Parlatoria oleae Colvee. Barcha mevali daraxtlarni shikastlaydi. Barg, novdasidan tashqari mevalarni sanchib so’radi. Buning natijasida, mi-sol uchun olmada, binafsha rangli yumaloq izlar paydo bo’ladi; mahsulot sifati va ko’rinishi buziladi. Otalangan urg’ochi zot shaklida qalqon tagida qishlab chiqadi. So’vuqga uncha chidamsiz: -15°da qiri-lib ketadi. Bahorda (mart-aprel) urg’ochi zot qalqon ostida tuxum qo’yishga kirishadi; 70 tagacha tuhum qo’yadi; 5-13 kundan keyin lichinkalar (daydi) ochib chiqib daraxt(lar) bo’yicha tarqab ketadi va qulay joy tanlagach yopishib oladi. Mavsum mobaynida 2 avlod beradi. Sentyabr-oktyabrda otalangan urg’o-chi zot qalqon ostida qishlab qoladi. Qattiq zararlangan da-raxtlarda olma hosili 35-38%ga kamayadi, meva sifati esa (dog’lar dastidan ham) pasayib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |