Topshiriq. Kasallangan barg, novda va mevalardagi zararlanish alomatlari ko’rib chiqiladi. Barglardagi to’q rangdagi g’ubordan namlangan skalpel yordamida preparat tayyorlanadi. Katta obyektda to’plangan yoki alohida joylashshgan konidiya bandlari ko’rinadi. Ular qo’ng’ir yoki och - jigar rang- och sarg’ish, qisqa, silidrasimon, yuqori qismi ozroq kesilgan.
Konidiyalar noksimon, och – sarg’ish – och jigar rang, ikki hujayrali. Olma barglarida tayyorlangan preparatdagi konidiyalardagi o’lchami 20-30 x 6-7 mikron.
Olma barglari lupa yordamida ko’rib chiqib, meva tanalar topiladi. Undan odatdagi usulda kesim tayyorlanadi. Kichik obyektda tukchalari bilan uralgan, og’izchadan chiqib turgan pritesiy: katta obyektda to’g’nog’ichsimon yo qopqonsimon xaltachalar, yashil 2-hujayrali, noksimon sporalar ko’rinadi. (qishlab chiqqan barg olinishi kerak).
Do'stlaringiz bilan baham: |