Topshiriq: Mavjud bo’lgan ( barg, novda, meva ) materiallardagi kasallik belgilarni ko’rib chiqish.
Olma barglaridagi oq g’uborlar nina yordamida olib, sut kislotasi qo’shilganda va olov ostida isitiladi. Isitishdan maqsad quruq bargdagi g’ujanak bo’lib, to’plangan zamburug’ tanasini va konidiyalarni o’z holiga keltirish. Kichik obyekt ostida bir hujayrali munchoq bo’lib joylashgan konidiyalar ko’rinadi.
Kasallangan olma barglaridagi qora nuqtachalardan har doimgidek, oddiy usulda preparat tayyorlanadi. Kleystotesiyalar dumaloq ayrim panjasimon shoxlangan o’simtali. Har bir kleytotesiy ichida bittadan, ba’zan 2 ta har bir xaltachada 8 tadan spora. Sporalar bir hujayrali, oval, rangsiz, o’lchami 22-30 x 12-15 mkm.
Do'stlaringiz bilan baham: |