Bitlarga qarshi kurash choralari. Umuman olganda, Bitlarga qarshi o’tkaziladigan kurash choralari bir biriga o’xshash. Ularni quyidagicha mujassamlantirsa bo’ladi. 1. Ol-dini olish uchun: tashkiliy-xo’jalik, mexanik, agrotexnik va kimyoviy tadbir choralari. Kimyoviy usul sifatida: kech kuz, yoki fevralning ohiri-martda (kurtak barg yozmasidan burun) preparat № 30 yordamida yoppasiga ishlov berish nazarda tuti-ladi. 2. Biologik usulni avj oldirish. Buning uchun tabiat-dagi afidofaglar uchun qulay sharoitlar yaratish; oltinko’z va honqizini ko’paytirib stasiyalarga tarqatish; havfsiz insektisidlar ishlatish talabga javob beradi. 3. Zarurat tug’ilganda jadval 12 da keltirilgan birorta insektisidni vaziyatga qarab ishlatish lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |