Mevali Zang. Olmada – Gymnospangium tremelloides Hartig. Nokda Limnospouium sabinue ( Dich) Wint. Bu zamburug’lar ikki uyli hisoblanib, spermagonial va esidial bosqichlari olma va nokda, teleyo bosqichi esa oddiy va kazak archasida o’tadi. Shuning uchun laboratoriya mashg’uloti mabaynida mevali daraxt barglari va archa shoxlaridagi kasallik alomatlari o’rganiladi.
Olma va nok barglarida oldin qizg’ish yoki och sariq dumaloq dog’lar hosil bo’ladi. Barglarning ustki tomonida dog’ yuzasida qora meva tanasi spermagoniylar ko’rinib turadi. Bargning orqa tomonida esa esidiyalar hosil bo’ladi. Nok barglarida esidiyalar yo’g’on konussimon o’simta olma barglarida ingichka sochlari bilan qoplangan kichikroq o’simta ko’rinishda bo’ladi. Archi shoxlarida qo’ng’ir baxmal o’simtasimon bo’lib, quruq sharoitda shoxsimon qotgan konsistensiya, nam ta’sirida shilimshiq bo’lib qoladi. Zamburug’ miseliy holida archa shoxlarida qishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |