Kaliforniya qalqondori – DiaspidiotusperniciosusComst. Tashqi karantin obyekti bo’lib hisoblanadi. O’zbekistonga kirib qolishi mumkin bo’lgan bu obyekt juda havfli bo’lib 150 dan ortiq daraxt va manzarali ekinlarda uchraydi. Uning vatani shimoli-sharq Hitoy bo’lib, u yerdan Amerika qit’asiga, u yerdan esa 1930-nchi yillarda Yevropa mamlakat-lariga kelib qolgan. Hozirda bu hasharot ko’shni davlatlardan: Turkmaniston va Tojikiston hamda Kavkaz, Ukraina, Moldovada uchraydi.
Olma mevaxo’ri– Laspeyresia (Carpocapsa) pomonella L. Urug’li meva daraxtlarining (olma, nok, behi) asosiy zarar-kunandasi. Lekin ayrim vaziyatlarda bu hasharot: olxo’ri, hatto yong’oq mevalarini ham shikastlashi mumkin.
Tarqalishi. Dunyo bo’yicha keng tarqalgan zararkunanda; O’rta Osiyoda joylashgan barchalari och qo’ng’ir tusli. Qanotlarining tashqi chekkasida kalta, qoramtir popugi bo’ladi. Tuxumi yumaloq (1,5 mm) yassilan-gan, oqimtir bo’ladi. Tuhumdan chiqqan qurt-oqish tusda. Keyinchalik, qurtning boshi va ensa usti och qo’ng’ir yoki qizg’ish tus oladi. Voyaga yetgan qurtning kattaligi 19 mm keladi, usti pushti, ost tomoni – oq yoki sarg’ish. G’umbagi, oq yumshoq pilla ichida joylashadi; kattaligi 10-12 mm, jigar rang, 8-nchi va 9-nchi segmentlarida va qorin ohirida bir qator tikanlari mavjud. Olma mevaxo’ri ohirgi yosh qurt shaklida «belanchakda» turli joylarda (po’stloq osti, sohta belbog’, yashik, qop, xas-cho’plar ostida, yer satxiga yaqin tup-roqda) qishlab chiqadi. Bahorda o’rtacha 10 kunlik havo harorati 10° dan oshishi bilan qurtlar sekin-asta g’umbaklasha boshlaydi. Bu jarayon cho’zilganligi sababli, kapalak uchib chiqishi ham 1,5-2 oyga cho’ziladi. Mevaxo’r, tuhumini ko’proq daraxtning yuqori qismiga (48%), o’rta qismiga – 32% va ozrog’ini ostki kismiga – 20% qo’yadi. Tuxumdan ochib chiqqan qurt o’rtacha bir soat davomida meva ichiga kirib olish uchun qulay sharoit qidiradi. Va nihoyat uni topgach, kemirib meva ichiga kiradi; po’stlog’i ostida chuqurcha hosil qilgach, keyinchalik u urug’ uyasining ostidagi tomir tuguncha orqali urug’ kamarasiga o’tadi. Olma mevaxo’rining birinchi avlod qurtlari to’yinish uchun 2-3 ta mevani zararlashi mumkin, 2-3-nchi avlodining qurtlari esa 70% bitta meva bilan qanoatlanadi. Umuman mevaxo’rning qurtlik davri 20-30 kunda tugashi mumkin. Zararkunanda birinchi va ikkinchi bo’g’in qurtlarining bir qismi g’umbakla-nishdan oldin diapauzaga (qishlovga) ketishi mumkin. O’rta Osiyo sharoitlarida olma mevaxo’ri bir mavsumda 3 tagacha nasl (bo’g’in) berishi mumkin. Olma mevaxo’ri har yili ham birhilda rivojlanaver-maydi. O’rtacha (odatdagidek) rivojlangan yillari keskin, kuchli ko’payish yillari bilan o’zgarib turadi. Olma mevaxo’rining zarari asosan mevani shikastlashi, uni sifatini pasaytirib, hosildorlikni ka-maytirish bilan ifodalanadi. Turli yillarda, iqlim sha-roit, hamda tabiiy kushandalarning ahamiyatiga qarab bu hasharotga qarshi kurashilmasa, u urug’li meva daraxtlari-ning hosildorligini 30% dan 70% gacha ozaytirib yuborishi mumkin. Zarar – shikastlangan mevani to’kilib ketishi, chirish va hosildorlikni kamayib ketishi bilan ifodalana-di.
Do'stlaringiz bilan baham: |