1. Fuzarioz so’lish kasalligini - Fusarium oxysporum zamburug’i qo’zg’atadi. Bu kasallik bilan tarvuz, qovoq, bodring, ayniqsa qovunlar ko’proq zararlanadi. Ularda bu kasalliklar uch muddatda urug’lar unib chiqqanda, ikki-uchta chin barg hosil bo’lganda va meva tugish va pishish darida ro’y beradi.
Bunda barglarda qo’ng’ir mayda dog’lar hosil bo’lib, ular sekin-asta kattalashib, kulrang kumush rangga kirib barg oqaradi, xlorofill yo’qola boshlaydi. Barg bandlarida qo’ng’ir chiziqlar hosil bo’ladi. Mevalari qing’ir-qiyshiq bo’lib qoladi.
Ayrim hollarda, barglar yashilligini saqlab qolsada, turgor holatini yo’qotadi va o’simlik bir-necha kun davomida batamom quriydi. Kasallik qo’zg’atuvchi zamburug’lar tuproqda, o’simlik qoldiqlarida xlomidosporalar holida qishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |