Preparat: Sclerotinia libertiana zamburug’ini mikroskopda ko’rish.
3.Qora chirish kasalligini- Alternaria radicina zamburug’i qo’zg’atadi. Bu kasallik bilan o’simlik dala sharoitida hamda ildiz mevalarni saqlash davrida ham uchraydi. O’simliklar unish davrida qora kasalliklarida o’xshab namoyon bo’ladi. Avval ildiz bo’g’zida qoramtir dog’lar hosil bo’lib, keyinchalik sarg’ayib so’liydi, barglar qo’rish bilan nomoyon bo’ladi.
Kam havoda zararlangan barglar chiriydi, bularning usti yashil- jigarrang mog’or g’uborlar bilan qoplanadi. Ildizmevalarni saqlash vaqtida bularning ustki yoki yon tomonlarida quruq ezilgan qora dog’lar hosil qiladi. Infeksiya manbai zararlangan urug’lar, o’simlik qoldiqlari va zararlangan ildiz mevalar hisoblanadi. Kasallik qo’zg’atuvchilar miseliy va konidiya holida qishlaydi.
Preparat:Zararlangan a’zolardan qora g’ubor olinib, preparat tayyorlanadi, konidiyalarni mikroskopda ko’rish va rasmini chizish.
Do'stlaringiz bilan baham: |