“Nayrez” tojik xalq kuyi bo’lib, 2/4 o’lchovli, lad tonalligining asosi C-durda ijro etiladigan sho’xchan, quvnoq tarzdagi asardir. Asarning “A”jumlasining lad tayanch tonalligining nuqtali chorak notasidan katta sekunda 16 talik cho’zimga pasayib 4T Vg1 (sol) ga keyingi 4T dastlabki VI a1 (lya) ort.Sekstadan yarim notalik V g1 (sol) ga pasayish bilan boshlanadi. Birirnchi, ikkinchi takt boshlanishlari nuqtali chorak va qo’sh o’n oltitalik hamda nimchorak notalarni o’zida jamlash bilan harakterlanib o’ziga xoslik kasb etadi.
Asarning 2-(B)miyonhat jumlasi birinchi oktava V g1 (sol) notasidan a1 (lya) kat.seksta va h1 (si) kat.septima 16 talik guruhlanishga yuqirilama harakatlanish bilan boshlanib, keyingi 4T IV F (fa) nuqtali choragidan 16 talik V g1+IV f1 pog’onalar guruhlanishi bilan asta pasayma harakat bilan navbatdagi 4T ning so’ngi tovush pog’onalari C-dur ladining tayanch prima tonalligida yarim nota cho’zimida yakunlanadi.
Asarning “A” hamda “B” jumlalarining dinamik harakterlanishi A jumlasining 1T c1 ning mf (metso forte) jarangdorligi bilan boshlanib, ladning tayanch intervali tonikasining g1 (sol) kam. Kvinta intervalidan reprizalanib, kuyning dastlabki tovushidan boshlab 8T g1 (sol) gacha p (piano) ijro etiladi. 2-(B) miyonhat jumlasi birinchi oktava sol notasidan boshlanib, bunda nota yozuvini qisqartiruvchi belgisi nuqtali V g1 (sol) tovushi bilan metso forte dinamik belgisidan 6-taktda metso pianoga, 9-taktda esa piano dinamik harakatga o’tish bilan asosiy C-Dur ladining tayanch prima tonalligida yarim nota cho’zimida yakunlanadi.
Har ikkala “A” va “B” jumlalarining 1,8,12,13,16,17 taktlarida nuqtali chorak cho’zimdan kat.sekunda 16 talik cho’zimdan pasayma harakat bilan navbatdagi taktga bog’lanadi. Birinchi Vol (volta) tayanch ladning g1 (sol) notasini zabt etgan holda reprizalangandan so’ng 2- “B” jumlaga 8T sifatida tushirilib ijro etib o’tilish bilan kuyga o’ziga hos ohangdorlik baxsh etadi. Asarning qolgan barcha taktlarida 8 talik va 16 talik notalarning guruhlanishi “Nayrez”ning quvnoq va sho’xchanligini ta`minlagan.
Xulosa qilib aytganda asar tojik xalqining o’ziga xos umummilliy qadriyatlarini musiqiy ohanglar tarkibiga qamrab olgan. Undagi quvnoq, sho’xchanlik inson kayfiyatini ko’taruvchi ruhiyat bilan sug’orilgan bo’lib 3-sinf darsligida berilishi mamalakatimiz tomonidan amalg oshirilayotgan “Harakatlar strategiyasining” ezgu g’oya va tamoyili kabi maktab o’quvchilarining qalbida qardosh do’stlari bilan millatlararo totuvlik hamda bag’rikenglik tuyg’ularini chuqur his etgan tarzdaulg’ayib kamol topishlariga hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |