Preparat: Fusarium oxysporum zamburug’ining toza kulturisidan preparat tayyorlab mikroskopda ko’rish.
2. Un-shudring kasalliklarni- Erysiphe cichoracearum va Spherotheca fuliginea zamburug’lari qo’zg’atadi. Erysiphe cichoracearum asosan bodringni zararlaydi, Spherotheca fuliginea zamburug’i esa qovoq va qovunni zararlaydi. Zararlangan a’zolarda oq yoki kulrang dog’lar hosil bo’lib, keyinchalik butunlay ustki qismi g’ubor bilan qoplanadi. Barglar qo’ng’irlashib, quriydi. G’uborlar ustida zamburug’ning meva tanasi kleystotesiyalar hosil bo’ladi.
Kasallik qo’zg’atuvchi zamburug’ o’simlik qoldiqlarida kleystotesiya holida qishlaydi.
Preparat: Zararlangan barglardan preparat tayyorlab, kleystotesiyalarni mikroskopda ko’rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |