Shaftoli, yoki issiqxona yashil shirasi - MyzodespersicaeSulz. Juda keng tarqalgan va o’ta zararli tur bo’lib hisoblanadi. Uni ayniqsa issiqxonalardagi barcha ekinlar-da, mavsumda tamaki ekinida, daraxtlardan esa – shaftoli, o’rik kabi danak mevali o’simliklarga ko’plab uchratsa bo’la-di.Shaftoli, yoki issiqxona shirasi shartli ravishda (fakultativ) migrasiya qiladigan turlarga kiradi. Ya’ni, yozda oraliq o’simliklariga ko’chib o’tib bahor va kuzda asosiy ekinlarida rivojlanadi. Mart oyida ekin-larda paydo bo’lib, aprelda qanotlilari chiqadi. Daraxt-lardan ayniqsa shoftoliga qattiq zarar yetkazadi. Oktyabr-noyabrda jinsli zotlari paydo bo’lib, urg’ochisi tuhum qo’yadi. Bu esa qishlab qoladi. Issiqxonalarda esa tuhumsiz, ya’ni lichinka va yetuk zotlari qish mobaynida rivojlanishni tirik tug’ib davom ettiraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |